Yusupova Shaxnoza Akramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ayollarda papillomavirus infeksiyasining rivojlanishi va virusga qarshi immunitet regulyasiyasi buzilishining klinik va immuno-genetik aspektlari”, 14.00.11-Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1695.
Ilmiy rahbar: Vaisov Iskandar Adxamdjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi DSs.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamalov Zayniddin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor,
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘tkir uchli kondilomalarning klinik-laborator va immunogenetik omillarni o‘rganish asosida kasallikni erta tashxislash, klinik kechishini prognoz qilish, davolash va profilaktika usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir uchli kondilomalarning qaytalanuvchi shakli, ko‘pincha, erta jinsiy hayot boshlagan, ikki va undan ortiq jinsiy sherigi bor ayollarda kuzatilishi, uning ekzofit kondiloma turi esa bemorlarda eng ko‘p uchrashi isbotlangan;
IL – 10 (rs1800896) sitokini polimorf genining A mutant alleli va A/A genotipik variantlari o‘tkir uchli kondilomalar rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib, uning rivojlanish xavfini mos holda 1,7 va 3,7 barobar oshirishi isbotlangan. Tp – 53 (rs1042522) polimorf genining Arg minor allelari (χ2=3,0; R=0,1) hamda Arg/Arg genotipi o‘tkir uchli kondilomarlarning residivlanuvchi shaklida 1,6 va 3,6 barobar ko‘p uchrashi aniqlangan;
TLR – 9 genining rs5743836 polimorfizmi va o‘sma nekrozi omili genining TNF – α rs1800629 polimorfizmi o‘tkir uchli kondilomalar paydo bo‘lishi va kechishida ahamiyatga ega emasligi isbotlangan;
o‘tkazilgan klinik va immunogenetik tahlillar asosida ishlab chiqilgan prognozlash va davolash algoritmi ishlab chiqilgan hamda o‘tkir uchli kondilomalar bilan og‘rigan bemorlarni davolashning kombinatsiyalangan mahalliy usuli (SO2 lazer + Imikvimod kremi) (92,8%) davolashning faqat monoterapiya usuli (SO2 lazer)ga nisbatan samaraliligi (49,3%) isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ekspert kengashining 2023 yil 26 iyuldagi 6/74-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2022 yil 22 noyabrdagi 04/5058-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir uchli kondilomalarning qaytalanuvchi shakli, erta jinsiy hayot boshlagan, ikki va undan ortiq jinsiy sherigi bor ayollarda kuzatilishi, uning ekzofit kondiloma turi esa bemorlarda eng ko‘p uchrashi isbotlanganligi, o‘tkir uchli kondilomalar bilan og‘rigan bemorlarda o‘z vaqtida samarali davolash taktikasini belgilashi Toshkent shahar tumanlararo 2-son teri tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 2023 yil 20 fevraldagi 30-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan teri-tanosil kasalliklari va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat hududiy filiali klinik bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 20 fevraldagi 10/1-I - sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jinsiy hayotni erta yoshda boshlamaslik, bitta jinsiy sherik bo‘lishi o‘tkir uchli kondilomalarning rivojlanishini va qaytalanishini oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir uchli kondilomalarning diagnostik mezonlarida xavf omillarni tahlil qilish orqali paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qaytalanish chastotasining oldini olish va o‘z navbatida o‘tkir uchli kondilomalardan kelib chiqadigan asoratlarni davolash uchun ajratiladigan sarf-xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. 125 nafar bemorning xarajatlari residivlarni hisobga olgan holda 154000000 so‘mni tashkil qilgan. 176 000 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: o‘tkir uchli kondilomalarning diagnostik mezonlarida xavf omillarni tahlil qilish orqali davolash samaradorligini oshirish hamda bir nafar bemorga 328 000 so‘mlik byudjet mablag‘lari va 380000 so‘mlik byudjetdan tashqari mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: IL – 10 (rs1800896) sitokini polimorf genining A mutant alleli va A/A genotipik variantlari o‘tkir uchli kondilomalar rivojlanishida muhim rol o‘ynashi hamda uning rivojlanish xavfini mos holda 1,7 va 3,7 barobar oshirishi mumkinligi aniqlangan va Tp – 53 (rs1042522) polimorf genining Arg minor allellari va Arg/Arg genotipi o‘tkir uchli kondilomalarning residivlanuvchi shaklida 1,6 va 3,6 marta ko‘p uchrashi aniqlanganligi - o‘tkir uchli kondilomalar bilan og‘rigan bemorlarda o‘z vaqtida samarali davolash taktikasini belgilashi Toshkent shahar tumanlararo 2-son teri tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 2023 yil 20 fevraldagi 30-son buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan teri-tanosil kasalliklari va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat hududiy filiali klinik bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 20 fevraldagi 10/1-I - son buyruq bilan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan ushbu IL – 10 (rs1800896) va Tp – 53 (rs1042522) sitokinining polimorf geni lokuslaridan o‘tkir uchli kondilomalarning qaytalanishi va klinik kechishini bashoratlovchi marker sifatida foydalanish erta tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir uchli kondilomalarning diagnostik mezonlariga immunogenetik tahlillarni qo‘shish orqali paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qaytalanish chastotasining oldini olish va o‘z navbatida o‘tkir uchli kondilomalardan kelib chiqadigan asoratlarni davolash uchun ajratiladigan sarf-xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. 125 nafar bemorning xarajatlari residivlarni hisobga olgan holda 154 000 000 so‘mni tashkil qilgan. 176 000 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: o‘tkir uchli kondilomalarning diagnostik mezonlariga immunogenetik tahlillarni qo‘shish orqali davolash samaradorligini oshishi bir nafar bemorga 328000 so‘mlik byudjet mablag‘lari va 380 000 so‘mlik byudjetdan tashqari mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: toll kabi reseptorlarining TLR – 9 geni rs5743836 polimorfizmi va o‘sma nekrozi omili TNF – α geni rs1800629 polimorfizmi o‘tkir uchli kondilomalar paydo bo‘lishi va kechishida ahamiyatga ega emasligi aniqlanganligi Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tumanlararo 2-son teri tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 2023 yil 20 fevraldagi 30-son buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan teri-tanosil kasalliklari va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat hududiy filiali klinik bo‘limlari amaliyotiga 2023 yil 20 fevraldagi 10/1-I - son buyruq asosida joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir uchli kondilomalar hosil bo‘lishida TLR – 9 geni rs5743836 polimorfizmi va TNF – α geni rs1800629 polimorfizmlarini o‘rganish ushbu polimorfizmlarni kasallikning klinik kechishi va prognozlashda ahamiyatga ega emasligi ortiqcha diagnostik muolajalarni bajarmaslik hamda vaqtni tejash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir uchli kondilomalarning diagnostik mezonlariga immunogenetik tahlillarni qo‘shish orqali paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qaytalanish chastotasining oldini olish va o‘tkir uchli kondilomalar tufayli yuzaga keluvchi asoratlarni davolash uchun ajratiladigan sarf-xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. 125 nafar bemorning xarajatlari residivlarni hisobga olgan holda 154000000 so‘mni tashkil qilgan. 176000000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: o‘tkir uchli kondilomalarning diagnostik mezonlariga immunogenetik tahlillarni qo‘shish orqali davolash samaradorligini oshishi bir nafar bemorga 328000 so‘mlik byudjet mablag‘lari va 380000 so‘mlik byudjetdan tashqari mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan klinik va immunogenetik tahlillar asosida ishlab chiqilgan prognozlash va davolash algoritmi ishlab chiqilganligi hamda o‘tkir uchli kondilomalar bilan og‘rigan bemorlarda kombinatsiyalangan mahalliy davolash usuli – SO2 + Imikvimod kremi (92,8%) faqat monoterapiya davolash usuli – SO2 lazerga nisbatan samarali (49,3%) ekanligi aniqlanganligi Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tumanlararo 2-son teri tanosil kasalliklari dispanseri bo‘yicha 2023 yil 20 fevraldagi 30-son buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan teri-tanosil kasalliklari va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat hududiy filiali klinik bo‘limlari amaliyotiga 2023 yil 20 fevraldagi 10/1-I - son buyruq asosida joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mahalliy kombinatsiyalangan davolash usuli kasallikning qaytalanishlarini kamaytiradi; asoratlar chastotasini kamaytirish orqali bemorlarda terapiyadan keyingi reabilitatsiya tez amalga oshishi, faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga tez qaytishiga erishiladi; ushbu kasallika chalingan ayollarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir uchli kondilomalarning diagnostik mezonlariga immunogenetik tahlillarni qo‘shish orqali paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qaytalanish chastotasining oldini olish va o‘z navbatida o‘tkir uchli kondilomalardan kelib chiquvchi asoratlarni davolash uchun ajratiladigan sarf-xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. 125 nafar bemorning xarajatlari residivlarni hisobga olgan holda 154000000 so‘mni tashkil qilgan. 176000000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: o‘tkir uchli kondilomalarning diagnostik mezonlariga immunogenetik tahlillarni qo‘shish orqali davolash samaradorligini oshishi bir nafar bemorga 328000 so‘mlik byudjet mablag‘lari va 380000 so‘mlik byudjetdan tashqari mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.