Xakimova Leyla Rafikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xavf omillari va immunogenetik moyillikni hisobga olgan holda bolalarda urolitiaz kasalligini erta tashxisini optimallashtirish» 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1903.
Ilmiy raxbar: Yusupov Shuxrat Abdurasulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Oliya Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ikromov Turaxon Sharbatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Boshkird davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda ambulatoriya sharoitida siydik tosh kasalligini erta tashxislash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalarda siydik tosh kasalligi paydo bo‘lishining epidemiologik jihatlarini baholash natijasida uning rivojlanishi uchun endogen va ekzogen xavf omillari (ovqatlanish xususiyatlari, suv rejimi, ekologik noqulay zonada yashash, siydik yo‘llari infeksiyasining mavjudligi, jinsi, genetik moyilligi va siydik tizimi organlarining rivojlanish tug‘ma anomaliyalari) ta’siri aniqlangan;
bolalarda STKni preklinik erta bosqichda tashxislash maqsadida immunogenetik omillarning (D vitamin reseptori (VDR) va interleykin-1β genlari) muxim roli isbotlangan;
siydik tosh kasalligi mavjud bolalarda VDR genining Ff+ff genotipi 1,3 baravar va interleykin-1β genining CC genotipi 1,9 baravar ko‘proq uchrashi aniqlangan va bu genotiplar urolitiaz rivojlanishida diagnostik mezoni sifatida ko‘llanilishi asoslangan;
bolalarda siydik tosh kasalligi rivojlanishi mumkin bo‘lgan xavf guruhlarda D vitamin reseptori (VDR) va interleykin-1β genlarini aniqlash orqali urolitiazni erta tashxislash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 28 avgustdagi 2-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda siydik tosh kasalligi paydo bo‘lishining epidemiologik jihatlarini baholash natijasida uning rivojlanishi uchun endogen va ekzogen xavf omillari (ovqatlanish xususiyatlari, suv rejimi, ekologik noqulay zonada yashash, siydik yo‘llari infeksiyasining mavjudligi, jinsi, genetik moyilligi va siydik tizimi organlarining rivojlanish anomaliyalari) ta’siri va Samarqand viloyatida bolalarda siydik tosh kasalligi rivojlanishining asosiy endogen va ekzogen xavf omillari epidemiologik tadqiqotlar asosida aniqlangan. Bolalarda urolitiazni erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha ilmiy natijalar Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 3-sonli oilaviy poliklinikasi 20.06.2023 yildagi 203/U – sonli buyruq hamda Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 12-sonli oilaviy poliklinikasi 20.06.2023 yildagi 64/U – sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda siydik tosh kasalligini xavf omillarini va immunogenetik moyilikni hisobga olgan xolda erta aniqlash uchun ishlab chiqilgan tavsiyalardan foydalanish bolalarning to‘qson olti foizida kasallikni erta tashxislash va birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalarida tegishli tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini berdi va ambulator sharoitida davolanishni samarali amalga oshirishga ko‘mak bo‘ldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan va optimallashtirilgan diagnostika choralari algoritmi siydik tosh kasallikning erta, ya’ni preklinik davrida aniqlash STK rivojlanishiga moyil bo‘lgan bolalarning to‘liq metafilaktikasini ta’minlash va shu bilan jarrohlik aralashuvni istisno qilish, bolalarga xos xarakterli residivlar chastotasini kamaytirishga imkon berdi. Xulosa: urolitiaz kasalligini erta aniqlash uchun optimallashtirilgan algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 4 088 750 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Xavf omillari va immunogenetik moyillikni hisobga olgan holda bolalarda urolitiaz kasalligini erta tashxisini optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand sh. 3-son oilaviy poliklinika hamda 12-son oilaviy poliklinikaga Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 20 iyundagi 8304-sonli va 8302-sonli xatlari yuborilgan (Samarqand shahridagi 3-sonli oilaviy poliklinikasi 20.06.2023 yildagi 203/U – sonli hamda Samarqand shahridagi 12-sonli oilaviy poliklinikasi 20.06.2023 yildagi 64/U – sonli buyruqlari).
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda siydik tosh kasallikni preklinik erta bosqichda tashxislash maksadida immunogenetik omillarning (vitamin D reseptori (VDR) va interleykin-1β genlari) muxim roli isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: siydik tosh kasalligini rivojlanishining patogenezi uchun mas’ul bo‘lgan xarakterli immunogenetik parametrlarni hisobga olgan holda, preklinik bosqichda siydik tosh kasalligini aniqlash uchun optimallashtirilgan skrining taklif etildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: bolalarda urolitiazni erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha ilmiy natijalar Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 3-sonli oilaviy poliklinikasi 20.06.2023 yildagi 203/U – sonli buyruq hamda Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 12-sonli oilaviy poliklinikasi 20.06.2023 yildagi 64/U – sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda siydik tosh kasalligini erta, ya’ni preklinik bosqichida aniqlashga imkon beradi, turmush tarzi yaxshilanadi, kasalxonaga murojatlar sonini kamayadi, kasallik ustidan to‘liq nazoratga erishiladi va ushbu kasallikka chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan va optimallashtirilgan diagnostika choralari algoritmi siydik tosh kasalligi bilan og‘rigan bir bolani jarrohlik bo‘limida davolash, oziq-ovqat, dori-darmon va bog‘lamlar bilan ta’minlash, tahlillar, operatsiya bo‘limining ishlashini hisobga olgan holda o‘rtacha to‘qqiz million to‘qqiz yuz sakkiz ming etti yuz ellik so‘mlik xarajatlarni iqtisod qilishga imkon beradi. Xulosa: urolitiaz kasalligini erta aniqlash uchun optimallashtirilgan algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini to‘qqiz million to‘qqiz yuz sakkiz ming etti yuz ellik so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: siydik tosh kasalligi mavjud bolalarda VDR genining Ff+ff allellari 1,3 baravar va interleykin-1β genining CC allellari 1,9 baravar ko‘prok uchrashi aniklangan va bu genotiplar urolitiaz rivojlanishida diagnostik mezoni sifatida kullanilishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: siydik tosh kasalligi polietiologik kasallik bo‘lib, immunogenetik tadqiqot usullarini ishlab chiqish nuqtai nazaridan uni takrorlanish xavfini va urolitiazning birlamchi shaklining takroriy shaklga o‘tishini bashorat qilishga imkon beradigan markerlarni aniqlash bilan o‘rganish mumkin, bu kasallikning noqulay kechishini oldini olishga qaratilgan bemorni boshqarish va davolash taktikasini tanlashni asoslash uchun imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: bolalarda urolitiazni erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha ilmiy natijalar Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 3-sonli oilaviy poliklinikasi 20.06.2023 yildagi 203/U – sonli buyruq hamda Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 12-sonli oilaviy poliklinikasi 20.06.2023 yildagi 64/U – sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: siydik tosh kasallikning preklinik bosqichida ambulator-poliklinik muassasalarda tashxis qo‘yish, kasalxonaga murojatlar sonini kamaytirish, ushbu kasallikning rivojlanishi va asoratlarning oldini olish va bolalarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan va optimallashtirilgan diagnostika choralari algoritmidan foydalanib, ambulatoriya sharoitida xavf omillarini aniqlagan holda bolalarda STK ning erta tashxisiga erishish mumkin. Bu STK rivojlanishiga moyil bo‘lgan bolalarning to‘liq metafilaktikasini ta’minlash va shu bilan jarrohlik aralashuvni istisno qilishga imkon berdi. Xulosa: urolitiaz kasalligini erta aniqlash uchun optimallashtirilgan algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini to‘qqiz million to‘qqiz yuz sakkiz ming etti yuz ellik so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda siydik tosh kasallikni diagnostikasiga yangi yondashuvlar ishlab chiqildi, bu o‘tkazilgan immunogenetik tahlillarni hisobga olgan holda diagnostika algoritmini va shu asosida yaratilgan dasturlari siydik tosh kasalligini erta aniqlash samaradorligini optimallashtirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: siydik tosh kasallikning preklinik bosqichida ambulator-poliklinik muassasalarda tashxis qo‘yish, ushbu kasallikning rivojlanishi va asoratlarning oldini olish bolalarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan va optimallashtirilgan erta diagnostika choralari algoritmini qo‘llash bilan bolalarda STK ning qaytalanishi ehtimolini hisobga olgan holda xarajatlarni 50 foizdan ortiq, ya’ni 297 262 500 so‘mga kamaytirishga imkon berdi. Xulosa: Taklif etilayotgan algoritmdan foydalanish ambulatoriya sharoitida xavf omillarini aniqlagan holda bolalarda STK ning erta tashxisiga erishish va uning takrorlanishi ehtimolini hisobga olgan holda xarajatlarni 50 foizdan ortiq, ya’ni 297 262 500 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Bu taklif etilayotgan algoritmni joriy etishni tejamkor va samarali deb hisoblash imkonini beradi.