Xolmirzaev O‘smonali Isomiddin o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “9-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirish jarayonini uy tajribalari asosida takomillashtirish”, 13.00.02 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4595.
Ilmiy rahbar: Do‘monov Baxromjon Muxtorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyodaxon Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mo‘ydinov Nurillo To‘xtarovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 9-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy savod-xonligini oshirish jarayonini uy tajribalari asosida takomillashtirishga doir tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarning kimyo fanidan tabiiy ilmiy savodxonligini oshirish jarayoni zamonaviy tabiiy fanlar konsepsiyasiga ko‘ra o‘quvchilarining kimyo fanidan ekisperimental ko‘nikma, ijodiy va mantiqiy fikrlash kabi elementlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
kimyoviy eksperimentning metodik va didaktik ta’minoti tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasiga qo‘yilgan talablarga ko‘ra o‘quvchilarning kreativ (ijodiy) fikrlash qobilyatlari va nazariy bilimlarini amaliyot bilan bogʻlash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning tabiiy ilmiy savodxonligi an’anaviy va noan’anaviy usullarni hamda kimyo fanining mazmun va mohiyatini uy tajribalari bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun uy tajribalarini tashkil etish metodikasi tabiiy fanlar yoʻnalishida o‘zgaruvchan (variativ) o‘quv rejalardan foydalanish, o‘quvchilarning eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kimyo fanidan tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirishni uy tajribalari asosida takomillashtirishga doir tadqiqotlar natijalari asosida:
o‘quvchilarning kimyo fanidan tabiiy ilmiy savodxonligini oshirish jarayoni zamonaviy tabiiy fanlar konsepsiyasiga ko‘ra o‘quvchilarining kimyo fanidan ekisperimental ko‘nikma, ijodiy va mantiqiy fikrlash kabi elementlarini kiritish asosida takomillashtirishga doir takliflaridan Respublika ta’lim markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 22 iyundagi 01/11-03/9-856 son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning 9-sinf kimyo o‘quv kursi mazmunidagi eksperimental ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi ortgan;
kimyoviy eksperimentning metodik va didaktik ta’minoti tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasiga qo‘yilgan talablarga ko‘ra o‘quvchilarning kreativ (ijodiy) fikrlash qobilyatlari va nazariy bilimlarini amaliyot bilan bogʻlash hamda o‘quvchilarning tabiiy ilmiy savodxonligi an’anaviy va noan’anaviy usullarni hamda kimyo fanining mazmun va mohiyatini uy tajribalari bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilganligiga doir takliflar “Kimyo o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 22 iyundagi 01/11-03/9-856 son ma’lumotnomasi). Natijada bu pedagogika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini takomil-lashtirishga hizmat qilgan;
o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun uy tajribalarini tashkil etish metodikasi tabiiy fanlar yoʻnalishida o‘zgaruvchan (variativ) o‘quv rejalardan foydalanish, o‘quvchilarning eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilganligiga doir takliflardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzlyuksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PQ-4805 son qarorining 6-bandi a) qismida ko‘rsatilgan ustuvor vazifalarni bajarishda, jumladan “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish” nomli loyihasi doirasida foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 22 iyundagi 01/11-03/9-856-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari kimyo ta’limida o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasi ortgan.