Mavlonova Iroda Rajabboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “tikuv mashinasi moslashuvchan tepki mexanizmini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” 05.02.03-Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3117
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xojiev Abduraxim, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
III.Tadqiqotning maqsadi: Tikuv mashinasi tepki mexanizmini konstruksiyasini va hisoblash metodlarini takomillashtirish, paramertlarini hisoblashni ilmiy asoslarini ishlab chiqish, nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida parametrlarini aniqlash, sifatli chok olishni amalga oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tikuv mashinasidagi moslashuvchan tepki uzeli bazaviy va konussimon prujinalar bikrliklari, massasi, tikiladigan materiallar qalinligi, deformasion-ishqalanish xususiyatlarini harakat kuchiga ta’sirini ifodalovchi matematik modellari yaratilgan;
tikuv mashinasida turli xarakteristikali va qalinlikdagi materiallarni tikishda yuqori sifatli baxyaqatorlarni olishni ta’minlaydigan moslashuvchan tepki uzelining maqbul parametrlari bog‘lanish grafiklari tahlili asosida aniqlangan;
tikuv mashinasida tepki uzelidagi yuklanishlarini tenzometrik usulda, kompyuter texnologiyalaridan va magnitoelektrik datchiklardan foydalanib turli xarakteristikali materiallarni tikishda moslashuvchan tepki uzelining tebranish qonuniyati aniqlangan;
rejali tajribalar natijalari asosida moslashuvchan tepki uzeli qo‘llanilganda yuqori sifatli baxyaqatorlarni olishni ta’minlaydigan prujinaning optimal qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tikuv mashinasining konussimon bazaviy va moslashuvchan konussimon prujinali tepki uzeli konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
yuqori sifatli baxyaqatorlarni olishga uchun tepki uzelining yangi konstruksiyasi “Shofirkon Ekvatorial Teks” MChj, “Sangina Shoxjahon” xususiy korxonasida hamda “Buxoro Azteks” MChj agroklaster huzurida tashkil qilingan “Amir Teks” MChj tikuvchilik korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 31 may № 03/25-1240-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tikuv mashinasining ish  unumdorligini 1,1-1,2 baravar oshirish imkoniyati yaratildi, baxya choklarning o‘tkazib yuborishlari deyarli bo‘lmadi, ipning uzilishi soatiga 5÷6 marta kamaygan, igna sinishi kuzatilmadi, choklarning ochilib ketishi, materialning g‘ijimlanishi hamda iplarning uzilishi deyarli bo‘lmasligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish