Batirbekova Aida Makkamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ““O‘zbekiston temir yo‘llari” AJni moliyaviy va tashkiliy rivojlantirish usullari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2430.
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshquvvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l kompaniyasining rivojlanishi sharoitida tashkiliy va moliyaviy boshqaruv usullarini o‘rganish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra korporatsiya (tashkilot)ning qo‘yilgan maqsadiga erishish uchun moliyaviy resurslarni shakllantirish va samarali foydalanish bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar majmui sifatidagi “korporativ moliya” tushunchasining iqtisodiy mazmuni pul mablag‘laridan optimal foydalanilgan holatda kompaniyaning qiymatini maksimal darajada oshirish imkonini beruvchi korporativ munosabatlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkiliy-moliyaviy tuzilmalarini xalqaro amaliyotga muvofiqligini funksional-tashkiliy baholash asosida boshqaruv kengashi a’zolarini saylash, kuzatuv kengashi huzurida ixtisoslashtirilgan qo‘mitalar tuzish, shaffof axborot va moliyaviy makonni shakllantirish tartib va jarayonlarini joriy etish asoslangan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda moliyaviy barqarorlik darajasini baholashning korporativ moliyaviy-tahlil platformasi temir yo‘l tarmog‘i bo‘yicha investorlarning asosiy toifalari, amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari, menejerlar va investorlar o‘rtasidagi manfaatlar uyg‘unligini ta’minlovchi tashkiliy-moliyaviy dastaklarni tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatini moliyaviy va tashkiliy rivojlantirishning turli ssenariylariga binoan ekonometrik modellar asosida 2027 yilga qadar investisiya daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJni moliyaviy va tashkiliy rivojlantirish usullari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra korporatsiya (tashkilot)ning qo‘yilgan maqsadiga erishish uchun moliyaviy resurslarni shakllantirish va samarali foydalanish bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar majmui sifatidagi “korporativ moliya” tushunchasining iqtisodiy mazmuni pul mablag‘laridan optimal foydalanilgan holatda kompaniyaning qiymatini maksimal darajada oshirish imkonini beruvchi korporativ munosabatlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Korporativ moliya” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda “korporativ moliya” tushunchasining iqtisodiy mazmuni pul mablag‘laridan optimal foydalanilgan holatda kompaniyaning qiymatini maksimal darajada oshirish imkonini beruvchi korporativ munosabatlar majmui to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkiliy-moliyaviy tuzilmalarini xalqaro amaliyotga muvofiqligini funksional-tashkiliy baholash asosida boshqaruv kengashi a’zolarini saylash, kuzatuv kengashi huzurida ixtisoslashtirilgan qo‘mitalar tuzish, shaffof axborot va moliyaviy makonni shakllantirish tartib va jarayonlarini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktyabrdagi PF-6096-sonli «Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 14-martdagi DI543/01-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkiliy-moliyaviy tuzilmalarini boshqaruv kengashi a’zolarini saylash, kuzatuv kengashi huzurida ixtisoslashtirilgan qo‘mitalar tuzish, shaffof axborot va moliyaviy makonni shakllantirish tartib va jarayonlarini joriy etish orqali xalqaro amaliyotga muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda moliyaviy barqarorlik darajasini baholashning korporativ moliyaviy-tahlil platformasi temir yo‘l tarmog‘i bo‘yicha investorlarning asosiy toifalari, amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari, menejerlar va investorlar o‘rtasidagi manfaatlar uyg‘unligini ta’minlovchi tashkiliy-moliyaviy dastaklarni tatbiq etish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-4563 sonli qarorida o‘z aksini aksini topgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 14 martdagi DI543/01-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mahalliy va horijiy investorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish, moliyaviy barqarorlikni boshqarishning samarali tizimini muvofiqlashtirish imkoniyati yaratilgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatini moliyaviy va tashkiliy rivojlantirishning turli ssenariylariga binoan ekonometrik modellar asosida 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan investisiya daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 14-martdagi DI543/01-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ moliyaviy va tashkiliy rivojlanishining uzoq muddatli istiqboldagi ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.