Mamadiyorov Olimjon Umarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning nazariy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” va 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt366
Ilmiy rahbar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ravshan Vohidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidaxmedova Nodira Ilxomovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy iqtisodiyotda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga sohada yangidan faoliyat yuritishni boshlayotgan sub’ektlar uchun infratuzilma bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab berish orqali erishish taklifi asoslangan;
respublikada go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlashga turdosh tovarlarni mamlakat hududiga olib kirish hamda ularni realizasiya qilishda barcha egri soliqlardan ozod qilish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi nazariy jihatdan asoslangan;
respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mexanizmini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning BHMning 200 baravarigacha bo‘lgan qismini davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan subsidiya berish orqali takomillashtirish taklifi nazariy jihatdan asoslangan;
respublika qishloq xo‘jaligida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda aholi soni o‘sishining korrelyasion-regression bog‘liqligi asosida ko‘p omilli ekonometrik modelini yaratish asosida 2023-2030 yilgacha oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga sohada yangidan faoliyat yuritishni boshlayotgan sub’ektlar uchun infratuzilma bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga qoplab berish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 yanvardagi 37-son “Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori 1-B-bandining 2-xatboshini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 8 iyundagi 06/31-02/10-2352-son va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 1 iyuldagi 03/026-981-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish hajmi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sub’ektlar daromadlari oshishiga va shu orqali aholi turmush darajasi yaxshilanishiga erishiladi;
respublikada go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlashga turdosh tovarlarni mamlakat hududiga olib kirish hamda ularni realizasiya qilishda barcha egri soliqlardan ozod qilish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 oktyabrdagi 627-son “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 8 iyundagi 06/31-02/10-2352-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxi barqarorligiga erishiladi;
respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mexanizmini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning BHMning 200 baravarigacha bo‘lgan qismini davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan subsidiya berish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 yanvardagi 37-son Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarorining 1-B-bandining 3-xatboshini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 8 iyundagi 06/31-02/10-2352-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirishda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;
respublika qishloq xo‘jaligida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda aholi soni o‘sishining korrelyasion-regression bog‘liqligi asosida ko‘p omilli ekonometrik modelni yaratish asosida ishlab chiqilgan 2023-2030 yilgacha oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari”ni ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 8 iyundagi 06/31-02/10-2352-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari o‘sishi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar sifatini yaxshilash imkonini berdi.