Sufieva Dilafruz Ulugbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Normativ-huquqiy hujjatlar gender ekspertizasining tashkiliy-huquqiy mexanizmlari», 12.00.02 – «Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi» (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu410.
Ilmiy rahbar: Yakubov Shuhrat Ummatalievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Xayitov Xushvaqt Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Muhitdinova Feruza Abdurashidovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda normativ-huquqiy hujjatlar gender ekspertizasining tashkiliy-huquqiy asoslari va uni samarali amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gender-huquqiy ekspertiza bu – normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiqligi ekanligi asoslab berilgan;
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan normativ-huquqiy hujjatning yoki uning loyihasining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiq emasligini aniqlashga qaratilishi zarurligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar ro‘yxatiga Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” (Women, Business and Law) indeksini kiritish zarurligi asoslab berilgan;
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari gender-huquqiy ekspertizasining vazifalari doirasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari qabul qilinishining yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini inson huquqlari va gender tenglikka rioya etish, shuningdek, amalda qo‘llash mexanizmlarini kafolatlash va ta’minlash nuqtai nazaridan baholash hamda normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalaridagi qoidalarning gender tenglik prinsiplariga salbiy ta’sirining oldini olish (ogohlantirish) kirishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Norma ijodkorligida gender-huquqiy ekspertizadan foydalanishning nazariy va huquqiy masalalarini tadqiq etish asosida:
gender-huquqiy ekspertiza bu – normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiqligi ekanligi haqidagi taklif “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 27-apreldagi 13-son ma’lumotnomasi). Natijalar huquq ijodkorligi jarayonida gender-huquqiy ekspertizasi maqomini belgilash va uni amalga oshirish orqali gender-ta’sirchan qonunchilikni yaratilishiga xizmat qilgan;
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan normativ-huquqiy hujjatning yoki uning loyihasining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiq emasligini aniqlashga qaratilishi zarurligi haqidagi taklif “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 27-apreldagi 13-son ma’lumotnomasi). Natijada gender-huquqiy ekspertizasining asosiy yo‘nalishlari belgilanib, uning doirasiga kiruvchi asosiy masalalarni aniqlashtirilishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar ro‘yxatiga Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” (Women, Business and Law) indeksini kiritish zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” gi 2022-yil 23-avgustdagi PF–197-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi 2020-yil 2-iyundagi
PF–6003-son Farmonini takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 7-avgustdagi 25-12/1694-son ma’lumotnomasi). Natijalar eng yaxshi xorijiy amaliyotlar asosida o‘zgarishlarni tashabbus qilish va natijalarni muntazam ravishda tahlil qilib borish orqali gender siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari gender-huquqiy ekspertizasining vazifalari doirasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari qabul qilinishining yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini inson huquqlari va gender tenglikka rioya etish, shuningdek, amalda qo‘llash mexanizmlarini kafolatlash va ta’minlash nuqtai nazaridan baholash hamda normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalaridagi qoidalarning gender tenglik prinsiplariga salbiy ta’sirining oldini olish (ogohlantirish) kirishi haqidagi takliflar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-martdagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 5-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyatining 2021-yil 24-martdagi 07/1-653-son ma’lumotnomasi). Natijalar milliy qonunchiligimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni cheklovchi qoidalar belgilanishini oldini olishga xizmat qilgan.