Muzaffarov Behzodjon Yunus o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Almashinuv va doimiy tishlov davrida bolalar tish-jag‘ tizimi anomaliyalari profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2137.
Ilmiy rahbar: Saidov Akbar Ahadovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Habibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori; Akbarov Avzal Nigmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti» (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: almashinuv va doimiy tishlov davrida bolalar tish-jag‘ tizimi anomaliyalarini bola yoshiga bog‘liq holda profilaktika usullarini  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda almashinuv va doimiy tishlov davrida tish-jag‘ anomaliyalarining  xavf omillarining tishlov anomaliyasi yuzaga kelishidagi o‘rni aniqlangan;
ortopantomogramma va telerentgenografiya usullari interpretatsiyasi optimallashtirilgan va tekshiruvlar tahlili bemorlardagi yuqori va pastki jag‘ tish qatorlari yoyi holatlari, tishlovning munosabati va tishlar chiqish ketma-ketligini tahlil qilib, tish-jag‘ tizimi anomaliyalarini erta aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
bolalarda tish-jag‘ tizimi anomaliyalarining oldini olishga qaratilgan qisqa va uzoq muddatli kuzatishlar davomida etarli samaradan iborat bo‘lgan algoritm ishlab chiqilgan, bu algoritmda ilk bor bola yoshi va anomaliya turiga qarab profilaktika choralari ishlab chiqilgan;
bolalarda almashinuv va doimiy tishlov davrlarida, ularning yoshi va anomaliya turiga qarab miofunksional aparatlar va miogimnastikaning ijobiy samarasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 12 iyuldagi  23-Z/050-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bemor bolalarda stomatologik xizmatni yaxshilash imkonini beruvchi «Bolalarda tish qatorlari va tishlov anomaliyalarini erta aniqlash va davo-profilaktikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘rganilgan bemor bolalarda almashinuv va doimiy tishlov davrida  tish-jag‘ tizimi anomaliyalarini bola yoshiga bog‘liq holda profilaktika usullari  takomillashtirish, tish-jag‘ tizimini morfo-funksional rivojlanishi o‘z vaqtida kechishini ta’minlash va bolalarda kosmetik nuqsonlar oldi olish imkonini bergan; almashinuv va doimiy tishlov davrida bolalar tish-jag‘ tizimi anomaliyalari profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Olot va Vobkent tuman tibbiyot birlashmalari stomatologik poliklinikalariga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 10 yanvardagi 8n-r/26-son xulosasi). Natijada bolalarda tish-jag‘ tizmida shakllanayotgan anomaliyalar oldi olingan. Bolalarda tish-jag‘ tizmi anomaliyalarini erta aniqlab, davolashni erta boshlash bo‘yicha tavsiya etilgan kompleks profilaktika algoritmi tish-jag‘ tizimi ish holatini aniqlashga va kasallik asoratlari yaqqol rivojlanishining oldini olishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda almashinuv va doimiy tishlov davrida tish-jag‘ anomaliyalarini erta tashxislashga imkon bergan. Bolalar stomatologik salomatligi klinik va tibbiy-ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish orqali profilaktikani samarali bo‘lishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: almashinuv va doimiy tishlov davrida bolalar stomatologik salomatligi tibbiy-ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish natijalari stomatologik xizmatni tashkil etishda, o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi orqali sarflanadigan xarajatlarni 1 250 000 so‘mga kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: almashinuv va doimiy tishlov davrida bolalar stomatologik salomatligi tibbiy-ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish natijalari stomatologik xizmatni tashkil etishda, o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi hisobiga 1 nafar bemor uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning 1 250 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ish natijalari Buxoro viloyati Olot tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha 26.04.2022 yildagi, hamda Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha 15.05.