Ne’matov Xusan Ibodullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tabiiy gazlarni adsorbsion quritish jarayonini takomillashtirish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T1924.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Olim Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kombinatsion adsorbent qatlamlarini qo‘llash orqali tabiiy gazlarni adsorbsion quritish jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy gazning gidrat hosil qilish vaqtiga harorat va bosimning ta’siri, ya’ni -70C harorat va 5,5 MPa bosimda gazning gidrat hosil qilish vaqti 2,1 sekundni, 00C harorat va 5,5 MPa bosimda esa 0,7 sekundni tashkil etishi aniqlangan;
tabiiy gaz gidrat hosil qilishi uchun 0oC haroratda 18,32 kkal/mol, 8,8oC haroratda 20,04 kkal/mol energiya sarflanishi ilmiy asoslangan;
K1:KSMG:KA-1 adsorbentlarning kombinatsion qatlami yordamida 28oC harorat va 5,5 MPa bosimda tabiiy gaz tarkibidagi namlikni maksimum 48,2 ppm gacha kamaytirish mumkinligi isbotlangan;
tarkibidagi namlik miqdori 745 ppm ga teng bo‘lgan tabiiy gazni quritish jarayonida K1:KSMG:KA-1 adsorbentlarning kombinatsion qatlamining adsorbsion faollik davomiyligi 12 soatni, KA seolitiniki esa 7 soatni tashkil etishi isbotlangan;
K1:KSMG:KA-1 adsorbentlarning kombinatsion qatlamini kiritish orqali amaldagi tabiiy gazni adsorbsion quritish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy gazlarni adsorbsion quritish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tabiiy gazni quritish texnologiyasida K1:KSMG:KA-1 kombinatsion adsorbent qatlamini qo‘llash usuli “O‘zbekneftgaz” AJ “Sho‘rtanneftgaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zbekneftgaz” AJ “Sho‘rtanneftgaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2023 yil 25 yanvardagi OP 02/EM-1083-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, K1:KSMG:KA-1 kombinatsion adsorbentlar qatlami yordamida 28oS harorat va 5,5 MPa bosimda tabiiy gaz tarkibida suv miqdorini 48,2 ppm gacha kamaytirish imkonini beradi;
tabiiy gazni kombinatsion adsorbentlar yordamida quritishning takomillashtirilgan texnologiyasi “O‘zbekneftgaz” AJ “Sho‘rtanneftgaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zbekneftgaz” AJ “Sho‘rtanneftgaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2023 yil 25 yanvardagi OP 02/EM-1083-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, K1:KSMG:KA-1 kombinatsion adsorbent qatlamini joriy etish orqali adsorbsiyalash vaqti 6 soat 12 soatgacha uzaytirilishi va regenratsiyalash jarayoni esa ikki baravargacha kamaytirish imkonini beradi.