Arzimbetov Tileubergen Tilepbergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport jamolarida psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy psixologik asoslari” 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P311.
Ilmiy rahbar: Elmuratova Aysulu Usaxovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ruziqulova Amina Totliboevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport jamoalarida psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-psixologik asoslari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sportchilarning psixologik tayyorgarligini oshirish uchun jamoada ishlash bilan bog‘liq affilyasiya motivlarini, guruhdagi psixologik iqlimni barqarorlashtirishga qaratilgan konstruktiv munosabatlarni va individual irodaviy xususiyatlarni shakllanganlik darajasi muhimligiga ko‘ra sport jamoalarida psixologik xizmat ko‘rsatishning integrativ blokli-modelini qo‘llash samarali ekanligi asoslangan;
sportchilarning jamoaviy faoliyatida shaxsning «qat’iyatlilik-peshqadamlilik», «mustaqillilik-o‘z-o‘ziga ishonch», «talabchanlik-qattiqqo‘llik», «hamkorlik qiluvchi-kelishuvchan», «ma’suliyatlilik-beg‘arazlik» diapazonidagi pozisiyasining dinamik tarzda namoyon bo‘lishi tufayli guruhiy sportda shaxslararo faollik motivatsiyasi ustuvor omil ekanligi dalillangan;
sportchilar jamoasiga psixologik xizmat ko‘rsatishda guruh a’zolari orasidagi shaxslararo munosabatlarda «o‘z-o‘zini moslashtirish», «o‘zini chetga olish» pozisiyasiga korreksion-adaptiv ta’sir etish orqali «hamkorlik» motivatsiyasini shakllantirish muhim ekanligiga ko‘ra shaxsning «o‘z-o‘zini hissiy baholash» xususiyatini barqarorlashtirishga ustuvorlik berishning ijtimoiy psixologik jihatlari asoslangan;
sport jamoalarida psixologik xizmat ko‘rsatish orqali salbiy emotsional kechinmalarni bartaraf etishning ijtimoiy-psixologik modeli jamoaviy faoliyatda sportchi pozisiyasini belgilash, muvaffaqiyatga intilish motivini kuchliligi hamda jamoasi a’zolarida barqaror psixologik tayyorgarlikni emotsional menejment orqali shakllantirish muhimligiga ko‘ra psixodiagnostik blokka «hissiy boshqarish», «o‘z-o‘zini rivojlantirish» mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport jamoalarida psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-psixologik asoslari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sportchilarning psixologik tayyorgarligini oshirish uchun jamoada ishlash bilan bog‘liq affilyasiya motivlarini, guruhdagi psixologik iqlimni barqarorlashtirishga qaratilgan konstruktiv munosabatlarni va individual irodaviy xususiyatlarni shakllanganlik darajasi muhimligiga ko‘ra sport jamoalarida psixologik xizmat ko‘rsatishning integrativ blokli-modelini qo‘llash samarali ekanligi asoslashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-44-sonli buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-44a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologik xizmat muammosiga oid ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish, sportchilarning psixologik tayyorgarligini aniqlashga mo‘ljallangan metodik apparatni yaratish hamda sport jamoalarida psixologik xizmat ko‘rsatishning integrativ blokli-modeli ishlab chiqilgan;
sportchilarning jamoaviy faoliyatida shaxsning «qat’iyatlilik-peshqadamlilik», «mustaqillilik-o‘z-o‘ziga ishonch», «talabchanlik-qattiqqo‘llik», «hamkorlik qiluvchi-kelishuvchan», «ma’suliyatlilik-beg‘arazlik» diapazonidagi pozisiyasining dinamik tarzda namoyon bo‘lishi tufayli guruhiy sportda shaxslararo faollik motivatsiyasi ustuvor omil ekanligi dalillanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-44-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-44a-son ma’lumotnomasi). Natijada sport jamoalarida psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-psixologik omillari asoslangan;
sportchilar jamoasiga psixologik xizmat ko‘rsatishda guruh a’zolari orasidagi shaxslaro munosabatlarda «o‘z-o‘zini moslashtirish», «o‘zini chetga olish» pozisiyasiga korreksion-adaptiv ta’sir etish orqali «hamkorlik» motivatsiyasini shakllantirish muhim ekanligiga ko‘ra shaxsning «o‘z-o‘zini hissiy baholash» xususiyatini barqarorlashtirishga ustuvorlik berishning ijtimoiy psixologik jihatlari asoslanganligi haqidagi ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-44-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-44a-son ma’lumotnomasi). Natijada sport jamoalarida psixologik xizmat ko‘rsatishda o‘z-o‘zini hissiy baholashning ijtimoiy psixologik jihatlarini asoslash imkoniyati yaratilgan;
sport jamoalarida psixologik xizmat ko‘rsatish orqali salbiy emotsional kechinmalarni bartaraf etishning ijtimoiy-psixologik modeli jamoaviy faoliyatda sportchi pozisiyasini belgilash, muvaffaqiyatga intilish motivini kuchliligi hamda jamoasi a’zolarida barqaror psixologik tayyorgarlikni emotsional menejment orqali shakllantirish muhimligiga ko‘ra psixodiagnostik blokka «hissiy boshqarish», «o‘z-o‘zini rivojlantirish» mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-44-sonli buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-44a-son ma’lumotnomasi). Natijada sport jamoalarida psixologik xizmat ko‘rsatish orqali salbiy emotsional kechinmalarni bartaraf etishning ijtimoiy-psixologik modelini yaratilgan.