Rajapova E’tibor Bekberganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekiston hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishda yoshlar tadbirkorligining o‘rni”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fa1865.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Saidqosimov Akbar Isaxonovich,falsafa fanlari doktori, professor; NorqulovSuxrobDusmuratovich, falsafa fanlari doktori,  professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlatiqtisodiyot universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishda yoshlar tadbirkorligining o‘rnini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan asoslash va ilmiy-metodologik taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“yoshlar tadbirkorligi” tushunchasini etimologik, retrospektiv, nazariy-falsafiy mohiyatiochib berilib, uning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq atributiv, kommunikativ funksiyalari bugungi zamonaviy jamiyat taraqqiyotining birlamchi asosi ekanligi mantiqiy isbotlangan;
tadbirkorlik falsafasininghududiy sotsiumdagi amaliy tajribalari, deterministik belgilari va differensial jihatlariga ko‘ra ijtimoiy mehnat turi (empirizm) ekanligi ilmiy-metodologik argumentlar bilan asoslangan;
yoshlar tadbirkorligining aholini ish bilan band etish, jamiyat a’zolarida ilmiy-texnik bilimlar va badiiy ijodga qiziqish uyg‘otish, kishilar bo‘sh vaqtini uyushtirish, zamonaviy bilimlarni targ‘ib qilish orqali hududlarni madaniy rivojlantirishdagi konstruktiv ahamiyati va  ishbilarmonlikning kommersiya, sohibkorlik, raqobatbardosh tijorat, marketing, logistika singari istiqbolli modellarifalsafiy- konseptual jihatdan asoslangan;
yoshlar tadbirkorligining Yangi O‘zbekistonni barpo etish, hududiy sotsiumni rivojlantirish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va “yangi massiv”larni shakllantirishdagi regulyativ, integratsion, innovatsion mexanizmlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekiston hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishda yoshlar tadbirkorligining o‘rni tahlilibo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“yoshlar tadbirkorligi” tushunchasini etimologik, retrospektiv, nazariy-falsafiy mohiyatiochib berilib, uning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq atributiv, kommunikativ funksiyalari bugungi zamonaviy  jamiyat taraqqiyotining birlamchi asosi ekanligi mantiqiy isbotlanganligi bilanbog‘liq ilmiy yangilik, taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining I yo‘nalishida belgilangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarodorligini oshirishga doir normativ-huquqiy bazasini takomillashtrish hamda bu boradagi tashkiliy chora-tadbirlar 2-bandi “Yangi O‘zbekiston “Ma’naviy taraqqiyot strategiyasi” va 2022-2026-yillarga mo‘jallangan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 16-martdagi 103-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Yangi O‘zbekiston hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishda yoshlar tadbirkorligini o‘rnini oshishiga xizmat qilgan;
tadbirkorlik falsafasining hududiy sotsiumdagi amaliy tajribalari, deterministik belgilari va differensial jihatlariga ko‘ra ijtimoiy mehnat turi (empirizm) ekanligi falsafiy jihatdan asoslanganligiga doir ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining O‘zbekistonda “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2023-yil 3-apreldagi 11/03-08-3669-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy rivojlanishi hamda yuksalishi bilan bog‘liq davlatni rivojlantirish dasturlarni hamda davlat va jamiyat qurilishini isloh qilish va modernizatsiya qilish bo‘yicha tadbirkorlik falsafasi g‘oyalarini ishlab chiqish ishlarini yanada takomillashtirishga hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishda yoshlar tadbirkorligining o‘rni shakllanishiga xizmat qilgan;
yoshlar tadbirkorligining Yangi O‘zbekistonni barpo etish, hududiy sotsiumni rivojlantirish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va “yangi massiv”larni shakllantirishdagi regulyativ, integratsion, innovatsion mexanizmlari aniqlanganligiga doir ilmiy xulosalar va amaliy takliflardan Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultetida bajarilgan“Xorazm viloyati va Xiva shahrining turistik salohiyatidan samarali foydalanish va uni yanada oshirish strategiyasini ishlab chiqish” deb nomlangan PZ-201709202-sonli amaliy loyihada foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2023-yil 16-martdagi 03-58/1-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ishbilarmonlik tafakkurini boyitish, tadbirkorlikka qiziqishlarini, ilmiy dunyoqarashi, ko‘nikmalarini shakllantirish va kuchaytirishga xizmat qilgan;
yoshlar tadbirkorligining aholini ish bilan band etish, jamiyat a’zolarida ilmiy-texnik bilimlar va badiiy ijodga qiziqish uyg‘otish, kishilar bo‘sh vaqtini uyushtirish, zamonaviy bilimlarni targ‘ib qilish orqali hududlarni madaniy rivojlantirishdagi konstruktiv ahamiyati va  ishbilarmonlikning kommersiya, sohibkorlik, raqobatbardosh tijorat, marketing, logistika singari istiqbolli modellari falsafiy- konseptual jihatdan asoslanganligiga oid ilmiy - amaliy taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali” tomonidan 2022-2023-yillarda efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 13-martdagi 04-36-394-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar tadbirkorligini oshirish orqali Yangi O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga hamda ijtimoiy hayotning turli sohalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish