Bekimbetova Gulnora Maratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston Respublikasida investision loyihalarning ekspertizasini o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirish, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Iqt449.
Ilmiy maslahatchi: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Zaynalov Jaxongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida investision loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra loyihaning kelgusida nafaqat moliyaviy, balki ijtimoiy, ekologik va innovatsion jihatdan foydali bo‘lgan alohida investisiyaviy sifatlarini bilimning tegishli sohalaridagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda amalga oshiriluvchi chuqurlashtirilgan tahlil qilish va baholash sifatidagi “investisiya loyihasi ekspertizasi”ga asoslangan ekspertologiyaning yangi yo‘nalishini, ya’ni ekspertiza tushunchalari, tamoyillari, funksiyalari va usullari majmuini o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy ekspertologiyani joriy etish taklifi asoslangan;
investision loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda zarur hollarda davlat va nodavlat tashkilotlari, shu jumladan loyiha institutlari, muhandislik-konsalting kompaniyalari, ilmiy va ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro va mahalliy tashkilotlar mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etish maqsadida ekspertiza predmeti tavsifi, murakkablik darajasi, loyiha qamroviga ko‘ra muvofiq keluvchi ekspertlar guruhining muntazam yangilanib turuvchi oldindan shakllantirilgan ro‘yxati (bazasi)ni yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
loyiha oldi investisiya hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi qolgan qismini moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, qiymatining kamida 70 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga nisbatan tatbiq etilmasligi asoslangan;
investision loyihaning moliyaviy samaradorligini baholashda asosiy belgilovchilari omil sifatida moliyaviy risklarni, kutilayotgan o‘zgarishlarning tabiati va doirasini hamda xavfni kamaytirish bo‘yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlarni reyting usulida baholash asoslangan;
«O‘zmetkombinat» AJda ferrosilikon va ferrosilomanganeslarni ishlab chiqarishni tashkil etishda dinamik va statistik usullari samaradorlik ko‘rsatkichlarining 2030 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida investision loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra loyihaning kelgusida nafaqat moliyaviy, balki ijtimoiy, ekologik va innovatsion jihatdan foydali bo‘lgan alohida investisiyaviy sifatlarini bilimning tegishli sohalaridagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda amalga oshiriluvchi chuqurlashtirilgan tahlil qilish va baholash sifatidagi “investisiya loyihasi ekspertizasi”ga asoslangan ekspertologiyaning yangi yo‘nalishini, ya’ni ekspertiza tushunchalari, tamoyillari, funksiyalari va usullari majmuini o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy ekspertologiyani joriy etish taklifi 60411500-Biznes tahlili, 60411200-Menejment, 60310500-Raqamli iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun nashr etilgan “Islom iqtisodiyoti va moliyasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Republikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, mazkur soha vakillari va talabalar uchun investision loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkoni yaratilgan;
investision loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda zarur hollarda davlat va nodavlat tashkilotlari, shu jumladan loyiha institutlari, muhandislik-konsalting kompaniyalari, ilmiy va ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro va mahalliy tashkilotlar mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etish maqsadida ekspertiza predmeti tavsifi, murakkablik darajasi, loyiha qamroviga ko‘ra muvofiq keluvchi ekspertlar guruhining muntazam yangilanib turuvchi oldindan shakllantirilgan ro‘yxati (bazasi)ni yo‘lga qo‘yishni joriy etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 iyuldagi PQ-332-son qaror 1-ilovasi “Investisiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 20 iyuldagi 02-14/3-327-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, investision loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida qamroviga ko‘ra muvofiq keluvchi ekspertlar guruhini qisqa vaqt ichida, aynan zarur bulgan mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish imkoni yaratilgan;
loyiha oldi investisiya hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi qolgan qismini moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, qiymatining kamida 70 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga nisbatan tatbiq etilmaslik taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 iyuldagi PQ-332-son qaror 1-ilovasi “Investisiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 20 iyuldagi 02-14/3-327-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, loyiha oldi investisiya hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibini optimallashtirish, loyihani ekspertizadan o‘tkazishda qo‘shimcha moliyalashtirish tadbirlaridan ozod etilishi hamda iqtisodiyotga xorijiy investorlarni keng jalb qilish imkoni yaratilgan;
investision loyihaning moliyaviy samaradorligini baholashda asosiy belgilovchilari omil sifatida moliyaviy risklarni, kutilayotgan o‘zgarishlarning tabiati va doirasini hamda xavfni kamaytirish bo‘yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlarni reyting usulida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 iyuldagi PQ-332-son qaror 1-ilovasi “Investisiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 20 iyuldagi 02-14/3-327-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, investision loyihaning moliyaviy samaradorligini baholashda xavfni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni reyting usulida baholash va ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish imkoni yaratilgan;
“O‘zmetkombinat” AJda ferrosilikon va ferrosilomanganeslarni ishlab chiqarishni tashkil etishda dinamik va statik usullari samaradorlik ko‘rsatkichlarining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023 yil 20 iyuldagi 02-14/3-327-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida “O‘zmetkombinat” AJda loyixa natijalarini rejalashtirish uchun dinamik va statik usullaridan foydalangan holda istiqboldagi asosiy parametrlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish