Oqboev Toshpulat Alaxo‘jaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e`lon

I. Umumiy ma`lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek populyasiyasida determinatsiyalashgan oilaviy bronxial astma rivojlanishining klinik – genetik aspektlari” 14.00.05- Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2020.3.PhD/Tib1407.
Ilmiy rahbar: [Aralov Nematillo Ravshanovich], tibbiyot fanlari doktori, dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019. Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ravshanbek Babajonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek populyasiyasida genetik va immunologik tadqiqotlar asosida  oilaviy bronxial astma kasalligining rivojlanishi xavfi va o‘ziga xos klinik kechishini aniqlashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek populyasiyasida atopiyaga moyil bo‘lgan oilalarda BA bilan kasallanish 37,9% ni tashkil etib, umumiy aholi soniga nisbatan 3,5-4 marta ko‘proq uchrashi va oilaviy BA kechishining og‘irlik darajasi, allergiyani norespirator ko‘rinishlari nasillanishga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
 o‘zbek populyasiyasida oilaviy BA kasalligi bilan oilani birinchi farzandi ko‘proq kasallanishi va kasallik ko‘proq onadan irsiylanishi BA bilan xastalangan bemorlarni segregatsion tahlil asosida isbotlangan;
o‘zbek populyasiyasida oilaviy BA ni allergik turi bilan xastalangan bemorlarda qonda umumiy IgE va tizimli IL-6 miqdorini oshishi, IFN-γ miqdorini kamayishi kasallikni qiyosiy tashxislashida erta diagnostik  mezon ekanligi asoslangan;
ilk bor  o‘zbek  populyasiyasida oilaviy BA bilan xastalangan bemorlarda eNOS3 genining 4a/4a gomozigot genotipi tashuvchilarda kasallikning noallergik turi, og‘ir kechishi va boshqarilmaydigan turi uchrashi aniqlangan va gennning prognostik ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 28 avgustdagi 2-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: O‘zbek populyasiyasida determinatsiyalashgan oilaviy bronxial astma rivojlanishining klinik – genetik aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Sog‘liqni Saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati  Samarqand tumani tibbiyot birlashmasida 16.02.2022 yildagi 135-sonli buyruq hamda Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida 16.02.2022 yildagi 136-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga tatbiq etilishi oilaviy bronxial astmada qayd qilinadigan respirator buzilishlarning oldini olish va kasallikni davolash muddatini qisqartirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Oilaviy bronxial astma bilan kasallangan bemorlarda oilada hamroh (asosan allergik) kasalliklarni erta tashxislash va davolash natijasida 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 1 640 000 so‘m iqtisod qilindi. Ushbu xolatda o‘rtacha bir oilada 2 nafar bemorda iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy ko‘rsatqich 3 280 000 so‘mni tashkil etadi.Xulosa:  Ushbu xolatda aytib utilgan davolash taktikasining joriy qilinishi bir oilada ikki nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini  2 296 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 984 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘zbek populyasiyasida determinatsiyalashgan oilaviy bronxial astma rivojlanishining klinik – genetik aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati  Samarqand tumani tibbiyot birlashmasida 16.02.2022 yildagi 135-sonli buyruq hamda Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida 16.02.2022 yildagi 136-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oilada kasallikni og‘ir kechishini rivojlanishi oldini oladi, turmush tarzi yaxshilanadi, kasalxonaga murojatlar sonini kamayadi, kasallik ustidan to‘liq nazoratga erishiladi va ushbu kasallika chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi oilaviy bronxial astma bilan xastalanganlarni genealogik tahliliga ko‘ra oilada erta aniqlangan 2 nafar bemor uchun 2 900 000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: ushbu xolatning amaliyotga joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 2 030 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 870 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: Oilaviy bronxial astma rivojlanishining erta tashxislash mezonlarini ishlab chikish uchun yaratilgan EXM dasturi (DGU №09456. 23.10.2020) asosida o‘zbek populyasiyasida determinatsiyalashgan oilaviy bronxial astma rivojlanishining klinik – genetik aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati  Samarqand tumani tibbiyot birlashmasida 16.02.2022 yildagi 135-sonli buyruq hamda Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida 16.02.2022 yildagi 136-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: immunitet tizimining ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida aniqlash kasallik patogenetik turlarini qiyosiy tashxislashlash, og‘irlik darajasini aniqlashga imkon beradi va kasallik ustidan o‘z vaqtida nazoratga erishishga, remissiya davrining uzayishiga, quzishi va og‘ir asoratlari rivojlanishini oldini olish maqsadida erta davolash o‘tkazishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oiladagi bronxial astma kasalligi bilan xastalangan bemorda qon zardobida BA ning immunologik markeri hisoblangan umumiy IgE, IL – 6 va IFN – γ miqdorini o‘z vaqtida aniqlash 1 nafar bemor uchun bemorlarning davolanishdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davlolash xarajatlarining quyidagicha 1 215 000 so‘mni iqtisod bo‘lishiga olib keldi. Xulosa: ushbu tekshiruv usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 850 500 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 364 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘zbek populyasiyasida determinatsiyalashgan oilaviy bronxial astma rivojlanishining klinik – genetik aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati  Samarqand tumani tibbiyot birlashmasida 16.02.2022 yildagi 135-sonli buyruq hamda Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida 16.02.2022 yildagi 136-sonli buyruq asosida tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oiladagi shaxslarda genetik tekshirishlar o‘tkazilib, erta tashxislash va davolanish natijasida oilaviy bronxial astma bilan kasallangan bemorlarning kundalik hayot faoliyati yaxshilanadi, kasalxonalarga murojat sonining kamayishi, ambulator va kasalxonaga yotib davolanish kunini kamaytirishga imkon beradi, kasallik ustidan erta to‘liq nazoratga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 9,3 kundan 7,2 kunga (2 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 340 ming so‘mga kamaytirdi (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 170.000 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi hisobiga 330 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 165 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 1 ta bemor xisobidan 1 kunga  335 000 sumni, 2 ta bemor xisobiga esa 1 kunga 670 000 sumni tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida yil davomida yuqori iqtisodiy samaradorlikka olib keladi. Xulosa: yangi tekshiruv usulini joriy qilinishi 2 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1-kun xisobiga 469 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 201 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish