Jahongirov Yusufbek Sobirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida islom diniy tashkilotlarini kadrlar bilan ta’minlash masalalari (1991-2021 yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1399.
Ilmiy rahbar: Shamsitdinov Ravshanbek Rustambekovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Baxriddin Axmedovich, tarix fanlari doktori, professor v.b.; Adilov Abror Anvarovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1991-2021 yillar davriy chegarasida O‘zbekistonda islom diniy tashkilotlarini kadrlar bilan ta’minlanishidagi o‘zgarishlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik yillarida murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat natijasida O‘zbekistonda diniy siyosatning amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratilgani va takomillashtirib borilgani, natijada mamlakatda zamonaviy destruktiv tahdidlarga qarshi tura oladigan mutxassislar tarkibini shakllanishiga olib kelgani asoslangan;
respublika mustaqilligining dastlabki yillarida ta’lim tizimida o‘quv dasturlarida an’anaviylik va zamonaviylik sintezini yaratishga urinishlar bo‘lsa-da, aksariyat hollarda an’anaviylikning kuzatilishi, zamonaviy o‘quv-uslubiy ta’lim vositalarining joriy qilinishi kadrlar malakasini oshirish hamda ulardagi kasbiy sifatlarning yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;
diniy xodimlarni tayyorlash jarayonida o‘quv jarayoniga xodimlar malakasi boyicha zamonaviy ehtiyojlarga mos o‘zgarishlarni faol tatbiq etilmaganligi, turli diniy masalalarda ilmiy munozaraga kirisha oladigan mutaxassis diniy xodimlarning tanqisligi kabi muammolarga islom bilimlarini chuqur egallagan mutaxassislarni tayyorlash konsepsiyasining ishlab chiqilishi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi diniy xodimlar tarkibini malakali kadrlar bilan mustahkamlashga xizmat qilganligi dalillangan;
“Uchinchi renessans” poydevorini yaratish yo‘lidagi keng qamrovli islohotlarning tarkibiy qismi bo‘lgan diniy-ma’rifiy sohaning rivojiga, diniy kadrlarni tayyorlashga e’tiborning kuchaytirilgani natijasida milliy taraqqiyot uchun asos bo‘lgan ijtimoiy barqarorlik ta’minlanayotgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida islom diniy tashkilotlarini kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
mustaqillik yillarida murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat natijasida O‘zbekistonda diniy siyosatning amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratilgani va takomillashtirib borilgani, natijada mamlakatda zamonaviy destruktiv tahdidlarga qarshi tura oladigan mutxassislar tarkibini shakllanishiga olib kelgani hamda respublika mustaqilligining dastlabki yillarida ta’lim tizimida o‘quv dasturlarida an’anaviylik va zamonaviylik sintezini yaratishga urinishlar bo‘lsa-da, aksariyat hollarda an’anaviylikning kuzatilishi, zamonaviy o‘quv-uslubiy ta’lim vositalarining joriy qilinishi kadrlar malakasini oshirish hamda ulardagi kasbiy sifatlarning yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligiga oid natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5186-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022 yil 1 dekabrdagi 908-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistondagi Islom svilizatsiyasi markazi tomonidan chop etilgan “Uchinchi renessans – Yangi O‘zbekiston” kitob albomining islomiy ta’lim muassasalariga oid masalarni yoritishda asos bo‘lgan hamda dinshunoslikka oid qo‘llanmalar, risolalar ishlab chiqishga manbaviy asos bo‘lib xizmat qilishi belgilangan;
diniy xodimlarni tayyorlash jarayonida o‘quv jarayoniga xodimlar malakasi boyicha zamonaviy ehtiyojlarga mos o‘zgarishlarni faol tatbiq etilmaganligi, turli diniy masalalarda ilmiy munozaraga kirisha oladigan mutaxassis diniy xodimlarning tanqisligi kabi muammolarga islom bilimlarini chuqur egallagan mutaxassislarni tayyorlash konsepsiyasining ishlab chiqilishi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi diniy xodimlar tarkibini malakali kadrlar bilan mustahkamlashga xizmat qilganligi hamda “Uchinchi renessans” poydevorini yaratish yo‘lidagi keng qamrovli islohotlarning tarkibiy qismi bo‘lgan diniy-ma’rifiy sohaning rivojiga, diniy kadrlarni tayyorlashga e’tiborning kuchaytirilgani natijasida milliy taraqqiyot uchun asos bo‘lgan ijtimoiy barqarorlik ta’minlanayotgani bo‘yicha natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi PF – 5416-son farmoni 1-ilova “Diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligini rivojlantirish asosida ta’lim sifatini oshirish, diniy-ma’rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimini yaratish” ga doir ustuvor vazifalarni amalga oshirish, xususan, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda jaholatga qarshi – ma’rifat kabi ulug‘vor maqsadni joylarda targ‘ib qilish, mazkur tadbirlarni o‘tkazishda malakali imomlardan foydalanish, imom-xatiblar, otinoyilarni malakasini oshirishni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning 2022 yil 27 dekabrdagi 02-03/9759-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur soha tarixini faktik materiallar, manbalar va ma’lumotlar bilan to‘ldirishga ko‘mak berib, diniy sohada malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimi tarixini ilmiy asosda yoritish imkonini bergan.