Babadjanova Shoira Utkurovnananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Giyoxvand moddalar bilan zaharlanishda jigardagi morfologik o‘zgarishlarni ekspertga oid baholash», 14.00.24 – Sud tibbiyoti, 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2869.
Ilmiy rahbarlar: Iskandarov Alisher Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Israilov Rajabbay Israilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Islamov Shavkat Erjigitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mavlyan Xojdaev Ravshan Shuxratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston-Rossiya Slovyan universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: opiat qatoridagi giyoxvand moddalar bilan o‘tkir va surunkali zaharlanishning virusli gepatit va alkogol intoksikatsiyasi bilan qo‘shilib kelgan holatlarda jigarda rivojlanadigan patomorfologik o‘zgarishlarni sud tibbiy jihatidan baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
giyohvand moddalardan o‘tkir zaharlanishda asosan jigar parenximasi shikastlanish darajasini patomorflogik baholashda R.G.Knoudell parametrlari bilan baholashda olingan natijalarning ballar yig‘indisi 13 ball bo‘lganda, sentrolobulyar kollikvatsion nekroz va oqsil yog‘li distrofiya bilan ifodalanishi asoslangan;
giyohvand moddalardan surunkali zaxarlanishdagi patomorfologik manzarasi baholanganda ballar yig‘indisi 14 ball, oraliq to‘qimada xujayraviy yallig‘lanish o‘chog‘lari, granulematozli va xolestatik o‘zgarishlar (8 ball) umumiy ko‘rinishi 22 ballni turli ko‘rinishdagi parenximatoz yog‘li distrofiyani keskin shakllanganligi isbotlangan;
alkogol negizida kechuvchi giyoxvand moddalardan zaharlanishda yog‘li distrofiya surunkali zaxarlanish guruhiga nisbatan yaqqolroq ifodalanganligi, jigarning ayrim sohalarida yog‘li nekrozgacha olib kelganligi, gepatotsitlarda alkogolli-Mallori tanachasini paydo bo‘lishi (21 ball), portal yo‘llarda nekrotik o‘zgarishlar oqibatida skleroz sirrozga o‘tishi (13 ball) isbotlangan;
virusli gepatit bilan birga giyoxvand moddalardan zaharlanishda oqsilli distrofiyaning Kaunsil`men tanachalarini, turli nekrotik o‘chog‘larning paydo bo‘lishi (21 ball), stromada xar xil yallig‘lanishga xos bo‘lgan xujayra infil`trati, xolangiotselyulyar hujayralarining proliferatsiyasi, parenximaning shikastlanish darajasi (16 ballni) guruhlar o‘rtasidagi shikastlanish darajasi eng kuchli ekanligi bilan ajralib turganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yildagi 7 iyuldagi 1-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining 2023 yil 7 iyuldagi 01/01-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: giyoxvand moddalardan o‘tkir zaharlanishda asosan jigar parenximasi shikastlanish darajasini patomorflogik baholashda R.G.Knoudell parametrlari bilan baholashda olingan natijalarning ballar yig‘indisi 13 ball bo‘lganda, sentrolobulyar kollikvatsion nekroz va oqsil yog‘li distrofiya bilan ifodalanishi asoslangani Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha (24.05.2023 y.; №14-T) hamda Samarqand filiali bo‘yicha (01.06.2023 y.; №01/09-371) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilayotgan yondoshuv giyoxvand moddalar bilan o‘tkir va surunkali zaharlanishlarda, giyoxvand moddalarning alkogol bilan birga zaharlaganda hamda virusli gepatit bilan xastlanganlar patsientlarda giyoxvand moddalar bilan zaharlanishida jigarda rivojlangan patomorfologik o‘zgarishlar va morfometrik ko‘rsatkichlar sud tibbiyoti va patologik anatomiya amaliyotida giyoxvand moddalar bilan zaharlanishlarning morfologik tashxisotini to‘ldirish orqali sud tibbiy ekspertiza samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: giyohvand moddalardan o‘tkir zaharlanishda asosan jigar parenximasi shikastlanish darajasini patomorflogik baholash orqali xastalikni erta tashxislash va solishtirma tashxislash, qo‘shimcha tekshiruvlar, instrumental tekshiruvlar va tor mutaxassislar ko‘riklari talab etilmasligi natijasi qo‘shimcha ekspertiza so‘rovnomalar va tibbiy shifokorlarning vaqtini tejash imkonini bergan. Xulosa: giyohvand moddalardan o‘tkir zaharlanishda asosan jigar parenximasi shikastlanish darajasini patomorflogik baholash orqali xastalikni surunkali shakli o‘tish va dispanserdan yotish uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kunga 27990 so‘mga, bir kurs davolanish uchun esa 475830 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: giyohvand moddalardan surunkali zaxarlanishdagi patomorfologik manzarasi R.G.Knoudell parametrlari bilan baholanganda ballar yig‘indisi 14 ball, oraliq to‘qimada hujayraviy yallig‘lanish o‘chog‘lari, granulematozli va xolestatik o‘zgarishlar (8 ball) umumiy ko‘rinishi 22 ballni turli ko‘rinishdagi parenximatoz yog‘li distrofiyani keskin shakllanganligi isbotlangani Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha (24.05.2023 y.; №14-T) hamda Samarqand filiali bo‘yicha (01.06.2023 y.; №01/09-371) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar giyohvand moddalardan surunkali zaxarlanishdagi patomorfologik parametrlari bilan baholash natijasida ballar yig‘indisi yuqoriligi, oraliq to‘qimada xujayraviy yallig‘lanish o‘chog‘lari, granulematozli va xolestatik o‘zgarishlar natijasida yuzaga keladigan parenximatoz yog‘li distrofiyani keskin shakllanishini erta tashxislash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: giyohvand moddalardan surunkali zaxarlanishdagi patomorfologik manzarasi parametrlari bilan baholashdagi parenximatoz yog‘li distrofiyani keskin shakllanganligi uchun sarf xarajatlarni kamaytirish, hamda bemorning shifoxonada bo‘lish vaqtini 1-2 kunga qisqartirishga erishilgan (Respublika narkologiya ilmiy amaliy markazining preyskurantiga ko‘ra 1 kun shifoxonada qolish 27990 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: giyohvand moddalardan surunkali zaxarlanish giyoxvandlik natijasidagi asoratlarni oldini olib, dispanserda yotish uchun sarflanadigan xarajatlar kamaytirilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 27990 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: alkogol negizida kechuvchi giyoxvand moddalardan zaharlanishda yog‘li distrofiya surunkali zaharlanish guruhiga nisbatan yaqqolroq ifodalanganligi, jigarning ayrim sohalarida yog‘li nekrozgacha olib kelganligi, gepatotsitlarda alkogolli-Mallori tanachasini paydo bo‘lishi (21 ball), portal yo‘llarda nekrotik o‘zgarishlar oqibatida skleroz sirrozga o‘tishi (13 ball) isbotlangani Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha (24.05.2023 y.; №14-T) hamda Samarqand filiali bo‘yicha (01.06.2023 y.; №01/09-371) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: alkogol negizida kechuvchi giyoxvand moddalardan zaharlanishda yog‘li distrofiya surunkali zaxarlanish guruhiga nisbatan yaqqolroq ifodalanganligi, jigarning ayrim sohalarida yog‘li nekrozgacha olib kelganligi, gepatotsitlarda alkogolli-Mallori tanachasini paydo bo‘lishi (21 ball), portal yo‘llarda nekrotik o‘zgarishlar oqibatida skleroz sirrozga o‘tishi (13 ball) isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: alkogol negizida kechuvchi giyoxvand moddalardan zaharlanishda yog‘li distrofiya surunkali zaharlanish guruhiga nisbatan yaqqolroq ifodalanganligi, jigarning ayrim sohalarida yog‘li nekrozgacha olib kelganligi, gepatotsitlarda alkogolli-Mallori tanachasini paydo bo‘lishi, portal yo‘llarda nekrotik o‘zgarishlar oqibatida skleroz sirrozga o‘tishi oldini olish maqsadida hamda bemorning shifoxonada bo‘lish vaqtini  1-2 kunga qisqartirishga erishilgan (Respublika narkologiya ilmiy amaliy markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 27990 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: alkogol negizida kechuvchi giyoxvandlik natijasidagi asoratlarni oldini olib, dispanserda yotish uchun sarflanadigan xarajatlar kamaytirilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 27990 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: virusli gepatit bilan birga giyoxvand moddalardan zaharlanishda oqsilli distrofiyaning Kaunsil`men tanachalarini, turli nekrotik o‘chog‘larning paydo bo‘lishi (21 ball), stromada xar xil yallig‘lanishga xos bo‘lgan xujayra infil`trati, xolangiotselyulyar hujayralarining proliferatsiyasi, parenximaning shikastlanish darajasi (16 ballni) guruhlar o‘rtasidagi shikastlanish darajasi eng kuchli ekanligi bilan ajralib turganligi isbotlangani Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha (24.05.2023 y.; №14-T) hamda Samarqand filiali bo‘yicha (01.06.2023 y.; №01/09-371) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: virusli gepatit bilan birga giyoxvand moddalardan zaharlanishda oqsilli distrofiyaning Kaunsil`men tanachalarini, turli nekrotik o‘chog‘larning paydo bo‘lishining ortishi, stromada xar xil yallig‘lanishga xos bo‘lgan xujayra infil`trati, xolangiotselyulyar hujayralarining proliferatsiyasi, parenximaning shikastlanish, guruhlar o‘rtasidagi shikastlanish darajasining kuchli ekanligi bilan ajralib turganligini inobatga olib, kasalliklarni davolash-tashxislash bayonnomalarida keltirilgan laborator diagnostik usullar orqali holatga baho berish va oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: virusli gepatit bilan birga giyoxvand moddalardan zaharlanishda oqsilli distrofiyaning Kaunsil`men tanachalarini, turli nekrotik o‘chog‘larning paydo bo‘lishi, stromada xar xil yallig‘lanishga xos bo‘lgan xujayra infil`trati, xolangiotselyulyar hujayralarining proliferatsiyasi, parenximaning shikastlanish darajasini guruhlar o‘rtasidagi shikastlanish darajasi eng kuchli ekanligi bilan ajralib turganligini oldini olish, qo‘shimcha instrumental va laborator tekshiruvlardan foydalanmaslik, boshqa shifokorlarning zarurati yo‘qligi natijasida bemorning shifoxonada bo‘lish vaqtini 15-17 kundan 13-15 kunga qisqartirib, iqtisod qilishga erishilgan (Respublika narkologiya ilmiy amaliy markazining preyskurantiga  ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 27990 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: virusli gepatit bilan birga kechuvchi giyohvand moddalardan surunkali zaxarlanish natijasidagi asoratlarni oldini olib, xastalikni surunkali shakliga o‘tish va dispanserga yotish uchun sarflanadigan xarajatlar kamaytirilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 27990 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish