Umarov Kamoldin Jamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): “O‘zbek tilida xohish-istak kategoriyasining ifodalanishi va uning lingvokulturologik aspekti”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2848.
Ilmiy rahbar: Qodirov Ziyoidin Mamadalievich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Turniyozov Behzod Nigmatovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Najmiddinov Ahmad Rahmatovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek tilida xohish-istak kategoriyasini ifodalovchi birliklarni aniqlash hamda ularning kognitiv-pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xohish-istak kategoriyasini ifodalovchi til birliklarining mazmuniy yadro va periferiyasi aniqlangan, ularning uzual va okkazional ma’no qirralari, munosabat ifodalovchi grammatik tabiati, lingvopragmatik va lingvokulturologik ma’no qirralari ochib berilgan;
xohish-istak ma’nosining mavjud bo‘lishida kauzativlik, istalganlik/istalmaganlik tarzidagi zidlik oppozisiyasi mavjudligi, unda nutq vaziyati bilan bog‘liq darajalanish xususiyati ushbu kategoriyani voqelantiruvchi muhim omil ekanligi asoslangan;
o‘zbek tilida qator turg‘un iboralar, maqol va matallar, nutqiy etiketlar, duo, olqish ifodalovchi til birliklarida xohish-istak ma’nosining ijobiy, frazeologik ifodalarda esa istamaslikka ishora qiluvchi salbiy lingvokulturologik ma’nolari ustunlik qilishi asoslangan;
xohish-istak ma’nosining matn konteksti, kommunikativ vaziyat va so‘zlashuvchilarning ijtimoiy xususiyatlari bilan shartlangan yashirin ifodalanish usullari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida xohish-istak kategoriyasining ifodalanishi va uning lingvokulturologik aspektini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xohish-istak kategoriyasini ifodalovchi til birliklarining mazmuniy yadro va periferiyasi aniqlangan, ularning uzual va okkazional ma’no qirralari, munosabat ifodalovchi grammatik tabiati, lingvopragmatik va lingvokulturologik ma’no qirralariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan olib borilgan XT-F-011 “Qoraqalpoq tilini o‘qitishni takomillashtirishning nazariy-uslubiy asoslarini kompleks tadqiq etish va konsepsiyasini ishlab chiqish mavzusidagi va “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihalarni amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 31-iyuldagi 427-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada aks etgan til o‘qitishni takomillashtirish hamda o‘quvchilarda til kompetentligini rivojlantirishga oid tavsiyalar takomillashtirilgan;
xohish-istak ma’nosining mavjud bo‘lishida kauzativlik, istalganlik/istalmaganlik tarzidagi zidlik oppozisiyasi mavjudligi, unda nutq vaziyati bilan bog‘liq darajalanish xususiyati ushbu kategoriyani voqelantiruvchi muhim omil ekanligi xususidagi natijalardan Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti tomonidan bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2023-yil 31-martdagi 92-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarga ilm-fanga qiziqishni, nazariy bilimlarini shakllantirishda, shuningdek, istak ma’nosining mavjud bo‘lishida istalganlik/istalmaganlik tarzidagi zidlik oppozisiyasini turli tillarda kuzatilishini o‘rganish imkoni paydo bo‘lgan;
o‘zbek tilida qator turg‘un iboralar, maqol va matallar, nutqiy etiketlar, duo, olqish ifodalovchi til birliklarida xohish-istak ma’nosining ijobiy, frazeologik ifodalarda esa istamaslikka ishora qiluvchi salbiy lingvokulturologik ma’nolari ustunlik qilishi xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi Andijon viloyati teleradiokompaniyasining “Ma’naviyat qalb ko‘zgusi” va “Iste’dod” nomli adabiy, ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 26-martdagi 01-24/126-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlarning ssenariysi mazmunan boyitilgan.