Babadjanova Mashxura Madiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqlim o‘zgarishining bug‘doy hosiliga ta’sirini iqtisodiy baholash”, 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1975
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rustamova Iroda Baxramjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Sultanov Bahodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Muxtorov Abduxoliq Xalimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqlim o‘zgarishining bug‘doy hosiliga ta’sirini iqtisodiy baholash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqlim o‘zgarishining bug‘doy hosiliga ta’sirini baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv iqlim (yil fasllari kesimida) va tuproq sho‘rlanishi kabi omillarni ko‘zda tutgan holda takomillashtirilgan;
respublikada bug‘doy hosiliga ta’sir etuvchi iqlim va sho‘rlanish omillarini hisobga olgan holda hosildorlik o‘zgarishining 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan;
iqlim o‘zgarishi sharoitida hududlar kesimida “Iqlim o‘zgarishiga moyillik indeksi” usuli asosida baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv taklif etilgan hamda “eng past”, “past”, “o‘rta”, “yuqori” va “eng yuqori” me’zonlari ishlab chiqilgan;
iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish va iqtisodiy yoʼqotishlarni oldini olishga qaratilgan “erta ogohlantirish tizimi” taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqlim o‘zgarishining bug‘doy hosiliga ta’sirini iqtisodiy baholash bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tumanlar kesimida bug‘doy hosiliga iqlim omillarining fasllardagi harorat, yog‘ingarchilik va sho‘rlanishning ta’sirini baholash bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 sentyabr 03/26-2667-son va Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 yanvar 07/34-06/64-son ma’lumotnomalari). Natijada, yozgi haroratning 1 foizga oshishi hosilning 16,2 foizga yaʼni 9,434 ming tonnaga, sho‘rlanishning 1 foizga ortishi 0,5 foizga, yaʼni 2,911 ming tonnaga kamayishi asoslangan;
 respublikada iqlim o‘zgarishi omillari hisobiga bug‘doy hosildorligi o‘sishining 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 sentyabr 03/26-2667-son va Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 yanvar 07/34-06/64-son ma’lumotnomalari). Natijada, respublikada iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siri hisobiga 2030 yilda hosildorlikning 41,7 s/ga ga kamayishi prognoz qilingan;
respublika hududlarida iqlim o‘zgarishiga moyillik indeksi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy yondashuvi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 sentyabr 03/26-2667-son va Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 yanvar 07/34-06/64-son ma’lumotnomalari). Natijada, respublika hududlarida harorat, yog‘ingarchilik va tuproq sho‘rlanishiga ko‘ra «Iqlim o‘zgarishiga moyillik indeksi» besh ballik daraja asosida iqlim o‘zgarishiga moyil hududlar aniqlangan;
respublikada iqlim o‘zgarishi sharoitida bug‘doy hosilini saqlab qolish uchun «erta ogohlantirish tizimi» bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 sentyabr 03/26-2667-son va Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 20 yanvar 07/34-06/64-son ma’lumotnomalari). Natijada, respublika hududlaridagi boshoqli don etishtiruvchi xo‘jaliklarning hosilini 8-9 foizga saqlab qolish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish