Panjiev Suhrobning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Haqiqat tushunchasining falsafiy-metodologik tahlili”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal613.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Tulenova Karima Jondorovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Sultanova Gulnoza Sabirovna, falsafa fanlari doktori (DSc),  dotsent; Usmonov Farrux Nasirdinovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi haqiqat tushunchasining falsafiy-konseptual jihatlarini tahlil qilish orqali postnoklassik mazmun-mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
haqiqat fenomening shaxs kamolotidagi regulyativ (tartibga soluvchi) funksiyasi uning epistemologik va gnoseologik jihatlari asosida isbotlangan;
haqiqat tushunchasining zamonaviy jamiyatda namoyon bo‘layotgan dinamik xususiyatlari shaxs maqsad, mo‘ljallarining fluktatsion (o‘zgaruvchan) rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
haqiqat fenomenini postindustrial jamiyatda namoyon bo‘lishi, pragmatik va kogerent xususiyatlarining yangilanishi, bilish jarayonida e’tiqod bilan dialektik aloqadorligi mantiqiy - semantik jihatdan dalillangan;
Sharq va G‘arb mutafakkirlari qarashlarida bayon etilgan haqiqat konsepsiyasining pragmatik xususiyatlari, gnoseologik asoslari va evristik imkoniyatlari falsafiy nuqtai nazardan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Haqiqat tushunchasining falsafiy-metodologik tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
haqiqat fenomening shaxs kamolotidagi regulyativ (tartibga soluvchi) funksiyasi uning epistemologik va gnoseologik tahlili asosida isbotlanganligiga oid taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish” mavzusidagi “Yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda adabiyot, madaniyat, san’at namunalaridan keng foydalanishning artpedagogik asoslarini tadqiq qilish” nomli 35-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va marifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 12-dekabrdagi 382-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sodiq etib tarbiyalashga xizmat qilgan;  
Sharq va G‘arb mutafakkirlari qarashlarida bayon etilgan  haqiqat konsepsiyasining pragmatik xususiyatlari, gnoseologik asoslari va evristik imkoniyatlari qiyosiy tahlil asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy-nazariy taklif-tavsiyalardan Termiz davlat universitetida 2018-2019 yillarda bajarilgan “Surxondaryo” viloyati tarixiy ekoturizm salohiyati” mavzusidagi IZ-20170927504-raqamli amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2023-yil 5-yanvardagi 04/12-30-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada belgilangan vazifalarni bajarish bilan bir qatorda mamlakatimizda yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhinida tarbiyalashga, ularni zararli odatlardan himoya qilish hamda sog‘lom tafakkurni shakllantirish uchun xizmat qilgan;
haqiqat tushunchasining zamonaviy jamiyatda namoyon bo‘layotgan dinamik xususiyatlari shaxs maqsad, mo‘ljallarining fluktatsion (o‘zgaruvchan) rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi isbotlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “Ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashish” mavzusidagi tadbir ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 29-noyabrdagi 4-13-23-4054-son ma’lumotnomasi). Natijada globallashuv jarayoni va ma’naviy tahdidlar sharoitida hodisa va jarayonlarning qanchalik haqiqatga muvofiq yoki muvofiq emasligini ko‘rsatib berishda, targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etishda  nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan;
haqiqat fenomenini postindustrial jamiyatda namoyon bo‘lishi, pragmatik va kogerent xususiyatlarining yangilanishi, bilish jarayonida e’tiqod bilan dialektik aloqadorligi mantiqiy - semantik jihatdan dalillangani borasidagi taklif va tavsiyalardan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Munavvar kun”, “Ta’lim va taraqqiyot” va “Til millat ko‘zgusi” kabi ko‘rsatuvlarning dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-maydagi 01-02/30-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashda, so‘z erkinligini ta’minlash, bu sohadagi yangiliklar asosida tahliliy teleradio materiallarning ahamiyatini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish