Tajiboeva Go‘zalxon Mahmudjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi (boshlangʻich sinflar misolida)”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped.1993.
Ilmiy rahbar: Nishonov Mahmudjon Sobirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nasibaxon Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Sobirova Mahbuba Yusupjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor,
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarbiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasini  takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari induktiv va deduktiv xulosa chiqarish operatsiyalarini abstraksiyalash qobiliyatini rivojlantirishga  yo‘naltirilgan hayotiy vaziyatlarga qiyosiy o‘quv muhitiga dinamik implementatsiya qilish asosida ochib berilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashning shakllanganlik darajasini baholash mezonlari g‘oyaviy-obrazli ko‘rsatmalarning “harakatlarda ma’naviy qiyofa” transformatsiyasini tarbiyaviy ta’sir muhitida diagnostik prognozlash va korreksiyalash asosida aniqlashtirilgan;
tarbiya fanini o‘qitish jarayonida tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi o‘quvchilarda fikr chuqurligi va nutq mazmundorligini rivojlantirishga mo‘ljallangan tarbiyaviy o‘quv topshiriqlarini sabab-oqibatli vaziyatlarga muqobil munosabatlarni modellashtirish jarayonida vizual qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
tarbiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish samaradorligini oshirishning didaktik ta’minoti ilmiy va global tafakkurning integral rivojlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan yakka, jamoaviy yondashuvlarni maktab va ijtimoiy institutlar hamkorligi muhitida axborotli-grafikli ommabop kontekstda optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari induktiv va deduktiv xulosa chiqarish operatsiyalarini abstraksiyalash qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan hayotiy vaziyatlarga qiyosiy o‘quv muhitiga dinamik implementatsiya qilish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashning shakllanganlik darajasini  baholash mezonlari g‘oyaviy-obrazli ko‘rsatmalarning “harakatlarda ma’naviy qiyofa” transformatsiyasini tarbiyaviy ta’sir muhitida diagnostik prognozlash va korreksiyalashga oid tavsiyalaridan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf “Tarbiya” fanidan darslik yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 26-dekabrdagi 01/11-02/02-1896-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning usul va samarali yo‘llari keng jamoatchilikka etkazish imkoniyati yaratilgan;
tarbiya fanini o‘qitish jarayonida tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi o‘quvchilarda fikr chuqurligi va nutq mazmundorligini rivojlantirishga mo‘ljallangan tarbiyaviy o‘quv topshiriqlarini sabab-oqibatli vaziyatlarga muqobil munosabatlarni modellashtirish bo‘yicha tavsiyalaridan Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 3-fevraldagi “Milliy o‘quv dasturiga asosan 2022/2023-o‘quv yili uchn chop etilishi rejalashtirilgan umuma’lim fanlaridan darslik hamda o‘quv metodik majmualarning maketini yaratish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 39-sonli buyrug‘iga asosan umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari uchun tarbiya fanlaridan darslik yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 26-dekabrdagi 01/11-02/02-1896-son ma’lumotnomasi). Natijada “Tarbiya” fani o‘qitish uslubiyotini takomillashtirishning mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
tarbiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish samaradorligini oshirishning didaktik ta’minotini ilmiy va global tafakkurning integral rivojlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan yakka, jamoaviy yondashuvlarni maktab va ijtimoiy institutlar hamkorligi muhitida axborotli-grafikli ommabop kontekstda optimallashtirishga oid tavsiyalaridan Namangan davlat universitetida bajarilgan A-537-raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan multimediali intellektual o‘yinlar” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2023-yil 24-yanvardagi 69-06-son ma’lumotnomasi). Natijada “Tarbiya” fanini o‘qitishning innovatsion vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish