Muydinov Javlonbek Ibroximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Yurak qorinchalar oralig‘i devor membranoz qismi tug‘ma nuqsonining gistotopografiyasi”14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3174.
Ilmiy rahbar: tibbiyot fanlari doktori, professor: Isroilov Rajab Isroilovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidullo Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Reymnazarova Gulsara Djamalovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qorinchalararo yurak devori tug‘ma nuqsonining joylanishi bo‘yicha turlari, atrof to‘qimasi gistologik tuzilishi va jarrohlik amaliyotidan keyingi reparativ regeneratsiya jarayonining xos morfologik xususiyatlarini oydinlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qorinchalararo yurak devori tug‘ma nuqsoni membranoz, mushakli, atrioventrikulyar, subaortal qismlarida joylanishi va tug‘ma teshikning aorta diametriga solishtirma ko‘rsatkichlarni tahlili asosida olingan ma’lumotlar baholash imkonini bergan;
qorinchalararo yurak devori tug‘ma nuqsoni membranoz qismida to‘qima tuzilmalari tarkibida mushak hujayralarining bo‘lmasligi isbotlangan;
qorinchalararo yurak devori tug‘ma nuqsoni mushakli qismi chegaralarida dag‘al tolali fibroz to‘qima bilan qoplanganligi, tutamlari atrof mushak to‘qimaga tarqalib, kirib borganligi, yuzasi endoteliy bilan qoplanganligi isbotlangan;
qorinchalararo yurak devori tug‘ma nuqsonini autoperikardial to‘qima bilan radikal korreksiyalash amaliyotidan keyingi davrlarda perikard to‘qimasi vaqt o‘tishi bilan nuqson atrofidagi biriktiruvchi to‘qima bilan adgeziyalanib, bir butun bir-biriga o‘sib kirgan dag‘al tolali fibroz to‘qimaga aylanganligi, atrofidagi mushak tolalari gipertrofiyalanib, betartib joylashganligi isbotlangan;
qorinchalararo yurak devori tug‘ma nuqsonini autoperikardial to‘qima bilan radikal korreksiyalash amaliyotidan keyingi davrdagi morfometrik o‘zgarishlarini baholash orqali olingan natijalar sog‘lom yurak to‘qimasiga nisbatan 1,35 marta chandiqlanish yuqoriligi isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Farg‘ona Jamoat salomatlik tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 27 iyundagi 01-02/2-x-02 -son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: yurak tug‘ma nuqsoni bilan nobud bo‘lgan chaqaloqlar klinik anamnestik taxlili bo‘yicha olingan ma’lumotlar va laborator ma’lumotlarini taxlili asosida retrospektiv taqqoslash orqali chaqaloqlar yashovchanligini klinik va morfologik asoslash.Farg‘ona viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 12.04.2023 y; 31-sonli buyrug‘i, Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 13.06.2023 y; 93-4 sonli buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi 10.04.2023 y; I-09/46-1-ich-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorinchalar aro to‘siq nuqsoni bilan og‘rigan chaqaloqlarni yashovchanlik darajasini baxolash asosida kasallik sababli yuz bergan o‘lim ko‘rsatkichlarida patologik anatomiyaning ijro muddatini va differnsial diagnostika muddatini qisqarishiga olib kelganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Toshkent shahar, Farg‘ona viloyati va Samarqand viloyati axolisida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida yurak tug‘ma nuqsonlari jami nuqsonlarni 1,2% tashkil etib, davolash rejasini o‘zgartirilishi jarroxlik amaliyotidan keyin gistatsion davrni 20% ga qisqarishini, xar bir bemorda o‘rtacha jarroxlik amaliyoti uchun 18-22 mln so‘m atrofidagi sarf xarajat bo‘ladigan bo‘lsa, o‘rtacha xar bir bemordan 3,6 mln so‘mdan 4,4 mln so‘mni iqtisod qilindi. (Eslatib o‘tamiz, O‘z SSV tomonidan berilgan ma’lumot bo‘yicha Respublikamizda davlat fondidan xar yili umumiy xisobda 500-1200 ta bemorda viloyat byudjetidan yurak tug‘ma nuqsonlarini turli shakllari bilan radikal va palliativ jarroxlik amaliyoti uchun o‘rtacha 48 mlrd so‘m ajratiladi). Kasallikdan nobud bo‘lgan chaqaloqlarni autopsiya qilish davri va yakunlovchi tashxisni ijro etish muddati qisqarganligini ko‘rsatdi. Xulosa: Toshkent shahar, Farg‘ona viloyati va Samarqand viloyati shahar aholisida yurak tug‘ma nuqsonlari bilan xastalangan bemorlarni maqsadli tekshirish va davolash paytida o‘rtacha xar bir bemor xisobiga 4 mln so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qorinchalararo yurak devori tug‘ma nuqsoni membranoz turi jami o‘rganilgan nuqsonlarni 58,3%ni tashkil etib, radikal korreksiyalash amaliyotidan oldin va keyin o‘limga olib keluvchi omillarni oldindan retrospektiv taxlili davolash rejasini keskin o‘zgartirib, bemorlar xayotini saqlab qolishga qaratilgan asoratlarni oldini olishga yaqindan yordam beradi. Jumladan qorinchalararo yurak tug‘ma nuqsoni membranoz turida radikal korreksiyalash amaliyotida o‘lim ko‘rsatkichining yuqoriligi ushbu bemorlarda palliativ davolash rejasini qo‘llash orqali bosqichli davolash rejasini qo‘llanganidan keyin o‘rtacha 3-5 martagacha kamayish imkonini bergan. Farg‘ona viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 12.04.2023 y; 31-sonli buyrug‘i, Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 13.06.2023 y; 93-4 sonli buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi 10.04.2023 y; I-09/46-1-ich-sonli buyrug‘lari bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: chaqaloqlarda yurak tug‘ma nuqsoni uchun fon bo‘lgan boshqa kasalliklar aniqlanishi va qorinchalar aro yurak tug‘ma nuqsoni tashxisi shoshilinch ravishda to‘la to‘kis aniqlanmasdan qilingan jarroxlik amaliyotidan keyingi o‘lim ko‘rsatkichining yuqori bo‘lishligi va murda autopsiyasida patologo anatomik tekshrishlariga asoslangan xolda ishlab chiqilgan klinik morfologik ko‘rsatmalarni tadbiq etishlik kutilayotgan o‘tkir yurak qon-tomir etishmovchiligini kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorinchalararo yurak devori tug‘ma nuqsoni membranoz turida bemorning klinik laborotor taxlillari asosida jarroxlik amaliyotining samaradorligi va yashovchanligini inobatga olgan xolda, jarroxlik amaliyotini amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yuqori o‘lim ko‘rsatkichini inobatga olib qaror qabul qilish va kutilayotgan sarf xarajatlarni shunga mos ravishda bitta bemorning 1 kunlik shifoxonadagi sarf xarajatlari (jonlatirish bo‘limida) o‘rtacha 750 ming so‘mdan 1280 ming so‘m ni tashkil etib, o‘rtacha 14 kundan 20 kungan 7-10 kungacha qisqarishi kutilayotgan sarf xarajatlarni 2 barobarga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa bitta bemorning 1 kunlik shifoxonada kardiomonitoring va medikamentoz holatda ushlab turish uchun o‘rtacha 750 ming so‘m sarf xarajat talab etsa, 7 kundan 14 kungacha shifoxonada davolansa o‘rtacha 10500 ming so‘mni byudjetdan iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: qorinchalararo yurak devori tug‘ma nuqsoni mushakli qismi chegaralarida dag‘al tolali fibroz to‘qima bilan qoplanganligi, yurakda fibrillyasiya jarayonini rivojlanishi oqibatida, bemorlar to‘satdan noma’lum sabablarga ko‘ra o‘tkir yurak etishmovchiligi oqibatida vafot etgan. Bu esa, oddiy yurakning o‘tkazuvchi yo‘llari to‘silishi va o‘tkir yurak etishmovchiligini yuzaga kelishida kardiomonitoring ko‘rsatkichlari to‘la to‘kis taxlil qilinmaganligi sababli yuzaga kelishi isbotlandi. Farg‘ona viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 12.04.2023 y; 31-sonli buyrug‘i, Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 13.06.2023 y; 93-4 sonli buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi 10.04.2023 y; I-09/46-1-ich-sonli buyrug‘lari bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Toshkent shahar, Farg‘ona viloyati va Samarqand viloyati shahar aholisida chaqaloqlarda yurak tug‘ma nuqsoni aniqlangan yoki klinik belgilar orqali shubxa qilinganda o‘tkazuvchi yo‘llarni to‘silishini oldindan aniqlash va kutilayotgan yurak fibrillyasiyasini aniqlashda ommaviy EKG tekshiruvidagi o‘tkazuvchi yo‘llardagi falajlikni aniqlash orqali o‘tkir yurak etishmovchiligini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qorinchalararo yurak tug‘ma nuqsoni mushakli qismi chegaralarida dag‘al tolali fibroz to‘qima bilan qoplanganligini kompleks tekshirishlar majmuasi tarkibida bo‘lgan EKG tekshiruvi orqali o‘tkazuvchi yo‘llarini oldindan profilaktika qilishlik bemorlarni to‘satdan jonlantirish bo‘limiga tushishi va 1 kunlik 750 ming so‘mlik sarf xarajatni (Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston respublikasida voyaga etmaganlarni tekshirish bepul bo‘lib, barcha sarf xarajatlar davlat byudjetidan qoplanadi; istisno tariqasida xususiy davolash muassasalari bundan mustasno bo‘lib, jonlantirish bo‘limidagi sutkalik sarf xarajat uchun davlat byudjetidan o‘rtacha 750 mingdan 1200 ming so‘mgacha mablag‘ sarflanadi) iqtisod qilishga olib keladi. Xulosa: o‘rtacha xar bir qorinchalar aro yurak devori tug‘ma nuqsoni bilan xastalangan bemorni o‘z vaqtida ishonchli ExoKG tekshiruvidan o‘tkazish va aniqlangan kasallikni to‘g‘ri davolanishga yo‘naltirish xisobiga byudjet mablag‘laridan 1 ta bemorga o‘rtacha sutkalik 750 ming so‘mdan byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qorinchalararo yurak devori tug‘ma nuqsonida jarrohlikdan keyingi autoperikardial to‘qima bilan plastika qilishdan keyingi davrga o‘tishi bilan nuqson atrofidagi biriktiruvchi to‘qima adgeziyalanib, bir butun bir-biriga o‘sib kirgan dag‘al tolali fibroz to‘qimaga aylanganligi, atrofidagi mushak tolalari gipertrofiyalanib, betartib joylashganligi haqidagi morfologik ma’lumotlar jarrohlikdan keyin bemorni to‘g‘ri reablitatsiya qilishda fundamental asos sifatida xizmat qilishga kasallanish ko‘rsatkichlarini keskin kamaytirishga imkon beradi.Farg‘ona viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 12.04.2023 y; 31-sonli buyrug‘i, Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 13.06.2023 y; 93-4 sonli buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi 10.04.2023 y; I-09/46-1-ich-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Toshkent shahar, Farg‘ona viloyati va Samarqand viloyati shahar aholisida yurak tug‘ma nuqsonlari bilan xastalangan bemorlarda o‘tkir yurak etishmovchiligini yuzaga kelishini oldini olish va o‘lim ko‘rsatkichi darajasini kamaytirish maqsadida autoperikardial to‘qima bilan plastika qilish jarroxlik amaliyotini qo‘llashlikdagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldindan reabilitatsiya va profilaktika tadbirlarini aniq yo‘naltirish orqali o‘lim ko‘rsatkichi 2022 yil bo‘yicha kamayganligi ko‘rsatilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Toshkent shahar, Farg‘ona viloyati va Samarqand viloyati shahar aholisida yurak tug‘ma nuqsoni bilan statsionar davolash muddati o‘rtacha 14-28 kun bo‘lgan bo‘lsa, 2023 yil 10 aprel va 13 iyun oylaridan keyin ushbu ko‘rsatkichlar 2 barobarga qisqarganligi kuzatildi. 2023 yil 2 chorak bo‘yicha yurak tug‘ma nuqsonlari bo‘yicha amalga oshirilgan jarroxlik amaliyoti bo‘yicha davolanayotgan bemorlarda sutkalik mablag‘ o‘rtacha 2 barobarga qisqarganligi davlat byudjetidan o‘rtacha 10500 ming so‘mni davlat byudjetidan iqtisod qilinishiga olib kelgan. Xulosa: Toshkent shahar, Farg‘ona viloyati va Samarqand viloyati axolisida yurak tug‘ma nuqsoni bilan xastalanib davolanayotgan bemorlarda davolanish muddati o‘rtacha 7-14 kungacha qisqarganligi va bu xolat davlat byudjetidan o‘rtacha 10 mln 500000 so‘mni davlat byudjetidan iqtisod qilish imkonini berdi.