Lutfullaev Abduvali Abdunabievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro yagona axborot maydonining kengayishi sharoitida ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fal488.
Ilmiy rahbar: Erkaev Abdurahim Panjievich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Muzaffarov Firuz Davronovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; To‘raev Shavkat Nishonovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro axborot maydonining kengayishi sharoitida ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashishga oid ijtimoiy-falsafiy muammolarni aniqlash va va ularning echimlariga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yagona axborot maydonida inson ijtimoiy mohiyatini belgilovchi hayotiy maqsad, ijtimoiy rol, amal qilinayotgan prinsiplar va bajarilayotgan vazifalar kabi tushunchalar hamda ularni rivojlantiruvchi milliy g‘oya, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy muhit, o‘zini-o‘zi anglash va tarbiyalash kabi omillarni barqarorlashtirishda jamiyat ma’naviyat xususan urf-odatlar, dunyoqarash, e’tiqod, his-tuyg‘ular, orzu-intilishlarni inobatga olish zarurligi ochib berilgan;
uzatilayotgan axborot orqali yoshlar dunyoqarashi, ma’naviy mo‘ljallari o‘zgarishi, yoshlar ongiga va axloqiy tarbiyasiga qadriyatlar tizimiga salbiy ta’sir etuvchi axborot havfli tus olayotgani asoslab berilgan;
globallashuv sharoitida, xalqaro integratsiyaning kuchayishi, yagona axborot maydoniga zaruriyatning to‘g‘ilishi, bugungi axborot maydonini kengaytirib, uni o‘zaro zid ba’zan feyk axborotlar bilan to‘ldirilishi, odamlar ongini boshqarishga intilish o‘ziga xos xususiyatlari ekani, postmodern jamiyatda ma’naviyatga xavf soluvchi yangi tahdidlarning paydo bo‘layotgani, zamonaviy ma’naviy tahdidlarning Ommaviy madaniyat bilan bog‘liq turlari va ularga qarshi ko‘rashishda “Sog‘lom axloqiy-ma’naviy muhit” shakllantirishning ahamiyati asoslangan;
tarbiya jarayoni yagona axborot maydonida mavjud ma’naviy tahdidlardan himoyalash omillari sifatida mumtoz va zamonaviy kreativ bilim, axborotni qayta tiklash mexanizmini ishga tushirishi ijobiy pragmatik hamda ratsional xususiyatga (foydali amaliy ish harakatiga va aqliy jarayon) larga ijobiy ta’sir etishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro yagona axborot maydonining kengayishi sharoitida ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashishning ijtimoiy-falsafiy muammolarini tahlil etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
yagona axborot maydonida inson ijtimoiy mohiyatini belgilovchi hayotiy maqsad, ijtimoiy rol, amal qilinayotgan prinsiplar va bajarilayotgan vazifalar kabi tushunchalar hamda ularni rivojlantiruvchi milliy g‘oya, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy muhit, o‘zini-o‘zi anglash va tarbiyalash kabi omillarni barqarorlashtirishda jamiyat ma’naviyat xususan urf-odatlar, dunyoqarash, e’tiqod, his-tuyg‘ular, orzu-intilishlarni inobatga olish zarurligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining I. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimili va samarali tashkil qilish “O‘zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo-bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyilini amalga tadbiq etish maqsadida “Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini rivojlantirishda Yangi O‘zbekiston tashabbusi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 23 avgustdagi 238-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy qadriyatlar, moddiy va ma’naviy hayot uygushshgiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilishiga, axborot va so‘z erkinligi, yoshlar ma’naviy-axloqiy olami va yashash tarzini o‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
uzatilayotgan axborot orqali yoshlar dunyoqarashi, ma’naviy mo‘ljallari o‘zgarishi, yoshlar ongiga va axloqiy tarbiyasiga qadriyatlar tizimiga salbiy ta’sir etuvchi axborot havfli tus olayotganiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston MTRK Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Bu kun” va “Ma’naviyatimiz sarchashmasi” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 17 noyabrdagi, 12-15/189-son ma’lumotnomasi). Natijada, Natijada, axborot maydoni, shuningdek, ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishga doir ko‘rsatuvlarning mazmunan boyishiga, teletomoshabinlarning bu boradagi bilim va dunyoqarashining kengayishiga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida, xalqaro integratsiyaning kuchayishi, yagona axborot maydoniga zaruriyatning to‘g‘ilishi, bugungi axborot maydonini kengaytirib, uni o‘zaro zid ba’zan feyk axborotlar bilan to‘ldirilishi, odamlar ongini boshqarishga intilish o‘ziga xos xususiyatlari ekani, postmodern jamiyatda ma’naviyatga xavf soluvchi yangi tahdidlarning paydo bo‘layotgani, zamonaviy ma’naviy tahdidlarning Ommaviy madaniyat bilan bog‘liq turlari va ularga qarshi ko‘rashishda “Sog‘lom axloqiy-ma’naviy muhit” shakllantirishning ahamiyatiga oid xulosa va umumalashmalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 30 avgustdagi 4-13-23-2794-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar dunyoqarashida axborotlashuv jarayonining shakllanishi, jamiyat ma’naviy muhitining barqarorlashuvi,ma’naviy tahdidlarga qarshi bilim egallash zaruratini asoslashga xizmat qilgan;
tarbiya jarayoni yagona axborot maydonida mavjud ma’naviy tahdidlardan himoyalash omillari sifatida mumtoz va zamonaviy kreativ bilim, axborotni qayta tiklash mexanizmini ishga tushirishi ijobiy pragmatik hamda ratsional xususiyatga (foydali amaliy ish harakatiga va aqliy jarayon)larga ijobiy ta’sir etishiga doir xulosalardan hamda amaliy takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘quvvatlash jamoat fondida bajarilgan “Axborot ochiqligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashda NNT va FJBI faoliyatini oshirish va keng ko‘lamli jamoatchilik nazoratini yo‘lga quyish” davlat granti 22-14-10/2t-07 raqamli “Korrupsiyadan xoli dunyo-umumbashariy orzusi” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘quvvatlash jamoat fondining 2023 yil 10-apreldagi 19-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.