Alimova Luiza Xalilovnaningning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Quyi Zarafshon gerpetobiont qo‘ng‘izlarining taksonomik xilma-xilligi va ekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/B658.
Ilmiy rahbar: Xalimov Fazlitdin Zakirovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Izzatullaev Zuvayd, biologiya fanlari doktori, professor; Mirzaeva Gulnora Saidarifovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Quyi Zarafshon biosenozlarida tarqalgan gerpetobiont qattiqqanotli hasharotlarning ekologik xususiyatlari va mavsumiy dinamikasini baholash hamda taksonomik tarkibini, kamayib borayotgan va noyob turlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Quyi Zarafshon biosenozlarida vizildoq qo‘ng‘izlarning 9 ta kenja oila, 19 ta triba, 28 ta avlodga mansub 43 ta turi,  jumladan, O‘zbekiston faunasi uchun yangi 2 turi aniqlangan; qoratanli qo‘ng‘izlarning  3 ta kenja oila, 16 ta triba, 30 ta avlodga mansub 46 ta turi, jumladan, O‘zbekiston faunasi uchun yangi 5 turi; qarsildoq qo‘ng‘izlarning 4 ta kenja oila, 7 ta avlodga mansub 12 ta turi; plastinkamo‘ylovli qo‘ng‘izlarning 3 ta kenja oila, 17 ta avlodga mansub 31 turi aniqlangan.
gerpetobiont qo‘ng‘izlarning agrosenozlar va cho‘l biosenozlarida tarqalish xususiyatlari, ekologik ixtisoslashuvi, biotopik taqsimlanish xususiyatlari ochib berilgan;
Quyi Zarafshon biosenozlarida gerpetobiont qo‘ng‘izlarning mavsumiy dinamikasi va uning hudud gidrotermik xususiyatlari bilan bog‘liqligi aniqlangan;
Gerpetobiont qo‘ng‘izlarning noyob va kam sonli turlari aniqlangan va ularning Respublika “Qizil kitob”iga kiritish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyi Zarafshon biosenozlari gerpetobiont qo‘ng‘izlarining taksonomik tarkibi va ekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Quyi Zarafshon biosenozlaridan yig‘ilgan gerpetobiont qo‘ng‘izlar kolleksiyasi Buxoro viloyat O‘lkashunoslik muzeyi fondiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Madaniy me’ros agentligining 2023 yil 22 fevraldagi 02-10/460-son ma’lumotnomasi). Natijada, gerpetobiont qo‘ng‘izlarning faunistik tarkibi orqali hududning ekologik holatini baholash va ular asosida hayvonot dunyosini barqarorligini saqlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, zararkunanda hasharot turlariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish imkonini bergan;
gerpetobiont qo‘ng‘izlarning bioxilma-xilligi, taksanomik tarkibi, tarqalishi va ekologik hususiyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Buxoro viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiat Resurslari vazirligining 2023 yil 12 apreldagi 03-01/21-242-son ma’lumotnomasi). Natijada, Carabidae oilasidan 2 tur (Syntomus obscuroguttatus (Duftschmid, 1812) va Scarites subcylindricus Chaudoir, 1843),  Tenebrionidae oilasidan 5 tur (Cyphogenia lucifuga, Adams, 1817, Trigonoscelis apicalis Reitter, 1907, Colpotus sulcatus (Menetries, 1838), Tribolium destructor Uyttenboogart, 1933, Pentaphyllus chrysomeloides (Rossi, 1792)), jami 7 tur O‘zbekiston Respublikasi faunasi uchun ilk marotaba qayd qilinishi, gerpetobiont qo‘ng‘izlarning 6 ta turini (Earophanta tomentosa, Lasiostola hirta, Podhomala nitida, Podhomala heydeni, Catomus niger va Sternodes caspicus) Respublika “Qizil kitob”iga kiritish tavsiya etilishi O‘zbekiston Respublikasi faunasi ro‘yxatini kengaytirish va muhofazaga muhtoj turlarni aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish