Babadjanova Faniya Rashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda yurak tug‘ma nuqsonlarida miokardial adaptatsiyaning xususiyatlari», 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2438.
Ilmiy raxbar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov  Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Arzikulov Abdurayim Shamshievich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati Xonqa shaharchasida yashovchi yurak tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarda jarrohlikdan keyingi davrda miokardial adaptatsiyaning xususiyatlarini aniqlash va uning asosida sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini sharoitida reabilitatsiya tadbirlariga kompleks yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
TYuN bilan og‘rigan bolalarda jarrohlik  amaliyotidan keyingi kechki davrda sog‘lom bolalardagiga nisbatan miya natriyuretik peptidi (NT-proBNP) 4,0, yurak troponini I (cTnI) 2,2 va yuqori sezgir C-reaktiv (CRPhs) oqsilning qon zardobidagi miqdori 12,4 baravarga surunkali yurak etishmovchiligi (SYuE) darajasiga mos ravishda oshishi natijasida, kardiomiotsitlarning ishemik shikastlanishi va asta-sekin kechuvchi tizimli yallig‘lanish jarayonining rivojlanishi isbotlangan;
TYuN bor bolalarda jarrohlik  amaliyotidan keyingi kechki davrda  bolaning yoshi bilan uzviy bog‘liq holda miokardial adaptatsiya darajasining pasayishi bilan standartlashtirilgan qiymatlar va sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘ng qorincha o‘lchami va o‘pka arteriyasi diametrining kattalashishi, parallel ravishda chap bo‘lmacha o‘lchami va qisqarish fraksiyasining (QF) kamayishi xisobiga chap qorincha faoliyatining giperdinamik tipi va miokardning diastolik disfunksiyasi rivojlanishi isbotlangan.
TYuN bor bolalarda jarrohlik  amaliyotidan keyingi kechki davrda miokardial disfunksiyasini erta tashxislash uchun yurakning morfometrik ko‘rsatkichlari, qon zardobidagi miya natriyuretik peptid, troponin I va yuqori sezgir C reaktiv oqsilning miqdori bolaning yoshi va adaptiv potensialning uch darajasiga mos ravishda  mezonlari ishlab chiqilgan;
poliklinika sharoitida  jarrohliq amaliyotidan keyingi kechki davrda TYuN bor bolalarda o‘tkazilgan kardioreabilitatsiya tadbirlarining samaradorligi (12 oy davomida qo‘llanilgan tejamkor, ratsional parxez, davolovchi massaj, davolovchi gimnastika va minimaldan o‘rtacha intensivlikgacha bo‘lgan kundalik jismoniy faollik) ularda jismoniy chidamliligini va jismoniy faollikka tolerantligi 2,6 baravarga oshishi, NT-proBNP ning 1,6 va troponin I ning 1,4 barobarga qon zardobidagi miqdorining pasayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspert kengashining 2023 yil 26 iyul -6/73-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspert kentgashining 2023 yil 21 iyuldagi 04/4715-sonli xati yuborilgan):  
birinchi ilmiy yangilik: TYuN bilan og‘rigan bolalarda jarrohlik  amaliyotidan keyingi davrda sog‘lom bolalarga nisbatan miya natriyuretik peptidi (NT-proBNP) 4,0, yurak troponini I (cTnI) 2,2 va yuqori sezgir C-reaktiv (CRPhs) oqsilning qon zardobidagi miqdori 12,4 barobargacha surunkali yurak etishmovchiligi (SYuE) darajasiga mos ravishda oshishi natijasida, kardiomiotsitlarning ishemik shikastlanishi va asta-sekin kechuvchi tizimli yallig‘lanish jarayonining rivojlanishini aniqlanishi Urganch shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha 03.03.2022 yildagi №01/164-sonli buyruq hamda Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 01.03.2022 yildagi № 585-conli buyruq bilan  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan miokardial adaptatsiyaning biokim’yoviy mezonlari jarrohlik  amaliyotidan keyingi kechki davrda TYuN bor bolalarda asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilab, xayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi  quyidagilardan iborat: jarrohlik  amaliyotidan keyingi kechki davrda TYuN bilan og‘rigan 50 nafar bemor bolalarning 19 nafariga I-funksional sinf SYuE I darajasi erta aniqlangan (ulardan 7 nafari 4-6 yoshdagilar va 12 nafar 7-13 yoshdagilar). Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar soni 38% va  statsionarda davolanish chastotasi 2,6 martaga kamaytirilgan,  31 nafar bemorning statsionarda kamida 2 marta davolanishi uchun sarflanadigan 7 227 650 co‘m mablag‘ tejalishi orkali iktisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: miokardial adaptatsiyaning biokim’yoviy markerlarni aniqlash usuli bilan tashxislashni joriy qilinishi jarrohlik  amaliyotidan keyingi kechki davrda bemorlarning yoshiga mos ravishda SYuE darajasini to‘g‘ri baholash, xatolar sonini minimallashtirish, davolash bosqichini (statsionar yoki ambulator) tanlash va 1 nafar bemor bola uchun byudjet mablag‘larni 1165750 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: TYuN bor bolalarda jarrohlik  amaliyotidan keyingi kechki davrda  bolaning yoshi bilan uzviy bog‘liq holda miokardial adaptatsiya darajasining pasayishi bilan standartlashtirilgan qiymatlar va sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘ng qorincha o‘lchami va o‘pka arteriyasi diametrining kattalashishi, parallel ravishda chap bo‘lmacha o‘lchami va qisqarish