Jumaev Elmurod Bekpulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davri o‘zbek romanlarida Amir Temur obrazi talqinlarining qiyosiy tahlili (Muhammad Ali va Nurali Qobul romanlari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2189.
Ilmiy rahbar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Shavkat Axadovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Amir Temur obrazi talqinlaridagi o‘xshash, mushtarak va o‘ziga xosliklar, til va uslublardagi farqlarni Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” tetralogiyasi va Nurali Qobulning silsilaviy tarixiy romanlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muhammad Ali va Nurali Qobul tarixiy romanlarida Amir Temur obrazi talqinlari, o‘xshash, mushtarak tomonlari, davr romanchiligining bir-biriga o‘xshamagan uslublar, obrazlar, xarakterlarning namoyon bo‘lishi, Amir Temur obrazi dinamikasi va tarixiy shaxsning yetakchilik roli talqini, tarixiy shaxs va uning badiiy harakatdagi ifoda ko‘rinishlari aniqlangan;
istiqlol davri badiiy tafakkurining yangilanishi ijtimoiy-tarixiy davr bilan bog‘liqligi, Amir Temurning Yildirim Boyazid bilan bo‘lgan suhbatda kechirimlilik, Amir Husayn bilan bo‘lgan muloqotda sabrlilik va andisha, To‘xtamishxonga bo‘lgan otalarcha mehribonlikda bag‘rikenglik xislatlarining namoyon bo‘lishi aniqlangan;
jamiyat konsepsiyasi va badiiy mahorat masalalari Muhammad Ali va Nurali Qobul tarixiy romanlarida obraz yaratishning asosiy konsepsiyalari, ijtimoiy muhit va tarixiy shaxs dialektikasi, shaxsning “men”iga ega bo‘lishi, ilohiy-irfoniy g‘oyalardan oziqlanisi, turkiy xalqlar taqdiri va Turkiston birligi masalasi talqinida badiiy to‘qimaning o‘rni ochib berilgan;
ijodkorlarning Amir Temur obrazi talqinlaridagi individuallik va uslubiy farqlar adiblarning ijtimoiy-estetik ideali, intellekt, tarixiy romanlarning yuzaga kelish omillari, ikki romannavisda adabiy-badiiy an’analar va roman spesifikasini yangilash jarayoni kuzatilganligi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” tetralogiyasi va Nurali Qobulning Temuriylar epopeyasini qiyosiy-tipologik tadqiq etish natijalari asosida:
Muhammad Ali va Nurali Qobul tarixiy romanlarida Amir Temur obrazi talqinlari, o‘xshash, mushtarak tomonlari, davr romanchiligining bir-biriga o‘xshamagan uslublar, obrazlar, xarakterlarning namoyon bo‘lishi, Amir Temur obrazi dinamikasi va tarixiy shaxsning yetakchilik roli talqini, tarixiy shaxs va uning badiiy harakatdagi ifoda ko‘rinishlari aniqlanganiga doir xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kummunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 25-apreldagi 1092/30.02.01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ikki ijodkorning tarix va insonni tasvirlash prinsiplari, ikki romannavisda adabiy-badiiy an’analar va roman spesifikasini yangilash jarayoni haqidagi ilmiy-nazariy qarashlarning bugungi kun uchun ham ahamiyatli bo‘lgan jihatlarini ko‘rsatish imkonini bergan;
istiqlol davri badiiy tafakkurining yangilanishi ijtimoiy-tarixiy davr bilan bog‘liqligi, Amir Temurning Yildirim Boyazid bilan bo‘lgan suhbatda kechirimlilik, Amir Husayn bilan bo‘lgan muloqotda sabrlilik va andisha, To‘xtamishxonga bo‘lgan otalarcha mehribonlikda bag‘rikenglik xislatlarining namoyon bo‘lishi aniqlanganiga doir xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Nasr va adabiy tanqid kengashlari hisobot yig‘ilishida, shuningdek, Qashqadaryo viloyat Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Yoshlik ilhomlari” ijodiy to‘garagi faoliyatida va adabiy kechalarda, yozuvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 2-maydagi 01-03/585-son ma’lumotnomasi). Natijada ikki ijodkor tarixiy romanlarining milliy mafkura va g‘oya, barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatish imkonini bergan;
ijodkorlarning Amir Temur obrazi talqinlaridagi individuallik va uslubiy farqlar adiblarning ijtimoiy-estetik ideali, intellekt, tarixiy romanlarning yuzaga kelish omillari, ikki romannavisda adabiy-badiiy an’analar va roman spesifikasini yangilash jarayoni kuzatilganligi yoritib berilganiga oid xulosalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 3-avgustdagi 02-31-12-30-son ma’lumotnomasi). Natijada Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” tetralogiyasi va Nurali Qobul romanlarida Amir Temur va temuriylar obrazi talqinlarini ilmiy va xolisona tahlil etish borasida ilgari surilgan fikrlar asosida ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlash imkonini bergan.