Bazarova Irodaxon Ravshanbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston boshlang‘ich ta’limidagi o‘zgarishlar  (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari misolida, 1991-2021 yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar89.
Ilmiy rahbar: Ishanxadjaeva Zamiraxon Raimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Baxtiyorjon Maxmudovich, tarix fanlari doktori, professor; Shamsieva Maxfuzaxon Xo‘ja qizi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa  doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot:  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi boshlang‘ich ta’limning rivojlanish jarayoni, ta’lim modernizatsiyasi xususiyatlarini tarixiylik aspektida ochib berishdan iborat.   
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublika boshlang‘ich ta’limi modernizatsiyasi uchun jahon standartlariga mos keladigan o‘quv qurollari, anjomlar, xorijiy mutaxassislarni jalb qilinishi natijasida bo‘g‘inda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganligi, xorijiy investisiyalar ajratilishi natijasi o‘laroq Farg‘ona vodiysi viloyatlari quyi ta’lim bosqichida taraqqiyot tendensiyalari yo‘lida muhim yutuqlar qo‘lga kiritilganligi hamda transformatsion jarayonlar sodir bo‘lganligi asoslab berilgan;
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aholi sonining keskin o‘sishi e’tiborga olingan holda, shahar va chekka qishloq joylarida umumta’lim maktablarining barpo etilishi natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning boshlang‘ich ta’lim olish ehtiyojlari to‘la qondirilganligi, biroq ba’zi hududlarda maktab binolari qurilish ishlarining kechikishi ortida o‘quvchilarning savodxonligi va bilim saviyasining pasayganligi dalillangan;
istiqlol yillari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi xususiy ta’lim muassasalari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, o‘qitish tizimida zamonaviy fanlarning o‘quv dasturlariga kiritilishi, xususiy boshlang‘ich ta’limga ixtisoslashgan maktablarga jahon standartlariga muvofiq bo‘lgan IT, robotatexnika, mental arifmetika, chet tili fanlarining chuqurlashtirilib o‘qitilishiga e’tibor kuchaytirilishi natijasida quyi sinf o‘quvchilarining respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan olimpiadalarda yuksak o‘rinlarga erishishi bu bo‘g‘inning xalqaro me’yorlarga to‘la mos kelishini anglatishi asoslangan;
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi boshlang‘ich ta’limni xalqaro andozalarga muvofiq ravishda taraqqiy ettirish yuzasidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga binoan unga xalqaro tus berilishi natijasida zamonaviy baholash dasturlarining boshlang‘ich ta’lim bosqichiga tatbiq etilishi asosan aniq fanlar o‘qitilishini ommalashtirishga qaratilgani, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fan va texnologiya, muhandislik va san’at fanlaridan bilim olish qobiliyatlarini orttirilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida boshlang‘ich ta’limning rivojlanishi tarixini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
respublika boshlang‘ich ta’limi modernizatsiyasi uchun jahon standartlariga mos keladigan o‘quv qurollari, anjomlar, xorijiy mutaxassislarni jalb qilinishi natijasida bo‘g‘inda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganligi, xorijiy investisiyalar ajratilishi natijasi o‘laroq Farg‘ona vodiysi viloyatlari quyi ta’lim bosqichida taraqqiyot tendensiyalari yo‘lida muhim yutuqlar qo‘lga kiritilganligi hamda transformatsion jarayonlar sodir bo‘lganligi asoslab berilganligi hamda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aholi sonining keskin o‘sishi e’tiborga olingan holda, shahar va chekka qishloq joylarida umumta’lim maktablarining barpo etilishi natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning boshlang‘ich ta’lim olish ehtiyojlari to‘la qondirilganligi, biroq ba’zi hududlarda maktab binolari qurilish ishlarining kechikishi ortida o‘quvchilarning savodxonligi va bilim saviyasining pasayganligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Germaniya Federatsiyasi A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH ilmiy tadqiqot markazining “Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim” deb nomlangan hisobotini statistik va arxiv manbalari bilan ta’minlashga ko‘mak bergan (Bremendagi Ausbildung und Arbeit Plus GmbH ilmiy tadqiqot markazining 2020 yil 31 oktyabrdagi sertifikati). Markazga berilgan boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha materiallar bu erdagi hisobotlar to‘plamlarini yanada mukammalashuviga va ularni raqamlar orqali ma’lumotlar bilan boyitishga yordam bergan;
istiqlol yillari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi xususiy ta’lim muassasalari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi, o‘qitish tizimida zamonaviy fanlarning o‘quv dasturlariga kiritilishi, xususiy boshlang‘ich ta’limga ixtisoslashgan maktablarga jahon standartlariga muvofiq bo‘lgan IT, robotatexnika, mental arifmetika, chet tili fanlarining chuqurlashtirilib o‘qitilishiga e’tibor kuchaytirilishi natijasida quyi sinf o‘quvchilarining respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan olimpiadalarda yuksak o‘rinlarga erishishi bu bo‘g‘inning xalqaro me’yorlarga to‘la mos kelishini anglatishi hamda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi boshlang‘ich ta’limni xalqaro andozalarga muvofiq ravishda taraqqiy ettirish yuzasidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga binoan unga xalqaro tus berilishi natijasida zamonaviy baholash dasturlarining boshlang‘ich ta’lim bosqichiga tatbiq etilishi asosan aniq fanlar o‘qitilishini ommalashtirishga qaratilgani, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fan va texnologiya, muhandislik va san’at fanlaridan bilim olish qobiliyatlarini orttirilganligi dalillanganligi bo‘yicha tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-69-sonli “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim berish jarayonida ota-onalarning ishtiroki va rolini oshirish” mavzusidagi ilmiy loyiha shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 23 iyundagi 01-09/972-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar vodiy viloyatlarida boshlang‘ich ta’lim tizimi holati bo‘yicha tarixiy bilimlarni oydinlashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish