Zokirova Gulnoraxon Mamadjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi ochiq urug‘li o‘simliklarining entomofaunasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B729.
Ilmiy rahbar: Husanov Alijon Karimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Mirzaeva Gulnara Saidorifovna, biologiya fanlari doktori, professor; Yunusov Mirzakarim Mirzahalilovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi ochiq urug‘li o‘simliklarida uchrovchi hasharotlarning tur tarkibini aniqlash, ularni ekologik-faunistik jihatdan asoslash, dominant turlar bioekologiyasini asoslash hamda faunadagi ayrim munozarali turlarni molekulyar-genetik tekshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysining ochiq urug‘li o‘simliklari faunasi aniqlanib,  5 turkum 24 oilaning 49 avlodiga mansub 63 turdan iborat fitofaglar, shuningdek, 5 turkum 15 oilaning 29 ta avlodiga mansub 31 tur entomofaglar aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston entomofaunasi uchun hasharotlarning 7 turi hamda Farg‘ona vodiysi faunasi uchun esa 14 turi aniqlangan;
O‘zbekiston faunasiga 6 tur adventiv zararkunanda hasharotlar kirib kelganligi, shulardan 5 turi ochiq urug‘li o‘simliklar uchun jiddiy xavf soluvchi invaziv ekanligi isbotlangan;
fitofaglarning ochiq urug‘li o‘simliklar bilan biotsenotik aloqalari tahlil etilib, trofik ixtisoslashuvi, hayotiy shakllari, o‘simlik organlariga ixtisoslashuvi, yashash tarzi bo‘yicha ekologik guruhlarga klassifikatsiya qilingan;
biotsenozdagi ikkilamchi ozuqa zanjirining shakllanishida “parazit-xo‘jayin” va “yirtqich-o‘lja” hamda simbiozlik munosabatlar tizimi asoslangan;
mahalliy sharoitlarga bog‘liq holda, ochiq urug‘li o‘simliklarga jiddiy zarar etkazuvchi muhim dominant va sub dominat turlarning tarqalishi, morfologiyasi, ozuqa o‘simligiga ixtisoslashuvi, biologiyasi va zarar keltirish xususiyatlari ochib berilgan;
adventiv hasharotlar – Cinara palastinensis, C.pinimaritimae va Omophlus lepturoides turlarining qiyosiy tahlili o‘zaro morfometrik jihatdan asoslab berilgan;
Cinara palastinensis Hille Ris Lambers, 1948 va Cinara pinimaritimae (Dufour, 1833) shira turlari mitoxondrial DNK (mtDNK) ning sitoxrom oksidaza I (COI) geni nukleotidlar ketma-ketligi asosida molekulyar identifikatsiya qilingan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi ochiq urug‘li o‘simliklarining entomofaunasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Cinara palaestinensis va C. pinimaritimae turlarining COI nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBanki bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining 2023-yil 8-iyundagi ma’lumotnomasi, blast.ncbi.hlm.hih.gov). Natijada, Cinara palaestinensis – OR104993, C. pinimaritimae – OR104994 inventar raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda shiralar filogeniyasini molekulyar-genetik identifikatsiyalash imkonini bergan;
Farg‘ona viloyati hududlarida Kaliforniya qalqondori (Diaspidiotus perniciosus (Comstock, 1881)), qarag‘ay xermesi (Pineus strobi Hartig, 1839), archa unsimon qurti (Planococcus vovae (Nasonov, 1909)), tuya soxtaqalqondori (Parthenolecanium fletcheri (Cockerell, 1893)) va qarag‘ay urug‘ qandalasi (Leptoglossus occidentalis Heidemann, 1910) tarqalishi, biologiyasi va qarshi kurashga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 2023 yil 26 iyuldagi 2-20/983-son ma’lumotnomasi). Natijada, Agentlik tomonidan Farg‘ona viloyati hududlarida xavfli invaziv zararkunandalar bo‘yicha karantin kuzatuvi va ularga qarshi kurash ishlari yoʻlga qo‘yilib, zararkunandalarni qo‘shni tumanlar hududlariga tarqalishining oldini olish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi ochiq urug‘li o‘simliklari entomofaunasiga mansub jami 7 turkum 16 oilaga mansub 31 turdan iborat 98 nusxa hasharot namunalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining “Zoologiya kolleksiyasi” noyob obektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 3 avgustdagi 4/1255-1629-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud hasharotlar kolleksiyasi fondini yangi namunalar bilan boyitgan va ular populyatsiyalari tarqalishining zamonaviy holatini baholash hamda kadastr ma’lumotlarini tayyorlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish