Murodova Malika Djamolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tkir glomerulonefrit bilan kasal bo‘lgan bolalarda kardiorenal sindromini prognoz qilish va baholash ” 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2244.
Ilmiy raxbar: Yuldashev Botir Axmatovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.  
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalomovna, tibbiet fanlari doktori, professor; Rabbimova Dil`fuza Toshtemirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiet universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘tkir glomerulonefrit bilan kasallangan bolalarda kardiorenal sindromni erta tashxislash, prognozlash va korreksiya qilish chora tadbirlarni ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘tkir glomerulonefrit bilan kasallangan bolalarda kardiorenal sindromning uchrash chastotasi 64,8% va o‘ziga xos klinik belgilari (zaiflik, charchoq, arterial gipertenziya, sistolik shovqin, aritmiyalar va ko‘krak soxasida og‘riq) aniqlangan;
o‘tkir glomerulonefritli bolalarda yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlashda kardiometrik usulning diagnostik ahamiyati (sezgirligi 97,1%, diagnostika aniqligi - 95,2%, o‘ziga xoslik – 91,9%) asoslangan;
o‘tkir glomerulonefrit bilan kasallangan bemorlarda kardiometrik tekshirishlar natijasida kardiorenal sindromning gemodinamik, metabolik va adaptiv ko‘rsatkichlarni ishonchli o‘zgarishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan;
kardiorenal sindromli o‘tkir glomerulonefrit bilan og‘rigan bemorlarni  an’anaviy davo usuli bilan birgalikda askorutin va levokarnitin dori vositalarini kushimcha qo‘llash natijasida davolashdagi differensial yondashuvlar samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 24 avgustdagi 45-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Samarqand viloyat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida kardiorenal sindrom bilan asoratlangan o‘tkir glomerulonefritning epidemiologik manzarasi o‘rganildi. Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali Sog‘liqni saqlash vazirligining 30.09.2022 y. №8 n-z/501-sonli xulosasi bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Kardiorenal sindrom bilan asoratlangan o‘tkir glomerulonefrit kasalligida ishlab chiqilgan diagnostika va davolash kompleksidan foydalanish bemorlarning takroriy kasalxonaga yotqizish sonini sezilarli darajada kamaytirishi, bemorlarning kasalxonada qolish muddatini qisqartirishi va asosiy kasallikning surunkali shakliga o‘tishini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi bolalarda o‘tkir buyrak patologiyasida yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlashda kardiometrik usulning diagnostik ma’lumotlar tarkibiga ob`ektiv baho beriladi va davolash standartiga taklif qilingan farmakologik tavsiyalar bemorlar yotoq kunini 3 kunga qisqarganlini hisobiga yotoq kunidan 438015 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga imkon berdi. Xulosa: O‘tkir glomerulonefritni aniqlash uchun optimallashtirilgan algoritmning qo‘llanilishi 1 nafar bemor uchun budjet mablag‘larini 438015 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir glomerulonefrit bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish amaliyotiga gemodinamik, metabolik va adaptiv ko‘rsatkichlar asosida yurak-qon tomir tizimidagi buzilishlarni aniqlash imkonini beruvchi yangi noinvaziv kardiometrik usul joriy etildi va diagnostika, davolash tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali Sog‘liqni saqlash vazirligining 30.09.2022 y. №8 n-z/501-sonli xulosasi bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Kardiorenal sindrom bilan asoratlangan o‘tkir glomerulonefrit kasalligida ishlab chiqilgan diagnostika va davolash kompleksidan foydalanish bemorlarning takroriy kasalxonaga yotqizish sonini sezilarli darajada kamaytirishi, bemorlarning kasalxonada qolish muddatini qisqartirishi va asosiy kasallikning surunkali shakliga o‘tishini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan va optimallashtirilgan diagnostika va davolash choralari algoritmi o‘tkir glomerulonefrit bilan og‘rigan bir bolani bo‘limda davolash, oziq-ovqat, dori-darmon bilan ta’minlash, tahlillar, bo‘limning ishlashini hisobga olgan holda o‘rtacha 2 450 790 so‘mlik xarajatlarni iqtisod qilishga imkon beradi. Xulosa: o‘tkir glomerulonefrit kasalligini erta aniqlash uchun optimallashtirilgan algoritmning qo‘llanilishi 1 nafar bemor uchun budjet mablag‘larini ikki million to‘rt yuz ellik ming etti yuz to‘qson so‘mlik xarajatlarni iqtisod qilishga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: klinik va funksional ko‘rsatkichlar natijalariga ko‘ra, kardiorenal sindromli o‘tkir glomerulonefritni erta tashxislash va davolash bo‘yicha tavsiya etilgan taktikaning yuqori samaradorligi isbotlandi. Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali Sog‘liqni saqlash vazirligining 30.09.2022 y. №8 n-z/501-sonli xulosasi bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. O‘tkir glomerulonefritning kardiorenal sindromini erta bosqichida tashxis qo‘yish, kasalxonaga murojatlar sonini kamaytirish, ushbu kasallikning rivojlanishi va asoratlarining oldini olish va bolalarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 3 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 438 000 so‘mga kamaytirdi (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 68.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 93 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunda o‘rtacha 31 000 so‘mlik dori vositalari sarflanadi). Xulosa: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 3 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 438 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda buyrak patologiyasida miokard metabolizmini baholash dasturi" ishlab chiqilgan. № DGU 22020, 04.01.2023), bu o‘tkir glomerulonefritda yurak-qon tomir tizimining shikastlanish chuqurligini hisobga olgan holda davolash taktikasini aniqlash va uni davolash natijalarini yaxshilash imkonini beradi. Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali Sog‘liqni saqlash vazirligining 30.09.2022 y. №8 n-z/501-sonli xulosasi bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. O‘tkir glomerulonefritning kardiorenal sindromini erta bosqichida tashxis qo‘yish, kasalxonaga murojatlar sonini kamaytirish, ushbu kasallikning rivojlanishi va asoratlarning oldini olish va bolalarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yillik iqtisodiy samaradorlik 1 ta bemor uchun optimallashtirilgan diagnostika va davolash choralari algoritmini qo‘llash bilan bolalarda o‘tkir glomerulonefritning davolanish davomiyligini hisobga olgan holda xarajatlarni 2450790 so‘mdan 2012775 so‘mga, ya’ni 438015 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: Taklif etilayotgan algoritmdan foydalanib bolalarda o‘tkir glomerulonefritning erta tashxisiga erishish va davolanish davomiyligi hisobga olgan holda xarajatlarni 18 foizga, ya’ni 438015 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Bu taklif etilayotgan algoritmni joriy etishni tejamkor va samarali deb hisoblash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish