Nig‘monov Boxodir Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kontrastli nefropatiyaning patogenetik va profilaktika jihatlari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3299.
Ilmiy rahbar: Muminov Shovkat Qodirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Marif Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sabirov Maqsud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi endovaskulyar muolaja paytida 2-tip qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kontrast bilan bog‘liq nefropatiya rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini o‘rganish va profilaktika choralarining samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda murakkab endovaskulyar rentgenkontrast amaliyot xavfini bashoratlash markerlari sifatida zardobdagi albumin, kreatinin, glikemiya, eritrotsituriya va leykotsituriya, chap bo‘lmacha gipertrofiyasi va chap qorincha sferik deformatsiyasi, uning sistolik disfunksiyasi va o‘pka gipertenziyasi, buyrak segmentar arteriyalari qarshilik indeksining oshishi ekanligi aniqlangan;
endovaskulyar rentgenkontrast amaliyotida kontrastli nefropatiya xavfi yuqori bo‘lgan qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda lipidlar perekis oksidlanishining faollashuvi antioksidant tizim faolligining pasayishi va vazopressorlarning ekspressiyasi tomon endoteliyning funksional holatining buzilishi kuchayishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
qandli diabet negizida kontrastli nefropatiya bilan og‘rigan bemorlarda atsetilsistein va teofillindan foydalanish lipidlar perekis oksidlanishi/antioksidant tizimining me’yorlashishiga va barqaror metabolitlar konsentratsiyasining oshishiga xamda endotelin-1 konsentratsiyasining pasayishiga olib kelishi isbotlangan;
kontrastli nefropatiya xavfi yuqori bo‘lgan qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda atsetilsistein va teofillindan foydalanish buyrak funksiyasining sezilarli darajada pasayishi bilan bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 3 iyuldagi 07/019-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda murakkab endovaskulyar rentgenkontrast amaliyot xavfini bashoratlash markerlari sifatida zardobdagi albumin, kreatinin, glikemiya, eritrotsituriya va leykotsituriya, chap bo‘lmacha gipertrofiyasi va chap qorincha sferik deformatsiyasi, uning sistolik disfunksiyasi va o‘pka gipertenziyasi, buyrak segmentar arteriyalari qarshilik indeksining oshishi ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali 16.01.2022 yildagi 6-sonli buyruq hamda Fedorovich klinikasi MChJ klinikasi intervesion kardiologiya bo‘limi 10.01.2023 yildagi 5 – sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish, yuqori xavfli kontrastli nefropatiya bilan og‘rigan bemorlarni erta aniqlash va endovaskulyar rentgen kontrasti amaliyotlari paytida buyrak zararlanish darajasini 23-40% dan kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:1) 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda murakkab endovaskulyar rentgenkontrast amaliyoti tadbiq etish jarayonida zardobda aniqlan markerlar amaliyot natijasida yuzaga keladigan asoratlarni oldini olishda katta axamyatga ega va buning natijasida iqtisodiy samaradorlikga erishilgan. 2) 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda murakkab endovaskulyar rentgenkontrast amaliyotida ko‘llanilgan bashoratlash markerlari sifati ortiqcha sarf xarajatlar bilan bir qatorda ko‘shimcha mutaxassislarni jalp etishni istisno etadi, bu bilan sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda endovaskulyar rentgenkontrast amaliyotdan so‘ng rivojlanadigan kontrastli nefropatiya xavfini bashoratlash markerlarini zardobda aniqlash erta tashxisni ta’minlanishi ishlab chiqilgan, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 4 000 000 so‘mga va ishlab chiqarilgan algoritm ko‘llangan xolda byudjetdan tashqari mablag‘larni 1.040000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: endovaskulyar rentgenkontrast amaliyotida kontrastli nefropatiya xavfi yuqori bo‘lgan qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda lipidlar perekis oksidlanishining faollashuvi antioksidant tizim faolligining pasayishi va vazopressorlarning ekspressiyasi tomon endoteliyning funksional holatining buzilishi kuchayishi bilan bog‘liqligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali 16.01.2022 yildagi 6-sonli buyrug‘ hamda Fedorovich klinikasi MChJ klinikasi intervesion kardiologiya bo‘limi 10.01.2023 yildagi 5 – sonli buyrug‘ bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: yuqori xavfga ega bo‘lgan kontrastli nefropatiya bilan og‘rigan bemorlarni erta aniqlash va endovaskulyar rentgen kontrasti amaliyotlari paytida buyrak zararlanish darajasini 23-40% dan kamaytirish imkonini bergan; endovaskulyar amaliyot paytida 2-tip qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kontrastli nefropatiya rivojlanishining oldini olishga rioya qilgan holda o‘tkir buyrak etishmovchiligini oldini olishga erishilgan; endovaskulyar amaliyot paytida 2-tip qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kontrastli nefropatiyada shifoxonada davolanish davomiylik davri, (73.5%) natijasida muolajalar sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda endovaskulyar rentgenkontrast amaliyotidan so‘ng kontrastli nefropatiya xavfi yuqori bo‘lgandi: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 4 kungacha qisqartirilib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 2.040000 ming so‘mga kamaytirilgan (Terapiya markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 400000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: endovaskulyar rentgenkontrast amaliyotida kontrastli nefropatiya xavfi yuqori bo‘lgan qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda shifoxonada yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar natijasida kontrastli nefropatiya 29 (51,7%), gemodializga muxtojlik 3 (5,3%), kishida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar gemodializga muxtoj bo‘lgan bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 500 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 150 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: qandli diabet negizida kontrastli nefropatiya bilan og‘rigan bemorlarda atsetilsistein va teofillindan foydalanish lipidlar perekis oksidlanishi/antioksidant tizimining me’yorlashishiga va barqaror metabolitlar konsentratsiyasining oshishiga xamda endotelin-1 konsentratsiyasining pasayishiga olib kelishi isbotlangan. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali 16.01.2022 yildagi 6-sonli buyrug‘i hamda Fedorovich klinikasi MChJ klinikasi intervesion kardiologiya bo‘limi 10.01.2023 yildagi 5 – sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qandli diabet negizida kontrastli nefropatiya rivojlanganida; gipovolemiyani oldini olish maqsadida endovaskulyar rentgenokontrast amaliyotidan so‘ng bemorni patologik va fiziologik yo‘qotishlarini inobatga olib, bir kecha-kunduzlik fiziologik sarfni aniqlash samaradorligini oshirgan; gipoglikemiya, qonda kreatinin miqdorini 145,66 mkmol/l dan oshib ketishini oldini olish chora tadbirlari qo‘llash qo‘pol asoratlar kuzatilishini oldini olgan; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish qandli diabet negizida kontrastli nefropatiya rivojlanganida ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 4 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 2040000 ming so‘mga kamaytirilgan (Terapiya markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 340000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); endovaskulyar rentgenokontrast muolaja asoratlaridan biri o‘tkir buyrak etishmovchiligi bo‘lib, bu sharoitda bemorlarni reanimatsiya tizimida davolashga o‘tkaziladi bu xolatda byudjet mablag‘idan (1 kunga o‘rtacha 180 000 – 230 000 sarflanadi): Xulosa: Endovaskulyar rentgenkontrast amaliyotida oldingi va keyingi davrlarda o‘limga olib keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘ni 340 000 so‘mga , shifoxonada davolash kunlari kamayishi byudjetdan tashqari mablag‘larni 127 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kontrastli nefropatiya xavfi yuqori bo‘lgan qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda atsetilsistein va teofillindan foydalanish buyrak faoliyatini sezilarli darajada pasayishi bilan bog‘liqligi asoslangan. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali 16.01.2022 yildagi 6-sonli buyruq hamda Fedorovich klinikasi MChJ klinikasi intervesion kardiologiya bo‘limi 10.01.2023 yildagi 5 – sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Teofillinni qo‘llash endovaskulyar rentgenokontrast muolaja davrida yuqori xavf ostida bo‘lgan qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kontrastli nefropatiya rivojlanishiga sezilarli profilaktik ta’sir ko‘rsatadi (23%ga). Operatsiyadan oldin N-atsetilsisteinning yuqori dozasini tomir ichiga yuborish koptokchalar fil`tratsiya tezligini pasayish darajasini kamaytirishga yordam berdi va koronarografiya utkazilishi lozim bo‘lgan bemorlarda kontrastli nefropatiya rivojlanish xavfini (42%ga) kamaytirdi. Endovaskulyar muolajalar paytida kontrastli nefropatiyaning oldini olishning ishlab chiqilgan usullarini amaliyotga tatbiq etish koronar arterial kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqtini va reabilitatsiya davrini qisqartirishga yordam beradi va uning samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda endovaskulyar rentgenkontrast amaliyotdan so‘ng rivojlanadigan kontrastli nefropatiya xavfini oldini olish, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan (1 kunlik to‘lovi 400000) va yaratilgan algoritm ko‘llangan xolda byudjetdan tashqari mablag‘larni 140000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kontrastli nefropatiya xavfi bo‘lganda yuqorida keltirilgan davolash rejasi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kontrastli nefropatiyaning patogenetik va preventiv jihatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 26 iyundagi №03/1175 sonli xati yuborilgan.