Arapov G‘ayrat Namozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Engil sanoat leksikasining lingvomadaniy aspekti (ingliz, o‘zbek va rus tillari misolida), 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1606.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Rustamov Ilhom Tursunovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, o‘zbek va rus tillarida engil sanoat leksikasining lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash, ulardagi o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, o‘zbek va rus tillarida engil sanoat sohasi leksikasining muayyan semantik kategorial ma’nolari tekstil, tikuvchilik, qog‘oz poligrafiya, chinni-fayans, charm-poyabzal leksik-semantik mikromaydonlarini hosil qilishi isbotlangan;
to‘qimachilik, tikuvchilik, ko‘nchilik, mo‘ynado‘zlik, poyabzal va boshqa engil sanoat sohalarida xom ashyolarga dastlabki ishlov berish va keng iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq predmet, hodisa va jarayonlar, ularning belgilarini voqelashda ishtirok etuvchi leksik birliklarning milliy-madaniy (lingvomadaniy) bo‘yoqdorligi aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillar lisoniy olam manzaralarida engil sanoat sohasi bilan bog‘liq realiyalar, hodisa va jarayonlarni aks ettirilishida jahondagi globallashuv jarayoni ta’siri natijasida leksik globallashuv hodisasi yuzaga kelganligi dalillangan;
engil sanoat sohasiga oid leksikaning milliy-madaniy xususiyatlaridagi umumiylik va o‘ziga xoslikni belgilovchi qadimiylik, tarmoq sohalarining rivojlanganlik darajasi, madaniyatlarning bir biriga o‘tishi, etnomadaniy realiyalar, siyosiy va boshqa omillar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, o‘zbek va rus tillarida engil sanoat leksikasining milliy-madaniy jihatdan o‘xshash va o‘ziga xos xususiyatlarining tadqiqi nazariy takliflar, amaliy tavsiyalar va xulosalar asosida:
ingliz, o‘zbek va rus tillarida engil sanoat sohasi leksikasining muayyan semantik kategorial ma’nolari tekstil, tikuvchilik, qog‘oz poligrafiya, chinni-fayans, charm-poyabzal leksik-semantik mikromaydonlarini hosil qilishiga oid xulosalardan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida so‘z yasalishi ” nomli hamda FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 28-martdagidagi 17-01/74-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz, o‘zbek va rus tillarida engil sanoat sohasi leksikasining muayyan semantik kategorial ma’nolarini boyitish imkoniyati yaratilgan;
to‘qimachilik, tikuvchilik, ko‘nchilik, mo‘ynado‘zlik, poyabzal va boshqa engil sanoat sohalarida xom ashyolarga dastlabki ishlov berish va keng iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq predmet, hodisa va jarayonlar, ularning belgilarini voqelashda ishtirok etuvchi leksik birliklarning milliy-madaniy (lingvomadaniy) bo‘yoqdorligiga oid xulosalardan Evropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining 2016-2018-yillarda bajarilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHEIMEP-raqamli O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2022-yil 24-maydagi 1298/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmunini to‘qimachilik, tikuvchilik, ko‘nchilik, mo‘ynado‘zlik, poyabzal va boshqa engil sanoat sohalarida xom ashyolarga dastlabki ishlov berish va keng iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish yuzasidan boyitishga xizmat qilgan;
engil sanoat sohasiga oid leksikaning milliy-madaniy xususiyatlaridagi umumiylik va o‘ziga xoslikni belgilovchi qadimiylik, tarmoq sohalarining rivojlanganlik darajasi, madaniyatlarning bir biriga o‘tishi, etnomadaniy realiyalar, siyosiy va b. omillariga oid xulosalardan I-204-4-5-raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 04-apreldagi 883/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha bo‘yicha tayyorlangan elektron resurslar mazmunini boyitishga xizmat qilgan.