Xolnazarov Umid Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nasriy nutqda metaforalarning lingvokognitiv, lingvomadaniy xususiyatlari (Tog‘ay Murod qissalari misolida)”, 10.00.01. – O‘zbek tili. (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil1264.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxmaraimova Shoxista Tuxtashevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
 Rasmiy opponentlar: Bahriddinova Bashorat Ma’dievna, filologiya fanlari doktori, professor; Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yozuvchi Tog‘ay Murod nasriy nutqida qo‘llanilgan metaforik ifodalarning lingvomadaniy, lingvokognitiv va leksikografik talqinini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tog‘ay Murod idiolektiga xos metaforalarning antropotsentrik tabiati asarda ilgari surilgan yetakchi g‘oyani muayyanlashtirishga, nutqning ta’sirchanligini ta’minlashga, matn tarkibiy qismlari bog‘lanishini mukammallashtirishga xizmat qilishi konseptual, leksik-semantik jihatlar asosida ochib berilgan;
o‘zbek tilida metaforik tafakkurni harakatlantiruvchi kognitiv qonuniyatlarning mental asoslari, metafora tashuvchi bilimlarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va uzatishning lingvomadaniy xossalari Tog‘ay Murod nasri misolida ochib berilgan;
metaforik ma’no axborot mazmunidagi o‘xshatish etaloni va u orqali namoyon bo‘lgan lingvomadaniy kodning olam milliy konseptual manzarasini shakllantiruvchi asosiy lingvomadaniy belgilardan biri ekani dalillangan;
Tog‘ay Murod nasrining tipik-individual belgilari aynan stereotip-ramz xarakterli uzual metaforalarning yozuvchi tomonidan modifikatsiyalangan ibora va presedent birliklar evaziga yorqinlashgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyaning Tog‘ay Murod idiolektiga xos metaforalarning antropotsentrik tabiati, ularning asarda ilgari surilgan yetakchi g‘oyani muayyanlashtirishga, nutqning ta’sirchanligini ta’minlashga, matn tarkibiy qismlari bog‘lanishini mukammallashtirishga xizmat qilishiga doir xulosalaridan:
Tog‘ay Murod nasrining tipik-individual belgilari aynan stereotip-ramz xarakterli uzual metaforalarning yozuvchi tomonidan modifikatsiyalangan arxaik ibora va presedent birliklar evaziga yorqinlashgani haqidagi xulosalardan 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan PZ-20170927147-“Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-dekabrdagi 04/1-3447-son ma’lumotnomasi). Natijada Tog‘ay Murod nasriga mansub poetizmlar, obrazli ifodalarning etimologik tahlili asosida ulardan ayrimlarining eski turkiy tilga aloqador jihatlarini aniqlashga erishilgan;
metaforik ma’no axborot mazmunidagi o‘xshatish etaloni va u orqali namoyon bo‘lgan lingvomadaniy kodning olam milliy konseptual manzarasini shakllantiruvchi asosiy lingvomadaniy belgilardan biri ekani to‘g‘risidagi xulosalardan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi”, FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” nomli fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 14-apreldagi 17-01/87-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy tillar qatori o‘zbek tilida metaforaning atash, kognitiv, estetik vazifalari negizida milliy til xususiyatlarining voqelanishiga doir bilimlarning mukammallashuviga erishilgan.
Tog‘ay Murod asarlari tili va idiolektiga xos metaforalarning antopotsentrik tabiati hamda ularning badiiy nutq ta’sirchanligini oshirishdagi ahamiyatiga oid qarashlardan 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan PZ-20170927147-“Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-dekabrdagi 04/1-3447-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda yashab ijod qilgan adiblar faoliyati, adabiy merosiga doir ma’lumotlarning mukammallashuviga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish