Tojiev Sardor Raxmonberganovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifrlari (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Solitonlar, qora o‘ralar va relyativistik yulduzlar uchun ko‘p o‘lchamli gravitatsia nazariyalaridagi sonli echimlar», 01.04.02 – Nazariy fizika va 01.03.01 –Astronomiya (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/FM758.
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ahmedov Bobomurat Joʻraevich fizika-matematika fanlari doktori, professor, Jutta Kunz (Oldenburg, Germaniya), fizika-matematika fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti,
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04.
Rasmiy opponetlar: Shaymatov Sanjar Ruzimurodovich, fizika-matematika fanlari doktori; Yakov M. Shnir, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p o‘lchovli fazodagi gravitatsia modelida sochli qora tuynuklar, solitonlar va bozon yulduz echimlarini olish va modellashtirish, olingan echimlarning xususiyatlarini sonli usullar yordamida tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta, 5-o‘lchovli Gauss-Bonnet gravitatsiya modeli elektromagnit va skalyar maydon bilan ta’sirda bo‘lgan modelda sochli soliton va qora tuynuklarni o‘rganildi; birinchi marta, skalyar maydon bilan tavsiflanuvchi sochli qora tuynuklar, hodisalar gorizonti radiusining kichikroq qiymatlari uchun mavjud bo‘lishi ko‘rsatildi. Bunda sochli qora tuynuk echimi, hodisalar gorizonti radiusi yo‘qoladigan chegarada mos ravishda hodisalar gorizonti radiusi nolga teng bo‘lgandagi soliton echimga o‘tishi topildi; birinchi marta, kosmologik doyimiy manfiy bo‘lgandagi asimptotik statik Anti de Sitter fazosidagi echimlari, Gauss-Bonnet ta’sir parametrining faqat ma’lum bir aniqlangan chegaraviy diapazonidagi qiymatlaridagina mavjud bo‘lishi topildi; birinchi marta, Gauss-Bonnet ta’sir parametri no‘l bo‘lgandagi bozon yulduzlarga xos bo‘lgan spiral aylanish chiziqlarining mavjudligi faqat gravitatsiya doimiysining etarlicha katta qiymatlarga ega bo‘lgandagina kuzatilishi topildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ushbu dissertatsiya ishi doirasida olingan natijalardan bir nechta xorijiy tadqiqotchilarning chop etilgan turli xalqaro Web of Science va Scopus bazalariga kiruvchi ilmiy maqolalarda (masalan, Liebling, S.L., Palenzuela, C. Dynamical boson stars. Living Rev Relativ 26, 1 (2023);  Barreto, W., Rocha, R.d. Gravitational collapse in AdS: instabilities, turbulence, and information. Eur. Phys. J. Plus 137, 845 (2022); de la Fuente, A., Zosso, J. The large charge expansion and AdS/CFT. J. High Energ. Phys. 2020, 178 (2020); va boshqalar) va Germaniyaning DFG Research Training Group 1620 “Models of Gravity” tomonidan moliyalashtirilgan ilmiy loyihasida foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish