Kadirxodjaeva Farida Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida oqova suvlardan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari” 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3PhD/Iqt46919
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umurzakov Uktam Pardaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Umarov Suhrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Murtazaev Olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qo‘ziev Komil Fayzievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida oqova suvlardan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oqova suvlar hamda yog‘ingarchilik suvlarini to‘plash, ularni tabiiy ravishda tozalash hamda qo‘shimcha suv resurslarini yaratishga mo‘ljallangan kichik hajmdagi suv havzalarini tashkil qilish asoslangan;
oqova suvlar tushunchasi, davlat-xususiy sheriklik prinsiplari, oqova suvlardan davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanish tushunchalarining huquqiy normalari takomillashtirilgan;
oqova suvlarni tozalash va qishloq xo‘jaligida oqova suvlardan samarali foydalanishni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish va rivojlantirish mexanizmlari asoslangan;
oqova suvlar hajmini o‘zgarishining 2028 yilgacha istiqbolli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida oqova suvlardan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomil-lashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
oqova suvlar hamda yog‘ingarchilik suvlarini to‘plash, ularni tabiiy ravishda tozalash hamda qo‘shimcha suv resurslarini yaratishga mo‘ljallangan kichik hajmdagi suv havzalarini tashkil qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 martdagi 03/37-792-son ma’lumotnomasi). Natijada hovuzlarni tashkil etilishi qishloq xo‘jaligida texnik ekinlarni etishtirishda oqova suvlardan foydalanish orqali suv taqchilligi muammosi bartaraf etilishi bilan birga, er osti va er usti suv manbalari tejalishiga xizmat qiladi;
oqova suvlar tushunchasi, davlat-xususiy sheriklik prinsiplari, oqova suvlardan davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanish tushunchalarining huquqiy normalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2021 yil 13 avgustdagi 04/4-10-79-sonli dalolatnomasi). Natijada ishlab chiqilgan takliflar “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qonuni”da foydalanilgan;
oqova suvlarni tozalash va qishloq xo‘jaligida oqova suvlardan samarali foydalanishni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish va rivojlantirish mexanizmlari taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 martdagi 03/37-792-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yurituvchi korxonalar turli tashkiliy-huquqiy shakldagi uy-joy boshqaruvi tashkilotlari orqali uy-joy egalari bilan o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlarini ta’minlab, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanuvchi sub’ektlarga tozalangan oqova suvlarni shartnomalar asosida sug‘orish maqsadida ishlatish uchun etkazib berishi ta’minlanadi;
oqova suvlar hajmini o‘zgarishining 2028 yilgacha istiqbolli prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 martdagi 03/37-792-son ma’lumotnomasi). Natijada oqova suvlar hajmi 2028 yilda 2022 yilga nisbatan 25,7 mln. m3 ga oshib, 290,1 mln. m3 ni tashkil etishi prognoz qilingan.