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ortopantomogramma va telerentgenografiya tahlili bolalardagi tish-jag‘ tizimi anomaliyalar shakllanishi va rivojlanishining diagnostik mezoni sifatida tavsiya etilganligi rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlar oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida profilaktika chora tadbirlari tibbiy-ijtimoiy samaradorligini oshirish evaziga bolalar stomatologik salamatligi yaxshilangan.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ortopantomogramma va telerentgenografiya tahlili bolalardagi tish-jag‘ tizimi anomaliyalar shakllanishi va rivojlanishining diagnostik mezoni sifatida tavsiya etilganligi bemorlarning poliklinikada boshqa tekshiruvlarga qatnamasligi hisobiga 350 000 so‘mga kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: ortopantomogramma va telerentgenografiya tahlili diagnostik mezoni sifatida tavsiya etilganligi  1 nafar bemor sarflanadigan mablag‘larni 350 000 so‘mga  iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ish natijalari Buxoro viloyati Olot tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha 26.04.2022 yildagi, hamda Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha 15.05.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tish qatorlari va tishlov anomaliyalari bo‘lgan  bolalarni kompleks profilaktikasida erta almashinuvchi tishlov - 6-9 yoshda- miobreys, LM-aktivator, kechki almashinuv tishlov - 10-13 yoshda- okklyuzion satxni normallashtirish uchun kappalar, breketlardan foydalanish, doimiy tishlov - 14-18 yoshda- okklyuzion satxni normallashtirish uchun kappalar, breketlardan foydalanish, amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi stomatologlarga bemorlarni  profilaktika natijalarni yaxshilash uchun maqsadli yondashuv imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda tish qatorlari va tishlov anomaliyalari erta aniqlash, tekshiruvni takomillashtirish, ortodontik  davoni o‘z vaqtida olib borish, kelajakda qimmat davolanishni tejashga imkon bergan. Bolalarda anomaliyalarni oldini olishdagi profilaktika maqsadida qo‘llangan ortodontik aparatlar uchun  1 nafar bemorga 1 500 000 so‘mgacha kamaytirgan. Xulosa: tish qatorlari va tishlov anomaliyalari bo‘lgan  bolalarni kompleks profilaktika algoritmi, amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi stomatologlarga bemorlarni  profilaktika natijalarni yaxshilash uchun maqsadli yondashuv imkoniyatini berib, og‘ir turdagi tish-jag‘ tizimi anomaliyalari oldini olish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ish natijalari Buxoro viloyati Olot tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha 26.04.2022 yildagi, hamda Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha 15.05.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda almashinuv va doimiy tishlov davrlarida chaynov va mimik mushaklarini bolalar yoshi va anomaliya turiga qarab miogimnastika usullari o‘tkazilganligining ijobiy samaradorligiga erishish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda almashinuv va doimiy tishlov davrlarida chaynov va mimik mushaklarini bolalar yoshi va anomaliya turiga qarab miogimnastika usullari o‘tkazilganligi ahamiyatli ekanligi ko‘rsatilib, uning stomatologiya amaliyotida qo‘llanilishi o‘tkazilgan profilaktika natijalarni yaxshilashga imkon berib, profilaktika muddatini 1 yildan 9 oygacha qisqartirib,  byudjet mablag‘larini 950 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: bolalarda almashinuv va doimiy tishlov davrlarida chaynov va mimik mushaklarini bolalar yoshi va anomaliya turiga qarab miogimnastika usullari o‘tkazilganligi 1 nafar bemorga byudjet mablag‘larini 950 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Olingan ilmiy-amaliy ish natijalari Buxoro viloyati Olot tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha 26.04.2022 yildagi, hamda Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha 15.05.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Muzaffarov Behzodjon Yunus o‘g‘lining  «Almashinuv va doimiy tishlov davrida bolalar tish-jag‘ tizimi anomaliyalari profilaktikasini takomillashtirish» mavzusidagi  dissertatsion tadqiqotda olingan yuqoridagi 4 ta  ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 28 dekabrdagi  04/8939- sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqadim etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish