Primov Farxod Sharifjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda qorinning shoshilinch patologiyalarida endovizual xirurgiyaning taktik va texnikaviy jixatlarini takomillashtirish», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib723.
Ilmiy maslahatchi: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Sokolov Yuriy Yur`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Salimov Shavkat Teshaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ollabergenov Odilbek Tajiddinovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: endovideojarrohlik aralashuvlarning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish orqali bolalarda qorin bo‘shlig‘i shoshilinch patologiyasini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda ingichka ichak invaginatsiyalarida endovideoxirurgik aralashuv usuli takomillashtirildi, bu jarrohlik aralashuvini minimallashtirish, operatsiyadan keyingi davrda bemor xolatining yaxshi kechishi chastotasini va operatsiyadan keyingi uzoq muddatli davrda uning hayot sifatini oshirish imkonini bergan;
bolalardagi kombinatsiyalangan travma fonida qorin bo‘shlig‘ining yopiq jarohatlarida minimal invaziv aralashuvlarni o‘tkazishdagi ko‘rsatmalar, maqsadga muvofiqlik va cheklovlarni ko‘p faktorli ko‘rib chiqish zarurati aniqlangan;
qorin bo‘shlig‘ining yopiq jarohatlarida minimal invaziv jarrohlikni qo‘llash natijalariga ta’sir qiluvchi xavf omillari aniqlanib, shoshilinch tibbiy yordam sifatini baholash va kombinatsiyalangan travma bilan og‘rigan bolalarning ahvoli og‘irligi bo‘yicha taqsimlanishini differensiatsiyasi o‘tkazilgan, shu jumladan pediatriya xizmati faoliyatining yo‘naltirilganligi va yo‘lga qo‘yilganligi bilan dissiplinalararo yondashish nuqtai nazaridan;
o‘tkir asoratlangan appendisitda ijobiy laparoskopik natijalarni bashorat qilish uchun operatsiyadan keyingi davrda konversiyalar va asoratlar uchun asosiy patogenetik xavf omillarini aniqlash bilan birga individual yondashuv zarurligi aniqlangan;
bolalarda appendisit asoratlarining klinik kechishi va og‘irligiga qarab, laparoskopik appendektomiya natijalariga ta’sir qiluvchi asosiy klinik va patogenetik perioperativ omillar aniqlangan;
qorin bo‘shlig‘ining shoshilinch patologiyasi bo‘lgan bolalarda konversiyalar va ular bilan bog‘liq operatsiyadan keyingi asoratlar uchun asosiy xavf omillari aniqlandi,  ularning hisobini yuritish, jarrohlik davolash taktikasini tanlashni optimallashtirish uchun zarurligi belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2023 yil 31 avgustdagi 7 son xulosasiga ko‘ra (Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 30.08.2023y., 01/08-1297 sonli xat yuborilgan):
ishlab chiqilgan laparoskopik dezinvaginatsiya usuli irrigoskopiya va ichak ichi bosimining 90 mm sim. ust.gacha ko‘tarilishi bilan laparoskopiyani birgalikda qo‘llashni o‘z ichiga olgan bo‘lib, dezinvaginatsiya jarayoni hamda ichak devorlari holatini vizual nazorat qilish va soddalashtirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: bolalarda ingichka ichak invaginatsiyasida taklif etilgan endovideoxirurgik amaliyot usuli Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazining  2023 yil  31 avgustdagi 96-ich sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda ichak invaginatsiyasini laparoskopik xirurgik davolashning optimallashtirilgan texnikasi operatsiya davomiyligining qisqarishi, intraoperatsion qon yo‘qotishning kamayishi bilan birga gospitalizatsiya davomiyligini 11,7±1,4 sutkadan 5,8±1,0 sutkagacha va asoratlar sonini 17,8% dan 1,1% gacha qisqartirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan jarrohlik usulining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 1 nafar bemor uchun shifoxonada yotish davomiyligining deyarli 6 kunga qisqarishi hisobiga 928 837 so‘m, bog‘lov sonining qisqarishi hisobiga esa iqtisodiy samaradorlik 45 600 so‘mni tashkil etdi. Asoratlarni davolash uchun sarf xarajatlar ularni davolash uchun sarf harajatlarning kamayishi hisobiga 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 973 000 so‘mga kamaydi. Yiliga 26 ta shunday operatsiya o‘tkazilishini inobatga olgan holda yangi usulning tatbiq etilishi natijasida asoratlar soni 17,8% dan 1,1% gacha kamaygan, bu 5 nafar bemorni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, asoratlarning kamayishi hisobiga 4 868 385 so‘m (1 nafar bemorga 928 837 so‘m), 26 nafar bemorning shifoxonada yotish davomiyligining qisqarishi hisobiga esa umumiy iqtisodiy samaradorlik 24 149 762 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: yangi jarrohliq amaliyotining tatbiq etilishi bir nafar bemor uchun 974 437 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi, barcha omillarni inobatga olgan holda byudjet mablag‘larining yillik iqtisodiy samaradorlik 30 203 747 so‘mni tashkil etdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bolalarda qorinning shoshilinch patologiyalarida endovizual xirurgiyaning taktik va texnikaviy jixatlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori tomonidan 30.08.2023 yildagi 01/0/-1297-sonli xat bilan yuborilgan;
fanlararo va mul`timodal yondashuvlar qo‘shma jarohatlar fonida qorinning yopiq jarohatlari bo‘lgan bolalarni muvaffaqiyatli davolash va endovideoxirurgik amaliyotdan samarali foydalanish uchun zarur sharoit hisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: bolalarda qo‘shma jarohatlar fonida qorinning yopiq jarohatlarida kaminvaziv amaliyotlarni o‘tkazishga ko‘rsatmalarning optimallashtirilishi Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazining  2023 yil  31 avgustdagi 96-ich sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalardagi qo‘shma jarohatlar fonida qorinning yopiq jarohatlarida kaminvaziv amaliyotlarni o‘tkazishga ko‘rsatmalarni optimallashtirish 50 % hollarda asossiz laparotomiyalarni oldini olish; yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni minimallashtirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kaminvaziv amaliyotlar ulushining ortishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 148 000 so‘m (laparotomik operatsiya narxi – 539 000 so‘m, laparoskopik operatsiya – 391 000 so‘m) iqtisod qilindi. Bolalarda qo‘shma jarohatlar fonidagi qorinning yopiq jarohatlarida 22 ta laparotomik operatsiyalar amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra ularning 50 % da kaminvaziv amaliyot o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Bundan yillik iqtisodiy samaradorlik – 1 628 000 so‘mni (11 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: kaminvaziv amaliyotlarga ko‘rsatmalarni tanlash uchun optimallashtirilgan mezonlarning joriy etilishi bir nafar bemor uchun 148 000 so‘m va mos ravishda yiliga 1 628 000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bolalarda qorinning shoshilinch patologiyalarida endovizual xirurgiyaning taktik va texnikaviy jixatlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori tomonidan 30.08.2023 yildagi 01/0/-1297-sonli xat bilan yuborilgan;
qorinning yopiq jarohatlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ixtisoslashtirilgan xirurgik yordamning takomillashtirilishi har bir bosqichda (shifoxonagacha, reanimatsion, ixtisoslashtirilgan klinik va reabilitatsion) dominant zararlanishga bog‘liq holda ratsional davolash taktikasini tanlashni optimallashtirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qorinning yopiq jarohatlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ixtisoslashtirilgan xirurgik yordamning takomillashtirilishi Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2023 yil  31 avgustdagi 96-ich sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: asoratlar soni 12,5 % ga (25,8 % dan 13,3 % gacha) qisqargan; o‘lim soni 10 % ga kamaygan; shifoxonada qolish davomiyligi 3 kunga qisqargan; ushbu operatsiyalardan keyingi hayot sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun shifoxonada qolish davomiyligi 3 kunga qisqargani hisobiga 472 209 so‘m (davolashning 1 sutkasi – 157 430 so‘m), shuningdek, bog‘lovlar sonining kamayganligi uchun 22 800 so‘m (1 ta bog‘lov – 7 600 so‘m) iqtisod qilindi. Bir yilda jarohatlarda jami 57 ta, jumladan, 35 ta laparoskopik va 22 ta laparotomik operatsiyalar o‘tkaziladi. Asoratlar ulushining 12,5 % ga kamayishi asoratli kechish bo‘lgan bemorlar sonini 15 dan 8 nafargacha kamaytirish imkonini beradi. Bundan kelib chiqqan holda, shifoxonada qolish davomiyligining qisqarishi hisobiga asoratlarni davolash uchun 370 554 so‘m (1 kunlik davolash – 123 518 so‘m), 7 nafar bemorga bir yilga 864 626 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: qorinning yopiq jarohatlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ixtisoslashtirilgan xirurgik yordamning joriy etilishi bir nafar bemor uchun 495 090 so‘m tejash imkonini berdi, byudjet mablag‘larining yillik iqtisodiy samaradorlik 28 220 130 so‘m (57 nafar bemor uchun) va asoratli kechishining qisqarishi fonida 864 626 so‘mni tashkil etdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bolalarda qorinning shoshilinch patologiyalarida endovizual xirurgiyaning taktik va texnikaviy jixatlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori tomonidan 30.08.2023 yildagi 01/0/-1297-sonli xat bilan yuborilgan;
yallig‘lanish jarayonining tarqalganligini baholash, kasallikning morfologik shakli verifikatsiyasida laparoskopik texnologiyalar ob’ektiv hisoblanadi va kataral hamda flegmonoz appendisitning 100 % holatida, kasallikning gangrenoz-perforativ shaklining 87,3 % ida samarali bo‘ladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumot Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazining  2023 yil  31 avgustdagi 96-ich sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik amaliyoti davomiyligi (62,2±7,3 daq. laparotomiyaga qarshi 52,4±6,4 daq.) hamda bemorlarning shifoxonada qolish muddati (7,2±1,2 kun laparotomiya guruhiga qarshi 4,3±1,2 kun) qisqargan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bir nafar bemor uchun shifoxonada qolish davomiyligi 7,2 kundan 4,3 kungacha (3 kun) qisqargani hisobiga iqtisodiy samaradorlik 363 600 so‘mni (1 sutka – 121 200 so‘m), shuningdek, bog‘lovlar sonining kamayishi natijasida 22 800 so‘mni (1 ta bog‘lam – 7 600 so‘m) tashkil etadi. Bir yilda 270 ta laparoskopik operatsiyalar o‘tkazilib, shifoxonada qolish davomiyligi qisqarishi hisobiga umumiy iqtisodiy samaradorlik 98 172 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: bolalardagi o‘tkir appendisitda qo‘llanilgan laparoskopik texnologiyalar bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan 386 400 so‘m tejash imkonini beradi. Yillik iqtisodiy samaradorlik esa 98 172 000 so‘mni (270 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bolalarda qorinning shoshilinch patologiyalarida endovizual xirurgiyaning taktik va texnikaviy jixatlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori tomonidan 30.08.2023 yildagi 01/0/-1297-sonli xat bilan yuborilgan;
bolalarda asoratlangan o‘tkir appendisitni davolashda laparoskopiyani qo‘llash ko‘rsatkichining ortishi va endovizual xirurgik faollikning joriy etilishi 37,9 % dan 76,4 % gacha asosiy perioperativ omillarni inobatga olgan holda optimal usulni tanlashga taktik yondashuvlar strukturasini o‘zgartirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘tkir appendisitli bolalarga ko‘rsatiladigan ixtisoslashtirilgan xirurgik yordamning takomillashtirilishi Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2023 yil 31 avgustdagi 96-ich sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: konversion appendektomiya ko‘rsatkichlari 12 % dan 7,5 % gacha kamaygan; operatsiyadan keyingi o‘ziga xos asoratlari soni 8,6 % dan 3,3 % gacha qisqargan; ijobiy natijalar ulushi 60,1 % dan 85,1 % gacha oshgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kaminvaziv amaliyotlar ulushining ortishi hisobiga 1 nafar bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 150 000 so‘mni (laparotomik operatsiyaning narxi – 540 000 so‘m, laparoskopik operatsiya – 390 000 so‘m) tashkil etdi. Bir yilda bolalardagi appendisitda 121 ta laparotomik operatsiya o‘tkaziladi. Agar 76,5 % bemorda (121 nafar bemordan 90 nafarida) laparoskopiya amaliyoti o‘tkazilsa, yillik iqtisodiy samaradorlik 13 500 000 so‘mni tashkil etadi.  asoratlar ulushi 12% dan 7,5 % gacha kamaygani hisobiga bir nafar bemor uchun 549 363 so‘m tejaladi (asoratlarni davolashning 1 kuni – 183 121 so‘m). yil davomida asoratli kechish 17 nafargacha kamayadi (391 ta operatsiyadan) va yillik samaradorlik 9 339 171 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: o‘tkir appendisitning asoratlangan shakli bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ixtisoslashtirilgan xirurgik yordamning joriy etilishi bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan 150 000 so‘m tejalishiga erishildi, yillik iqtisodiy samaradorlik esa 13 500 000 so‘m (90 nafar bemor uchun) va 9 339 171 so‘mni tashkil etadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bolalarda qorinning shoshilinch patologiyalarida endovizual xirurgiyaning taktik va texnikaviy jixatlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori tomonidan 30.08.2023 yildagi 01/0/-1297-sonli xat bilan yuborilgan;
o‘tkir abdominal patologiyali bolalarda xirurgik davolash usulini tanlashda ishlab chiqilgan algoritmlar va mul`tidissiplinar yondashuvdan foydalanish endoxirurgik texnologiyalar samaradorligi va imkoniyatlarini oshirish, operatsiyadan keyingi yaqin va kech davrda qoniqarsiz natijalar sonini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: o‘tkir abdominal patologiyali bolalarga ko‘rsatiladigan ixtisoslashtirilgan xirurgik yordamning takomillashtirilishi Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2023 yil 31 avgustdagi 96-ich sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: konversion amaliyotlar ko‘rsatkichi kamaygan; operatsiyadan keyingi o‘ziga xos asoratlar soni kamaygan; shifoxonada davolanish davomiyligi qisqargan; ijobiy natijalar ulushi ortgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kaminvaziv amaliyotlar ulushining ortganligi hisobiga bir nafar bemor uchun 150 000 so‘m (laparotomik operatsiya – 540 000 so‘m, laparoskopik operatsiya – 390 000 so‘m) tejaldi. Bir yilda bolalardagi o‘tkir abdominal patologiyada 358 ta laparotomik operatsiya o‘tkaziladi. Agar ularning 50 % da (358 nafar bemordan 179 nafarida) laparoskopik operatsiya o‘tkazilsa, yillik iqtisodiy samaradorlik 26 850 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: o‘tkir abdominal patologiyali bolalarga ko‘rsatiladigan xirurgik yordamning tatbiq etilishi natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan 150 000 so‘m tejaldi, byudjet mablag‘larining yillik iqtisodiy samaradorligi esa 26 850 000 so‘mni tashkil etdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bolalarda qorinning shoshilinch patologiyalarida endovizual xirurgiyaning taktik va texnikaviy jixatlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktori tomonidan 30.08.2023 yildagi 01/0/-1297-sonli xat bilan yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish