Madumarova Ziyoda Latibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tilida perlokusiya”  (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3054.               
Ilmiy rahbar: Shahobiddinova Shoxida Hoshimovna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.60.02
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’murjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Kurbanov Elbek Elmuradovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida perlokusiya – nutqiy ta’sir ko‘rsatishning usul va vositalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kommunikativ aktning nutqiy aktga nisbatan keng qamrovli ekanligi, verbal va noverbal aktlarni umumlashtiruvchi yaxlit tushunchani ifodalashi muloqot ishtirokchilari pozitsiyasi, muloqot sharoiti, muloqotni tashkil etish mexanizmi va muloqot usullariga asoslanishi ochib berilib, nutqiy ta’sirning so‘zlovchi va tinglovchining kommunikativ pozitsiyasi, ijtimoiy va kommunikativ rol, kommunikativ natijadorlik/qobiliyatsizlik, muloqot to‘siqlari, nutqqa ta’sir qiluvchi omillar, kommunikantga ta’sir qilish usullari, nutqiy ta’sir samaradorligi kabi tarkibiy qismlari aniqlangan;
nutqiy akt strukturasining adresant, adresat, ifodaning o‘zi, muloqot sharoiti, nutqiy aktning maqsadi va natijasi kabi komponentlari aniqlanib, nutqiy aktlarning mazmunan turlicha bo‘lishini so‘zlashuvchilarning kommunikativ niyati, nutq vaziyati va kontekstga muvofiq  tarzda segment birliklarni talaffuz qilinishi, fonatsiya, ohang, ton, tovushlar intensivligi, temp va pauza kabi intonatsiya komponentlar ta’minlashi dalillangan;
dialogning umumiy rivojlanishini kommunikativ strategiya belgilashi, muloqot vaziyati rivojlanishining har bir bosqichi kommunikativ taktika asosida amalga oshirilishi dalillanib, perlokusiyaning kommunikativ tabiatiga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita, psixologik, o‘zta’sir turlari aniqlangan;
intensionallik kategoriyasining minimum intensiya va maksimum intensiya darajasiga muvofiq holda minimum perlokusiya (jumla yoki mikrokontekst perlokutsiyasi) hamda maksimum perlokutsiya (so‘zlovchi va qabul qiluvchining davomiy munosabati asosidagi perlokutsiya) tushunchalari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida perlokusiyani o‘rganish orqali olingan natijalar asosida:
kommunikativ aktning nutqiy aktga nisbatan keng qamrovli ekanligi, verbal va noverbal aktlarni umumlashtiruvchi yaxlit tushunchani ifodalashi muloqot ishtirokchilari pozitsiyasi, muloqot sharoiti, muloqotni tashkil etish mexanizmi va muloqot usullariga asoslanishi ochib berilib, nutqiy ta’sirning so‘zlovchi va tinglovchining kommunikativ pozitsiyasi, ijtimoiy va kommunikativ rol, kommunikativ natijadorlik/qobiliyatsizlik, muloqot to‘siqlari, nutqqa ta’sir qiluvchi omillar, kommunikantga ta’sir qilish usullari, nutqiy ta’sir samaradorligi xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Fan, Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan fuqarolarning, targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishda, fuqarolarning psixologik jihatlarini o‘rganishda erkak va ayollarning fikrlash tarzini tashxislashda foydalanilgan (Oliy Majlis Senatining Fan, Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2023-yil 2-avgustdagi 09-12/1593-son ma’lumotnomasi). Natijada pragmatika va sotsiopragmatikaga doir izlanishlarda foydalanish mumkin hamda tadqiq etilayotgan masalaning keyinchalik yanada chuqurroq o‘rganilishini nazariy va amaliy jihatidan ahamiyatga ega bo‘lib, kelgusida nutq madaniyati, ritorika, grammatika, stilistika, sotsiologiya yo‘nalishlarida foydalanish mumkinligi asoslanganligi ta’minlangan;
nutqiy akt strukturasining adresant, adresat, ifodaning o‘zi, muloqot sharoiti, nutqiy aktning maqsadi va natijasi kabi komponentlari aniqlanib, nutqiy aktlarning mazmunan turlicha bo‘lishini so‘zlashuvchilarning kommunikativ niyati, nutq vaziyati va kontekstga muvofiq  tarzda segment birliklarni talaffuz qilinishi, fonatsiya, ohang, ton, tovushlar intensivligi, temp va pauza kabi intonatsiya komponentlar ta’minlashi xususidagi ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan “OT-F1-18-Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 27-martdagi 39-08-778-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya va nutq akti intesiyasiga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
dialogning umumiy rivojlanishini kommunikativ strategiya belgilashi, muloqot vaziyati rivojlanishining har bir bosqichi kommunikativ taktika asosida amalga oshirilishi dalillanib, perlokusiyaning kommunikativ tabiatiga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita, psixologik, o‘zta’sir turlari xususidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy – ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Abadiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarni tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-martdagi  06-36-402-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlar ssenariysi kognitiv tilshunoslik, pragmatika, pragmalingivistika, va sotsiopragmatikaga doir izlanishlarda foydalanish mumkin bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar bilan boyitilgan;
intensionallik kategoriyasining minimum intensiya va maksimum intensiya darajasiga muvofiq holda minimum perlokusiya (jumla yoki mikrokontekst perlokusiyasi) hamda maksimum perlokusiya (so‘zlovchi va qabul qiluvchining davomiy munosabati asosidagi perlokusiya) xususidagi ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan “PZ-20170926286. O‘zbek sud amaliy lingivistikasi taqiqi” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 27-martdagi 39-08-777-son ma’lumotnomasi). Natijada tilning perlokusiya aktida qo‘llanuvchi ayrim birliklarining o‘ziga xosligi ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish