Sultanov Jetkerbay Davletbaevichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida qovun mevalarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasini tadqiq qilish”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Qx1080
Ilmiy rahbar: Umidov Shavkat Ergashevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdisattarov Baxtiyor Abdug‘opbor ug‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida etishtirilgan qovunning saqlashbop navlarini tanlash, mevalarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qovunni saqlashda qarabaraq (Halostachys caspica) o’simligi ekstrakti bilan ishlov berib saqlash muddatini uzaytirish mumkinligi isbotlangan va 5 % ekstrakti bilan ishlov berib 120 kun saqlanganda 9 ta nav, 150 kun davomida saqlanganda 4 ta nav sifatli saqlanishi aniqlangan;
qovunning Ala-xamma mestnaya, Beshek mestnaya, Qoragulobi, Qoraqashqa navlari tajribadagi boshqa navlarga nisbatan saqlash va quritish uchun mos ekanligi isbotlangan, 150 kun davomida saqlanganda organoleptik ko’rsatkichlari 71 balldan 81 ballgacha baholangan;
mahalliy qovun navlarining mevalar etining zichligi va biokimyoviy tarkibining quritilgan mahsulot sifatiga bog‘liqligi aniqlangan, qanddorlik darajasi 12 % dan baland bo’lgan navlarda quritilgan mahsulotning tovarboplik ko’rsatkichlari yuqori bo’lishi isbotlangan;
qovun mevalarini mahalliy usulda uzoq va sifatli saqlashda qarabaraq o’simligi ekstrakti bilan dastlabki ishlov berib saqlashning maqbul texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qovunni saqlashbop navlarini sovitkichli omborlarda uzoq muddat saqlashni tashkil etishda qarabaraq (Halostachys caspica) o’simligining 5 % li ekstraktidan foydalanish texnologiyasining samarali elementlarini ishlab chiqish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanidagi “Alaqamba” fermer xo’jaligida 1 gektar maydonga qovun navlari ekilib, uzoq muddat saqlash bo’yicha tajriba natijalari joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining 2023 yil 18 maydagi 01/022-1727 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida saqlash davomida qovunning sifatiga bevosita ta’sir o’tkazuvchi harorat, namlik, havo aylanishi kabi muhit omillarini nazorat qilish natijasida (1 ga maydonda etishtirilgan hosil hajmiga nisbatan) olinadigan sof foyda miqdori 31840,0 ming so’mga, rentabellik ko’rsatkichi 44% ga yuqori bo’lishiga erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako’pir tumanidagi “Alisher qaraoy” fermer xo’jaligida 1 gektar maydonga qovun navlari ekilib, uzoq muddat saqlash bo’yicha tajriba natijalari joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining 2023 yil 18 maydagi 01/022-1727 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida saqlash davomida qovunning sifatiga bevosita ta’sir o’tkazuvchi harorat, namlik, havo aylanishi kabi muhit omillarini nazorat qilish natijasida (1 ga maydonda etishtirilgan hosil hajmiga nisbatan) olinadigan sof foyda miqdori 33909,0 ming so’mga, rentabellik ko’rsatkichi 44% ga yuqori bo’lishiga erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanidagi “Sadik Anvarbek” fermer xo’jaligida 1 gektar maydonga qovun navlari ekilib, uzoq muddat saqlash bo’yicha tajriba natijalari joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining 2023 yil 18 maydagi 01/022-1727 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida saqlash davomida qovunning sifatiga bevosita ta’sir o’tkazuvchi harorat, namlik, havo aylanishi kabi muhit omillarini nazorat qilish natijasida (1 ga maydonda etishtirilgan hosil hajmiga nisbatan) olinadigan sof foyda miqdori 32650,0 ming so’mga, rentabellik ko’rsatkichi 48% ga yuqori bo’lishiga erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanidagi “Alautdin” fermer xo’jaligida 1 gektar maydonga qovun navlari ekilib, uzoq muddat saqlash bo’yicha tajriba natijalari joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining 2023 yil 18 maydagi 01/022-1727 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida saqlash davomida qovunning sifatiga bevosita ta’sir o’tkazuvchi harorat, namlik, havo aylanishi kabi muhit omillarini nazorat qilish natijasida (1 ga maydonda etishtirilgan hosil hajmiga nisbatan) olinadigan sof foyda miqdori 33885,0 ming so’mga, rentabellik ko’rsatkichi 42% ga yuqori bo’lishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish