Karimov Nodir Raxmonqulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XX asrning ikkinchi yarmi - XXI asr boshlari xorij tarixshunosligida Hakim Termiziy va Abu Iso Termiziy ilmiy merosining o‘rganilishi”, 07.00.08 - “Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.3.PhD/Tar.381.
Ilmiy rahbar: Doniyorov Alisher Xudayberdievich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01. 
Rasmiy opponentlar: Dilorom Yunusovna Yusupova, tarix fanlari doktori, akademik; Jo‘rabek Omonovich Cho‘tmatov, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitet.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida Hakim Termiziy va Abu Iso Termiziy ilmiy merosiga oid xorijiy tadqiqotlarning yuzaga kelish omillari, tadqiqotlarni o‘zgarib borish dinamikasini ko‘rsatish hamda ushbu merosning jahon ilm-fani rivojidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Hakim Termiziy asos solgan “hakimiya” maktabida avliyolik nazariyasi “Xatm ul-avliyo” asari orqali targ‘ib qilinganligi, malomatiylik, naqshbandiylik, moturidiylik, shoziliya tariqatlarining g‘oyalari shakllanishiga ta’sir etganligi, Ibn Arabiy, Imom G‘azzoliy kabi mutasavvif olimlarning nazariyalari uchun muhim manba vazifasini bajarganligi asoslangan;
Hakim Termiziy ilmiy merosiga e’tibor Misr, Turkiya, Pokiston, Malayziya va Singapur kabi mamlakatlarning islom dini g‘oyalariga oid ma’naviy ehtiyojlari bilan bog‘liqligi, uning mutasavvif olim sifatida tan olinganligi, Eron va Tojikistonda fors-tojik olimi sifatida e’tirof etilganligi, Isroilda yahudiylik dini ta’limotlarining olim g‘oyalariga ta’siri ochiqlangan;
Abu Iso Termiziy “Sunani Termiziy”da hadislarni to‘plash, saralash, ishonchliligini ta’minlash uchun Imom Buxoriy metodologiyasi va turkumlashidan foydalanganligi, ushbu jarayon asarning “Al-kutub as-sitta”dan o‘rin olishini ta’minlaganligi, g‘arb va sharq tadqiqotchilari olimning hadislar to‘plamidan bahsli masalalarda dalil sifatida keng foydalanayotganligi ochib berilgan;
XIX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarida g‘arb olimlarining islom dini va hadisshunoslik ilmiga bag‘ishlangan tadqiqotlari sifat va uslub jihatdan o‘zgargani, din borasida vujudga kelgan ilmiy g‘oya va yo‘nalishlar tadrijiy rivojlanib borganligi Hakim Termiziy va Abu Iso Termiziyning yozma merosini ilmiy anglash darajasi o‘sishi bilan bog‘liq holda kechganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning ikkinchi yarmi — XXI asr boshlari xorij tarixshunosligida Hakim Termiziy va Abu Iso Termiziy ilmiy merosining o‘rganilishi mavzusi yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Hakim Termiziy asos solgan “hakimiya” maktabida avliyolik nazariyasi “Xatm ul-avliyo” asari orqali targ‘ib qilinganligi, malomatiylik, naqshbandiylik, moturidiylik, shoziliya tariqatlarining g‘oyalari shakllanishiga ta’sir etganligi, Ibn Arabiy, Imom G‘azzoliy kabi mutasavvif olimlarning nazariyalari uchun muhim manba vazifasini bajarganligi, Hakim Termiziy ilmiy merosiga e’tibor Misr, Turkiya, Pokiston, Malayziya va Singapur kabi mamlakatlarning islom dini g‘oyalariga oid ma’naviy ehtiyojlari bilan bog‘liqligi, uning mutasavvif olim sifatida tan olinganligi, Eron va Tojikistonda fors-tojik olimi sifatida e’tirof etilganligi, Isroilda yahudiylik dini ta’limotlarining olim g‘oyalariga ta’siri ochiqlanganligiga oid xulosa va ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2016-yil 28-oktyabrdagi 08/1 76-son bilan tasdiqlangan 128-bayonnomasida belgilangan) qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining “BA 1-047 — Termizlik allomalar asarlari qo‘lyozmalari katalogini tayyorlash va nashr qilish” amaliy loyihasi ijrochilari tomonidan tayyorlangan “Termizlik olimlar asarlari qo‘lyozmalarining katalogi (tuzatilgan va to‘ldirilgan nashri)” kitobini nashr etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2019-yil 17-sentyabrdagi 3/1255-2491-son ma’lumotnomasi). Bu Hakim Termiziy va Abu Iso Termiziy ilmiy merosining hajmini, qaysi kutubxona, markaz va qo‘lyozma fondlarida saqlanishini aniqlashga xizmat qilgan; 
Abu Iso Termiziy “Sunani Termiziy”da hadislarni to‘plash, saralash, ishonchliligini ta’minlash uchun Imom Buxoriy metodologiyasi va turkumlashidan foydalanganligi, ushbu jarayon asarning “Al-kutub as-sitta”dan o‘rin olishini ta’minlaganligi, g‘arb va sharq tadqiqotchilari olimning hadislar to‘plamidan bahsli masalalarda dalil sifatida keng foydalanayotganligi, XIX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarida g‘arb olimlarining islom dini va hadisshunoslik ilmiga bag‘ishlangan tadqiqotlari sifat va uslub jihatdan o‘zgargani, din borasida vujudga kelgan ilmiy g‘oya va yo‘nalishlar tadrijiy rivojlanib borganligi Hakim Termiziy va Abu Iso Termiziyning yozma merosini ilmiy anglash darajasi o‘sishi bilan bog‘liq holda kechganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 19-apreldagi 128-son buyrug‘iga asosan nashrga tayyorlangan “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, tarixshunosligi va manbashunosligi” nomli o‘quv qo‘llanmaning 7-bobidagi “Qurʼon va qurʼonshunoslik”, “Hadis va muhaddislar”, “Tafsir ilmi” va “Islomshunoslik” paragraflarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 28-sentyabrdagi 89-033-274-son ma’lumotnomasi). Bu Qurʼon, hadis, tasavvuf tarixi tarixshunosligi masalalarini talabalarga yanada to‘liqroq etkazib berishga xizmat qilgan.


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish