Yusupov Murodali Sunnatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
 “Qishloq aholisining tibbiy madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy masalalari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal401.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo’raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maksuda Sultanovna falsafa fanlari doktori, professor; Abilov O‘ral Murodovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq aholisining tibbiy madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy falsafiy mohiyatini ochib berish va uni yuksaltirish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq aholisi tibbiy madaniyatini shakllantirish va yuksaltirishda tarixiy tajriba hamda ilg‘or mamlakatlarning potensial imkoniyatlari (moslashuvchi, o’zlashtiruvchi, iste’mol qiluvchi)ga asoslangan yutuqlaridan foydalanish zarurligi mantiqiy dalillangan;
qishloq aholisining tibbiy madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishga oid innovatsion modellar (yangicha tipdagi tibbiy turmush, aqlli tibbiyot, sog‘lomlashtirish turizmi) metodologik jihatdan asoslangan.
qishloq aholisi turmush tarzining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda aholi ehtiyojlarini har tomonlama o’sib borayotganligini qondirish miqdor o’zgarishlaridan sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni va dialektik kategoriyalar asosida isbotlangan;
qishloq aholisi tibbiy madaniyatini shakllantirishda ta’lim-tarbiya institutlarining uzlyuksiz nazorat qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi prinsiplarini praksiologik jihatlarini kuchaytirish zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qishloq aholisining tibbiy madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy masalalarini tadqiq etish asosida:
qishloq aholisi tibbiy madaniyatini shakllantirish va yuksaltirishda tarixiy tajriba hamda ilg‘or mamlakatlarning potensial imkoniyatlari (moslashuvchi, o’zlashtiruvchi, iste’mol qiluvchi)ga asoslangan yutuqlaridan foydalanish zarurligi mantiqiy dalillanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturining X yo‘nalishida belgilangan “Mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar, tarixiy sanalarni aholi orasida keng targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish" mavzusidagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligi sanasi munosabati bilan "inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” va “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” nomli 49-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 13-fevraldagi 44-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz aholisini tibbiy madaniyatini rivojlantirishda, mahalla institutini ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan;
qishloq aholisining tibbiy madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishga oid innovatsion modellar (yangicha tipdagi tibbiy turmush, aqlli tibbiyot, sog‘lomlashtirish turizmi) metodologik jihatdan asoslanganligiga bog‘liq taklif va tavsiyalardan O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo’ljallangan Saylovoldi dasturidagi “Ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh etishning ustuvor yo‘nalishlari”ning bandi “Aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, turmush sifatini oshirish sohasida” nomli 4.1 bandi “Jamiyatda oila institutini va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash sohasida” nomli bandi 4.2 ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023 yil 21 fevraldagi 02/02-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz qishloq aholisining tibbiy hayoti va madaniyatiga amal qiluvchi qoidalar va mexanizmlarini shakllantirish va yuksaltirishga xizmat qilgan;
qishloq aholisi turmush tarzining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda aholi ehtiyojlarini har tomonlama o’sib borayotganligini qondirish miqdor o’zgarishlaridan sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni va dialektik kategoriyalar asosida isbotlanganligiga oid ilmiy asoslangan xulosalari va taklif-tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” mavzusidagi 68-11/78 raqamli amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2023 yil 22 fevraldagi 8-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq aholisining tibbiy madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish borasidagi chora - tadbirlarida, ta’lim tizimida talabalarning tibbiy madaniyatini oshirish borasidagi amaliy ishlarda taklif-tavsiyalar ishlab chiqish masalalarida muhim manba bo’lib xizmat qilgan;
qishloq aholisi tibbiy madaniyatini shakllantirishda ta’lim-tarbiya institutlarining uzlyuksiz nazorat qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi prinsiplarini praksiologik jihatlarini kuchaytirish zaruriyati asoslanganligiga doir taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2022-yilda efirga uzatilgan “Sog‘lom hayot sirlari” ko’rsatuvining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 23-avgustdagi 01-12/305-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy fikr va mulohazalar qishloq aholisining sog‘lom turmush tarzi va madaniyatini shakllantirish, inson salomatligini mustahkamlash, umrni uzaytirish, ijtimoiy kasalliklarning oldini olish va davolashdagi tibbiy madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish