Sultonov Shoxrux Xolmurzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Avtomatik elektr isitish tizimlarining matematik modellari, algoritmlari va apparat dasturiy ta’minoti”, 05.01.06 – “Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3799
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bubnov Vladimir Petrovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti va Imperator Aleksandr I nomidagi Peterburg davlat temir yo‘llari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Aliev Ravshan Maratovich – texnika fanlari doktori, professor; Sattarov Xurshid Abdishukurovich – texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion muzlash sensori yordamida temir yo‘lda avtomatik elektr isitish tizimining ishlashini ishonchliligi va aniqliligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nazorat qilinadigan yuzani isitish darajasini nazorat qilishda, muayyan atrof-muhit haroratini hisobga olgan holda ogohlantiruvchi ta’sirlarni hisoblash imkonini beruvchi analitik ifodalar va matematik modellar ishlab chiqilgan;
ma’lum bir mavjudlik koeffisienti va tekshiruv oralig‘ining davomiyligi uchun muzlash sensorining o‘rtacha ishlamay qolish chastotasining hisob-kitobini aniqlash imkoniyatini beruvchi raqamli usul va ehtimoliy modeli ishlab chiqilgan;
nazorat qilinadigan yuzada muzlash yoki qorni aniqlash usuli ishlab chiqilgan va usulni amalga oshirish imkonini beruvchi avtomatik boshqaruvli elektr isitish tizimining meteorologik bloki va muzlash sensori yaratilgan;
maxsus sharoitlarda muzlash sensori dasturiy ta’minotini ishlashini nazariy tahlil qilish va eksperimental o‘rganish va nazorat qilinadigan yuzada muz yoki qorni aniqlovchi boshqaruv qurilmalarning isitish elementlarini yoqishdagi vaqt tafovutlarini aniqlash maqsadida tajriba stendi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat:
Innovatsion muzlash sensori yordamida temir yo‘l transportida avtomatik elektr isitish tizimining ishlashining ishonchliligi va aniqliligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
nazorat qilinadigan yuzada muzlash yoki qorni aniqlash usulini amalga oshirish uchun avtomatik elektr isitish tizimining meteorologik bloki, muzlash sensorlari va ishlab chiqilgan algoritmlar, og‘ir ob-havo va iqlim sharoitida “Toshkent metropoliteni” DUKning estakada shaklidagi halqa er usti liniyasidagi strelkali o‘tkazgichlarini qor va muzdan avtomatik tozalash jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023 yil 10-iyulidagi № 2/4709 maʼlumotnomasi). Natijada “Toshkent metropoliteni” DUK liniyalaridagi strelkali o‘tkazgichlarning nazorat qilinadigan yuzasida muz yoki qorni aniqlash imkonini berdi, bu esa harakatlanuvchi tarkib xavfsizligini ta’minlashdagi asosiy vazifa hisoblanadi.
nazorat qilinadigan yuzada qor yoki muz ko‘rinishidagi yog‘ingarchilikni aniqlash uchun muzlash sensori bilan tajribalar o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan dastur hamda muzlash sensorining nazorat qilinadigan yuzasida muzlash yoki qorni aniqlash uchun dasturiy ta’minot va muayyan atrof-muhit xususiyatlari uchun muzlash sensori isitish elementlarini vaqt tafovutlarini aniqlash metodologiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi” tarkibiga kiradigan korxonalarda joriy etilgan, (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023 yil 10-iyulidagi № 2/4709 ma’lumotnomasi). Natijada, kutilayotgan harorat qiymati muayyan vaqt oralig‘i uchun hisoblab chiqiladi (yog‘ingarchilik mavjudligi alomatini ishlab chiqish), shu bilan atrof-muhitning harorati va namligiga qarab relslarni kerakli haroratda saqlab turadi.