Abdulloev Afzal Sarxadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pastki jag‘ sinishi natijasida nevritlarni davolashni», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib.2280.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori. professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Abduazim Abduvalevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Mustafaev Magomed Shabazovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi);.
Yetakchi tashkilot: Shimoliy-Osetiya davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi alveolyar nervi jarohatlanishi bilan kechadigan pastki jag‘ sinishi bulgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
RAN shikastlanish darajasini aniqlash uchun pastki jag‘ning shikastlanish tomonidagi yuz terisining elektr qo‘zg‘aluvchanligi parametrlari, elektroodontodiagnostik ko‘rsatkichlar va tish pulpasining gistologik kurinishi asoslangan;
turli darajadagi shikastlanishlar bo‘lgan bemorlarda tish pulpasidagi gistologik o‘zgarishlarning xususiyatlari aniqlangan;
ilk marotaba, Nucleo CMF Forte preparati pastki jag‘ singan bemorlarda pan shikastlanishining alomatlari mavjud bo‘lganda dori terapiyasi maxsus sxema buyicha ishlatish samaradorligi isbotlangan;
Nucleo CMF Forte preparatini terapevtik chora-tadbirlar majmuasiga kiritish og‘riq intensivligining pasayishiga, gistologik o‘zgarishlarning ijobiy dinamikasiga, asab tolasini tiklash jarayonlarini tezlashtirishiga va qisqa vaqt ichida PAN funksiyasi tiklanishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarkand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 06 sentyabrdagi 51-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ sinishi natijasida pastki al`veolyar nervning jarohatlanishi bilan kechadigan klinik xolatlar o‘rganilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Pastki jag‘ sinishi natijasida kelib chiqqan pastki al`veolyar nerv zararlangan bemorlarga Nukleo SMF forte va elektroneyrostimulyatorni qo‘llash orqali og‘riq sezgisini keskin kamaytirishga erishildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot pastki al`veolyar nervi jarohatlanishi bilan kechadigan pastki jag‘i singan bemorlarda davolash samaradorligini oshirish Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi bo‘yicha buyruq (22.04.2022 y №22) hamda Toshkent shaxar 7-son shaxar shifoxonasi bo‘yicha buyruq (14.04.2022 y №32) bilan tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quydagilardan iborat: • olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi aholi o‘rtasida pastki jag‘ sinishi natijasida pastki al`veolyar nervning jarohatlanishini  vaqtida aniqlash va bartaraf etish; •  bemorlar turmush sifatini yaxshilaydi; • takroriy jarrohlik aralashuvlar chastotasini 14,8% dan 8,2% gacha kamaytiradi; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pastki al`veolyar nervning jarohatlanishi mavjud bemorlarni davolash samaradorgini oshirishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqish natijasida  1 nafar bemor uchun 1 800 000 so‘m iqtisod qilindi. (tajribaga ko‘ra 14,8 foiz bemorlarda qayta jarroxlik (ikkinchi jarroxlik) operesiyasi amalga oshiriladi).  Qayta jarrohlik amaliyoti darajasini 14,8 foizdan 8,2 foizga kamaytirgan (1 nafar bemordan 1 800 000 so‘m iqtisod qilinsa, yiliga 40 nafar bemordan kasallik kaytalanishi 6 bemordan 2 bemorgacha ikkilamchi jarroxlik operatsiya kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1 800 000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 7 200 000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa:  Ushbu holatda aytib o‘tilgan davolash taktikasining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini  3 600 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 800 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Pastki jag‘ sinishda nevritni davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 25-maydagi 2613-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ sinishi natijasida pastki al`veolyar nervning jarohatlanishini kelib chiqish sabablarining chastotasini klinik va statistik tahlil qilinganda 18-45 yoshgacha bo‘lgan aholi o‘rtasida kuzatilishi aniqlangan. Buning asosiy sababi ularning aktiv hayot kechirishi va sport bilan shug‘ullanishida xisoblanadi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Aholiga xususan 18-45 yoshgacha bo‘lgan aholiga stomatologik kompleks yordam choralarini shakllantirish, ijtimoiy-iqtisodiy yordam berish tizimini yaxshilash pastki al`veolyar nervning jarohatlanishi natijasida kelib chiqadidagan nuqsonlarni kelib chiqishini kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot pastki al`veolyar nervi jarohatlanishi bilan kechadigan pastki jag‘i singan bemorlarda davolash samaradorligini oshirish Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi bo‘yicha buyruq (22.04.2022 y №22) hamda Toshkent shaxar 7-son shaxar shifoxonasi bo‘yicha buyruq (14.04.2022 y №32) bilan tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; • asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar davolashdan keyingi reabilitatsiya tez amalga oshadi va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytaradi; • ushbu kasallika chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 1 800 000so‘m iqtisod qilindi (xar xil stomatologik tekshiruv amaliyotlari paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 20% (40 dan 8ta bemorlar) pastki jag‘ sinishi natijasida pastki al`veolyar nervning jarohatlanishini bilan kasallangan bemorlar gospitalizatsiyasini va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini  14 400 000 (8 nafar bemor uchun) so‘mga iqtisod qiladi). Xulosa: ushbu xolatning amaliyotga joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 9 750 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 4 250 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Pastki jag‘ sinishda nevritni davolashni takomillashtirish»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 25-maydagi 2613-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: uch shoxli nerv tarmoqlarining harakatchanligi chaynov va chakka mushaklarini paypaslash, elektroneyromiografiya (ENMG), hamda shifoxonaga olib kelingan barcha bemorlarning tishlari shu kunning o‘zida elektroodontodiagnostika (EOD)dan o‘tkazilganligi kayd etilgan ma’lumotlari olindi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ENMG o‘tkazishda quyidagi ko‘rsatkichlar inobatga olindi. M-javob — mushak tolalarining umumiy salohiyati bo‘lib, uning ko‘rsatkichlari shu mushakdan - uni innervatsiya qiladigan nerv yagona stimul bilan rag‘batlantirilgan paytda olinadi. M-javobni o‘rganishda chegaraviy ta’sirchanlikning jadalligi, ChPning (chaqirilgan potensial) latentlik davri, uning shakli, amplitudasi, davomiyligi, shuningdek bu ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligiga e’tibor qaratiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot pastki al`veolyar nervi jarohatlanishi bilan kechadigan pastki jag‘i singan bemorlarda davolash samaradorligini oshirish Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi bo‘yicha buyruq (22.04.2022 y №22) hamda Toshkent shaxar 7-son shaxar shifoxonasi bo‘yicha buyruq (14.04.2022 y №32) bilan tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • kasallikdan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; • kasallikdan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtiradi; • ushbu davolanishdan keyin bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun ushbu keltirilgan tekshiruv amaliyoti bemorlarning davolanishdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davolash harajatlarining kuyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: qayta ko‘rik – 80 000 so‘m; EOD – 100 000 so‘m; (ENMG) -150 000 so‘m; (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 330 000 so‘m tashkil qildi, yillik qaytalangan bemorlar soni 3, umumiy iqtisodiy samaradolik esa 990 000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: ushbu tekshiruv usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 660 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 330 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Pastki jag‘ sinishda nevritni davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 25-maydagi 2613-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: og‘riqda narkotik bo‘lmagan anelgetiklar va yallig‘lanishga qarshi nosteroid preparatlar tayinlandi, hamda fitoterapiyadan foydalanildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Asosiy guruh bemorlariga kompleks davolash uchun Nucleo CMF forte tayinlandi. Nucleo CMF forteni, yo‘riqnomaga muvofiq, mushak ichiga kuniga bir martadan 7 kun davomida qabul qilishadi, keyinchalik preparatning kapsula shaklidan kuniga ikki mahaldan 14 kun foydalanildi. Pastki al`veolyar nerv shikastlanganda paydo bo‘ladigan klinik alomatlarni kamaytirish va jarohatlangan PAN hududining qayta tiklanishini kuchaytirishga yo‘naltirilgan dori terapiyasi uchun preparatlar tanlashda ular tarkibiga kirgan moddalarning xususiyatlariga e’tibor qaratildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy tadqiqot pastki al`veolyar nervi jarohatlanishi bilan kechadigan pastki jag‘i singan bemorlarda davolash samaradorligini oshirish Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi bo‘yicha buyruq (22.04.2022 y №22) hamda Toshkent shaxar 7-son shaxar shifoxonasi bo‘yicha buyruq (14.04.2022 y №32) bilan tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • bemorlarni davolash samaradorligini oshirish natijasida PAN bilan kasallangan bemorlarda bemorlarning kundalik hayot faoliyati yaxshilanadi va kasalxonaga yotib davolanish kunini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 8,1 kundan 5,3 kunga (3 kunga) qisqaradi, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 495 ming so‘mga kamaytirdi (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 165.000 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 375 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 125 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); • shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 90 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 30 000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 38 400 000 so‘mni tashkil etadi (40 ta operatsiya bo‘yicha 960 000*40= 38 400 000 so‘mni tashkil etadi (davolash xarajatlarini kamaytirish hisobiga; byudjet mablag‘larini 25 920 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 12 480 000 so‘m); 3 ta bemorda jarroxlikdan keyin asoratlar chastotasini kamaytirish xisobiga  700 000 so‘m iqtisod qilindi. Jami: 39 100 000 so‘m). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 26 395 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 11 705 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Pastki jag‘ sinishda nevritni davolashni takomillashtirish»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 25-maydagi 2613-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish