Egamberdiev Oybek Raxmatqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kechpishar qovun navlarini saqlashda uning texnologik xususiyatlarini saqlanuvchanligiga ta’sirini asoslash”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx873
Ilmiy rahbar: Islamov Sohib Yaxshibekovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar isntituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Numon Babaevich, texnika fanlari doktori, professor; Shamshiev Jafar, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi sharoitida kechpishar qovun navlari mevasining texnologik xususiyatlarini saqlanuvchanlikka ta’sirini va ularni mahalliy usulda saqlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qovunni osib saqlashda shikastlanishning oldini olish maqsadida ko‘piklantirilgan polietilendan tayyorlangan to‘rlardan foydalanishning samarador ekanligi aniqlangan, 90 kun muddatda saqlagan tabiiy kamayish darajasi 3,5% pasayib, umumiy organoleptik bahosi an’anaviy usulda saqlanganga nisbatan 6,1 ballga yuqori bo‘lib, 93,1 ballni tashkil etgan;
tadqiqot uchun tanlab olingan qovun navlarining texnologik xususiyati va biokimyoviy tarkibi saqlanayotgan mahsulot sifatiga ta’sir qilishi isbotlangan, saqlashga qo‘yilgan qovun mevalari tarkibidagi qand miqdori Kara-puchak navida dastlabki 30 kunda etilish jarayoni tufayli 11,52% dan 13,18% gacha oshib borib, undan keyin doimiy ravishda kamayib borishi aniqlangan;
saqlash davomida qovun mevasining organoleptik va texnologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarib borishi ilmiy jihatdan asoslangan, 120 kun davomida oddiy omborlarda osib saqlaganda Kara-puchak 3744, Umirvaki 3748 va Kuy-bash 476 navlari tovarboplik xususiyatlari bo‘yicha ekspertlar tomonidan 70 balldan yuqori baholangan;
kechpishar qovun navlarini saqlashda uni qadoqlashda ko‘piklantirilgan polietilendan tayyorlangan to‘rlardan foydalangan holda takomillashtirilgan saqlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kechpishar qovunni mahalliy omborlarda uzoq muddat saqlashni tashkil etishda ko‘piklantirilgan polietilen to‘rlardan foydalanish texnologiyasining samarali elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
uzoq muddat saqlash bo‘yicha olib borilgan tajribalar asosida tayyorlangan ishlanma Andijon tumani “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy tajriba stansiyasi” xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 avgustdagi 07/34-06/890-sonli ma’lumotnomasi). Bunda qovunni mahalliy usulda saqlashda ko‘piklantirilgan polietelin to‘rlarga joylab, osib saqlash natijasida
(1 gektar maydonda etishtirilgan hosil hajmiga nisbatan) olinadigan sof foyda miqdori 31 840,0 ming so‘mga, rentabellik ko‘rsatkichi 44% ga yuqori bo‘lishiga erishilgan;
Qovun mevalarini uzoq muddat saqlash bo‘yicha tajribalar asosida tayyorlangan ishlanma Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani “Navigul Green Land” MChJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 avgustdagi 07/34-06/890-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida saqlash davomida qovunning sifatiga bevosita ta’sir o‘tkazuvchi harorat, namlik, havo aylanishi kabi muhit omillarini nazorat qilish natijasida (1 ga maydonda etishtirilgan hosil hajmiga nisbatan) olinadigan sof foyda miqdori 27 140,0 ming so‘mga, rentabellik ko‘rsatkichi 46% ga yuqori bo‘lishiga erishilgan;
Qovun mevalarini uzoq muddat saqlash bo‘yicha tajribalar asosida tayyorlangan ishlanma Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani “Navigul” QK da joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 avgustdagi 07/34-06/890-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida saqlash davomida qovunning sifatiga bevosita ta’sir o‘tkazuvchi harorat, namlik, havo aylanishi kabi muhit omillarini nazorat qilish natijasida (1 ga maydonda etishtirilgan hosil hajmiga nisbatan) olinadigan sof foyda miqdori 28 840,0 ming so‘mga, rentabellik ko‘rsatkichi 56% ga yuqori bo‘lishiga erishilgan.