Jumaev Jonibek Shodievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning ma’naviy taraqqiyotida diniy tafakkur evolyusiyasining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal497.
Ilmiy rahbar: Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Juraboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Isroilov Bektosh Erkinovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston ma’naviy taraqqiyotida diniy tafakkur evolyusiyasining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berish orqali milliy taraqqiyotning yangi bosqichida oqilona diniy dunyoqarashni shakllantiruvchi konstruktiv taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatning yangilangan ma’naviy qiyofasini shakllantirish va axloqiy tartib nazoratini o‘rnatishda sog‘lom diniy tafakkurning praksiologik (amaliy) ahamiyati dalillangan;
shaxs diniy tafakkurida namoyon bo‘luvchi sinergetik xususiyatlar (barqarorlik va beqarorlik, xaos va tartibot, o‘z-o‘zini tashkillashtirish) ratsional, konstruktiv diniy bilim shakllanishining asosi ekanligi isbotlangan;
diniy bilim modernizatsiyalashuvi jarayonida shaxs diniy tafakkurini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy asoslari, obektiv va subektiv omillari, evrestik imkoniyatlari falsafiy-konseptual metodologiya asosida aniqlangan;
diniy qadriyatlarning polifunksional, kommunikativ, integrativ jihatlari yoshlar diniy tafakkurini ilmiy-ma’rifiy konseptga (asos) ko‘ra rivojlantirish omili ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston ma’naviy taraqqiyotida diniy tafakkur evolyusiyasining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini tadqiq etish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
jamiyatning yangilangan ma’naviy qiyofasini shakllantirish va axloqiy tartib nazoratini o‘rnatishda sog‘lom diniy tafakkurning praksiologik (amaliy) ahamiyati dalillanganligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazining “Buyuk allomalar yurti” kitobini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiya markazining 2022 yil 17-noyabrdagi 855-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholini turli ma’naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan amaliy tavsiyalar tayyorlashga xizmat qilgan;
shaxs diniy tafakkurida namoyon bo‘luvchi sinergetik xususiyatlar (barqarorlik va beqarorlik, xaos va tartibot, o‘z-o‘zini tashkillashtirish) ratsional, konstruktiv diniy bilim shakllanishining asosi ekanligi isbotlanganligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Abu Iso Termiziyning “Sunani Termiziy” asarini tarjimasini tayyorlashda foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022-yil 10-oktyabrdagi 01-07/160-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy hamda targ‘ibot ishlarini yanada takomillashtirishga, keng jamoatchilikka kishilar ongida sog‘lom ma’naviy rivojlanishda konseptual asos sifatida xizmat qilgan;
diniy bilim modernizatsiyalashuvi jarayonida shaxs diniy tafakkurini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy asoslari, obektiv va subektiv omillari, evrestik imkoniyatlari falsafiy-konseptual metodologiya asosida aniqlangani borasidagi ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning “O‘rta asr sharq allomalari” kitobini va “Ma’naviyat: Asosiy tushunchalar” izohli lug‘atini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022-yil 26-oktyabrdagi 02-03/8775-son ma’lumotnomasi). Natijada, diniy soha vakillarida ilmiy dunyoqarashni shaklalantirishga, diniy tafakkurning ma’naviy sohadagi o‘rnini ko‘rsatish va uni shakllantirish usullari hamda vositalari keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan;
diniy qadriyatlarning polifunksional, kommunikativ, integrativ jihatlari yoshlar diniy tafakkurini ilmiy-ma’rifiy konseptga (asos) ko‘ra rivojlantirish omili ekanligi asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Xalq mulki” va “Mavzu” turkum ko‘rsatuvlari dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 17-noyabrdagi 33-49-433-son ma’lumotnomasi). Natijada, Imom Buxoriy va Imom Termiziy kabi allomalarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.