fraksiyasining (QF) kamayishi xisobiga chap qorincha faoliyatining giperdinamik tipi va miokardning diastolik disfunksiyasi rivojlanishi isbotlanganligi Urganch shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha 03.03.2022 yildagi №01/164-sonli buyruq hamda Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 01.03.2022 yildagi № 585-conli buyruq bilan  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik amaliyotidan keyingi kechki davrda bolani yoshiga mos ravishda ishlab chiqilgan yurakning morfometrik va gemodinamik mezonlari exokardiografik tekshiruvlarning sifatini oshiradi, sefalgik miokardial asoratlarning kelib chiqish xavfini oldini oladi va davolash taktikasini  to‘g‘ri tanlash imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi  quyidagilardan iborat: jarrohlik  amaliyotidan keyingi kechki davrda TYuN bilan og‘rigan 50 nafar bemor bolalarning 31 nafarida (11 nafari 4-6 yoshli va 20 nafari 7-13 yoshda) kasallikning klinikasida SYuE va exokardiografik tekshiruvda chap qorincha faoliyatining giperdinamik turi va miokardning diastolik disfunksiyasi yoshiga mos ravishda aniqlangan. Bunda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar soni 38% ga minimallashtirilgan va statsionarda davolanish chastotasi 2,6 marta kamayishiga erishilgan.  Bunda bemorning statsionarda davolanishi uchun  sarf qilinadigan harajati 1165750 co‘mni tashkil qilgan, 31 nafar bemorga  36 138250 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa:  miokardial adaptatsiyaning morfometrik va gemodinamik me’zonlarini aniqlash usuli bilan tashxislashni joriy qilinishi jarrohlik  amaliyotidan keyingi kechki davrda bemorlarning yoshiga mos ravishda SYuE darajasini to‘g‘ri baholash, xatolar sonini minimallashtirish, davolash bosqichini (statsionar yoki ambulator) tanlash va 1 nafar bemor bola uchun byudjet mablag‘larni 1165750 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: TYuN bor bolalarda jarrohlik  amaliyotidan keyingi kechki davrda miokard disfunksiyasini erta tashxislash uchun bolalarning yoshi va adaptiv potensialining uchta darajasiga mos bo‘lgan  yurakning morfometrik ko‘rsatkichlari, qon zardobidagi miya natriyuretik peptid, troponin I va yuqori sezgir C reaktiv oqsilning miqdoriy   mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lib (№DGU26255 11.07.2023), ular Urganch shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha 03.03.2022 yildagi №01/164-sonli buyruq hamda Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 01.03.2022 yildagi № 585-conli buyruq bilan  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarining jarrohlik  usuli bilan davolashdan keyingi kechki davrda ularning yoshiga mos ravishda salomatligini to‘g‘ri baholash,  asoratlarning rivojlanishini erta bashoratlash, davolanish taktikasini tanlash va davolash samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi  quyidagilardan iborat: shifoxonada erta amalga oshirilgan davolash taktikasi asoratlar sonini 2 barobarga kamaytirgan. Shifoxonada davolanish davri  3 kunga qisqartirilib, 6644775 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa:  jarrohlik  amaliyotidan keyingi kechki davrda korreksiyalangan tug‘ma yurak nuqsonli bolalarning  asoratlar rivojlanmasdan oldin, o‘z vaqtida shifoxonada davolanishi 1 nafar bemor bola uchun byudjet mablag‘larini 349725 so‘mga va byudjetdan tashqari  mablag‘larni 349725 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: poliklinika sharoitida  jarrohlik  amaliyotidan keyingi kechki davrda TYuN bor bolalarda o‘tkazilgan samarali kardioreabilitatsiya tadbirlari (tejamkor, ratsional parxez, davolovchi massaj, davolovchi gimnastika va minimaldan o‘rtacha intensivlikgacha bo‘lgan kundalik jismoniy faollik, bolalarning jismoniy chidamliligini va jismoniy faollikka tolerantligi 2,6 barovarga oshgan, qon zardobidagi NT-proBNP ning 1,6 va troponin I ning 1,4 barobarga miqdorlari pasaygan) Urganch shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha 03.03.2022 yildagi №01/164-sonli buyruq hamda Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 01.03.2022 yildagi № 585-conli buyruq bilan  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi TYuN bor bolalar uchun ambulator sharoitda tibbiy reabilitatsiyani rivojlanishi bolalik davridagi nogironlik sonini kamaytiradi, jismoniy faollikni oshiradi, ota-onalar tomonidan bolalarni parvarishlashga bo‘lgan gipertalabni kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi  quyidagilardan iborat: I-funksional sinf SYuE I (IFS)  va adaptiv mexanizmlari taranglashgan darajasi bo‘lgan TYuN bilan og‘rigan 19 nafar (ulardan 7 nafari 4-6 yoshdagilar va 12 nafari 7-13 yoshdagilar) bemorga jarrohlik  amaliyotidan keyingi kechki davrda ambulator sharoitida 12 oy davomida reabilitatsiya taktikasini belgilash xisobiga 31 693520 so‘m mablag‘ iqtisod qilingan. Xulosa: jarrohlik  amaliyotidan keyingi davrda korreksiyalangan tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalarda poliklinika sharoitida reabilitatsiya dasturini joriy qilinishi 1 nafar bemor bola uchun byudjet mablag‘larini 1668080  so‘mga va byudjetdan tashqari  mablag‘larni 1668080   so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish