Saidazizova Shaxlo Xibziddinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda insul`tlar: patogenez, tashxislash, okibatlar (psixologik-ijtimoiy i nevrologik)», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib371.
Ilmiy raxbar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlar kasbiy malakasini rivojlantirish markazi DSc 04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Zikov Valeriy Petrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Raximbaeva Gulnara Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimova Malika Maxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bolalarda insul`tning o‘ziga xosliklari, tipi va yoshga bog‘lik oqibatlarini xisobga olgan holda genetik xususiyatlarini aniqlash, shuningdek profilaktika taktikasini optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalarda infeksion omil va qon tomirlarning endotelial disfunksiyasi sababli ishemik insultlarning gemorragik transformatsiyasi natijasida og‘ir kechuvchi aralash turi rivojlanishi isbotlangan;
turli yoshdagi bolalarda insult takrorlanish xavfi insult sodir bo‘lgan yoshga (bola qanchalik katta bo‘lsa, qaytalanish xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi), insult turiga (arteriopatiya va metabolizm buzilish bilan kechuvchi kasalliklar) bevosita bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor insult o‘tqazgan yosh bolalarda K vitamin konsentratsiyasi bilan o‘rtacha omon qolish darajasi, cheklangan o‘rtacha yashash muddati, salbiy oqibatlarning yuqori bo‘lishi orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
vaskulogenez va angiogenez uchun ma’sul bo‘lgan qon tomir endotelial o‘sish omilining (VEGF, S634G, rs2010963) polimorfizmi aralash insultlarga sabab bo‘lib, dastlabki endotelial disfunksiya rivojlanishi isbotlangan;
o‘zbek populyasiyasi doirasida folat siklining genlari (PAI, FII, FY) mutatsiyasi mustaqil axamiyatga ega emasligi va bolalarda insul`t ro‘y berishida trombofilik buzilishlar ikkilamchi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tibbiy xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Samarkand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 29 avgustdagi 7-son xulosasiga ko‘ra:
ishemik insultlarning gemorragik transformatsiyasi miya qon aylanishidagi o‘tkir buzilishning og‘ir shakli bo‘lib, nihoyatda og‘ir oqibatlar keltirib, hatto o‘limga olib keladi. Insul`t yuz bergunga qadar neyrosonografiya orqali aniqlangan ishemiyaning (miyaga qon quyilishi bilan kechadigan) mavjudligi ishemiyaning birlamchi ekanligi, u bilan gemmoragik transformatsiya yuzaga kelishini ko‘rsatadi. Gemorragik transformatsiya bosh miya kon aylanish buzilishi klinikasi kechishini og‘irlashtiradi, bemorda qo‘pol buzilishlarga sabab bo‘lib, xarakat tanqisligi, aqliy zaiflik, epilepsiya kabi asoratlari ko‘proq uchrashi bilan ifodalanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon va Namangan viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazlari, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya markazining klinik amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 aprel 8n-z/200-son xulosasi bilan tasdiqlangan) Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Shifokorning aralash insul`t bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida bilimlari tashxislash tadbirlari qamrovini kengaytirish, dastlabki tibbiy hujjatlarni batafsil o‘rganish imkonini beradi, mazkur turdan keyingi natijalarga duch kelinganda shifokorga algoritmga muvofiq somatik sog‘lomlashtirishni amalga oshirish va laboratoriya tadqiqotlari monitoringini o‘tkazgan holda insul`t residivi (qaytarilishi) profilaktikasini amalga oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifokorning ishemiyaning ikkilamchi gemorragik transformatsiyalanishi ehtimoli xaqidagi bilimlari dori-darmon bilan davolashni kamaytirishni talab qilgan holda (polipragmaziya), ota-onalarning moliyaviy sarf-xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, gemmoragik sindrom ko‘rinishidagi buzilishlarning kuchayishining oldini olish uchun bolani to‘g‘ri parvarishlashning muhim ahamiyatini ko‘rsatadi. Masalan, neyrosonografiya o‘tkazish yo‘li bilan ishemik-gipoksik buzilishlar aniqlanganda, nevrolog odatda nootrop va degidratatsion ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlarni tavsiya qiladi, ularning umumiy narxi 1 oy uchun 600-650 ming so‘mni tashkil qiladi. Bu vaziyat faol davolash tadbirlarini talab etmagan holda muvofiq parvarishni amalga oshirish va shamollash kasalliklariga qarshi profilaktika tadbirlari o‘tkazishni talab qiladi. Aniqlangan aralash turdagi insul`t bilan kasallangan 83 ta bemorni davolash uchun sarflangan xarajatlarni hisoblaganda, bolalarni muvofiq ravishda parvarishlash oqibatida 49800000- 53950000 so‘m tejalishiga olib keladi. Xulosa: mutaxassislarning bolalarda ikkilamchi infeksiya yuqqanligi, kech tashxis qo‘yilganligi, buning oqibatida qo‘pol defektlar (nuqsonlar, buzilishlar) kelib chiqqanligi sababli neyrosonografiya ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda insul`tning aralash turi (gemorragik transormatsiyali ishemik) mavjudligi xaqida bilishlari sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inlari darajasida ortiqcha terapevtik (davolash) muolajalarini istisno qilish uchun shifokorning bemorga yanada e’tibor bilan qarash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: «Bolalarda insul`tlar: patogenez, tashxislash, okibatlar (psixologik-ijtimoiy i nevrologik)» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Tibbiy xodimlarlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2023 yil 29 avgustdagi 7-sonli xulosasi yuborilgan.
turli yoshdagi bolalarda insult takrorlanish xavfi insult sodir bo‘lgan yoshga (bola qanchalik katta bo‘lsa, qaytalanish xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi), insult turiga (arteriopatiya va metabolizm buzilish bilan kechuvchi kasalliklar) bevosita bog‘liqligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon va Namangan viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazlari, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya markazining klinik amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 aprel 8n-z/200-son xulosasi bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi bolalarda insul`tlarning qaytarilish ehtimoli, bola va ota-onasining hayot sifatini keskin pasaytirib, yanada qo‘pol xarakat, kognitiv, aqliy zaifliklarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lib, butun oila hayotining sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, moliyaviy, jismoniy va ruhiy sarf-xarajatlarni orttiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qaytalanish xavfini e’tiborga olgan holda boshdan kechirilgan insul`tdan so‘ng ikkilamchi profilaktika tadbirlarini ishga solish bolani takroran kasalxonaga joylashtirishda ikki barobar ortadigan moddiy sarf-xarajatlarning kamayishiga yordam beradi. Agar birlamchi tekshiruv vaqtida neyrosonografiya (150000 so‘m) yoki MRT tashxislash (250000 so‘m), laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazish (520000 so‘m) tadbirlari umumiy hisobda 920 ming so‘mni tashkil qilsa, ikkinchi marta kasalxonaga joylashtirishda bu ko‘rsatkich ikki barobar ortadi, mavjud kasallikning yanada og‘ir kechishi va kasalxonada yanada ko‘proq vaqt qolish xavfi davolash uchun sarflanadigan xarajatlarning 3000000 dan 6000000 gacha ko‘tarilishiga olib keladi. Xulosa: Bolalardagi insultlarning residivi (qaytalanishi) xavf omillarini baholagan xolda shifokor insul`tni qaytalanishini oldini olishi mumkin bo‘lib, asoratlarini chuqurlashtirmasdan, reabilitatsiya jarayonlarini amalga oshirib, profilaktik tadbirlarni o‘tkazib, oiladagi psixologik, ijtimoiy yo‘qotishlarini minimallashtiradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: «Bolalarda insul`tlar: patogenez, tashxislash, okibatlar (psixologik-ijtimoiy i nevrologik)» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Tibbiy xodimlarlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2023 yil 29 avgustdagi 7-sonli xulosasi yuborilgan.
insult o‘tqazgan yosh bolalarda K vitamin konsentratsiyasi bilan o‘rtacha omon qolish darajasi, cheklangan o‘rtacha yashash muddati, salbiy oqibatlarning yuqori bo‘lishi orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan; K vitamini qabul qilishga bog‘liq ravishda bemorlarning yashab ketishi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil mazkur tadbirni neonatal xizmatlar doirasida o‘tkazishning muhimligini ko‘rsatadi va (K vitamini qabul qilmagan guruhda ancha past darajali o‘rtacha yashab ketishi va va yashab ketishning cheklangan o‘rtacha vaqti vaqtni qayd etgan holda) gemorragik asoratlar bo‘yicha uzoq muddatli prognozlarga ta’sirini isbotlaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon va Namangan viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazlari, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya markazining klinik amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 aprel 8n-z/200-son xulosasi bilan tasdiqlangan) Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: K vitamini bilan profilaktikani amalga oshirish go‘daklarning nogiron bo‘lib qolishiga sabab bo‘luvchi bosh miya ichki qon quyilishlari kabi asoratlarning oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: K vitamini bilan profilaktika o‘tkazilmagan va gemorragik yoki aralash insul`tni boshdan kechirgan har bir bola jonlantirish bo‘limiga joylashtiriladi. Bu erda davolanishning har bir kuni uchun o‘rtacha 2-3 million so‘m to‘lash kerak. Jonlashtirish bo‘limida konservativ davolangan hollarda o‘rtacha koyko-kunlar soni 7-8 sutkani tashkil etadi. Jarrohlik operatsiyasi o‘tkazish zaruriyati tug‘ilganda esa davlatning sarf-xarajatlari 24-25 million so‘m, oilaning faqat kasallikning o‘tkir davri va bolaning jonlantirish bo‘limida bo‘lish davridagi xarajatlar paketi esa 3,5-4 million so‘mni tashkil etadi, bunga tiklanish terapiyasi bosqichlaridagi xarajatlar kiritilmagan. Ushbu ko‘rsatkich eng kam ish xaqi miqdoridan 4 baravar ko‘p (980000 so‘m), hamda oila uchun mushkul holat hisoblanadi. O‘z vaqtida o‘tkazilgan profilaktika tadbirlari gemorragik asoratlarning oldini olib, davlat va oilalarning xarajatlarini qisqartiradi. Xulosa: Go‘daklarda vitamin K profilaktikasi bolaning tug‘ruqdagi xolatidan qat’iy nazar o‘tkazilishi lozim bo‘lib, qon quyilish xolatlarini oldini olish choralaridan biri bo‘ladi va shuning natijasida nogironlik xolatlarini keskin kamaytiradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: «Bolalarda insul`tlar: patogenez, tashxislash, okibatlar (psixologik-ijtimoiy i nevrologik)» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Tibbiy xodimlarlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2023 yil 29 avgustdagi 7-sonli xulosasi yuborilgan.
tomirlar endoteliysi (VEGF S634G, rs2010963) ortishi omili bolalardagi insul`tning yuz berishida ahamiyatli bo‘lgan endotelial disfunksiyaning markeri sifatida foydalanilishi mumkin, bu bilan qon tomirlarining avvalboshdan yaroqsizligining ahamiyatini tasdiqlaydi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon va Namangan viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazlari, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya markazining klinik amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 aprel 8n-z/200-son xulosasi bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan ma’lumotlar, muayyan xavf omillarining rolini ta’kidlab, tomirlarning endotelial ortishi omilining bolalarda insul`tning yuz berishidagi ahamiyatini ob’ektivlashtirish imkonini beradi (ayniqsa, gemorragik transformatsiyali ishemik insul`tlar yuz bergan vaziyatlarda). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Endotelial disfunksiya (ED) nafaqat kattalar, balki bolalarning ham yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarning patogenik mexanizmlaridan biri hisoblanib, shunga qaramay miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishlarini aniqlashda hisobga olinmaydi. Tomir endotelial omilining holati tadbirlarining endotelial disfunksiyaning boshqa markerlari qatorida tashxislash tadbirlari ro‘yxatiga kiritish bolalarda insul`tlar sababini ko‘p jihatdan izohlaydi, bu esa bolalarda insul`t mexanizmlarini talqin etishda e’tiborga olinmaydi.tadqiqotlarimizga muvofiq, tomirlar endoteliysi ortishi omilining polimorfizmi aralash insul`t bilan kasallangan bolalarda bo‘ladi. Bu endotelial disfunksiyani istisno qilish zaruriyatini yana bir bor izohlaydi. Mazkur omilning kiritilishi samaradorligi umumiy qabul qilingan yondoshuvlardan faqli o‘laroq, qon tomirlardagi buzilishlarga yanada maqsadli va alohida yondashish nuqtai nazaridan sezilarli darajada foydali bo‘ladi. Xulosa: tomirlar endoteliysining ortish omili (VEGF S634G, rs2010963), vaskulo- va angiogenezga javob beradi, bolalardagi insul`tning patomexanizmini tushuntirish, ayniqsa, insul`tning turiga bog‘liq ravishda muhim bo‘lib, uning rivojlanishi dastlabki endotelial disfunksiya (markerlaridan biri VEGF hisoblangan) fonida yuzaga keladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: «Bolalarda insul`tlar: patogenez, tashxislash, okibatlar (psixologik-ijtimoiy i nevrologik)» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Tibbiy xodimlarlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2023 yil 29 avgustdagi 7-sonli xulosasi yuborilgan.
o‘zbek populyasiyasi doirasida folat siklining genlari (PAI, FII, FY) mutatsiyasi mustaqil axamiyatga ega emasligi va bolalarda insul`t ro‘y berishida trombofilik buzilishlar ikkilamchi ekanligi ko‘p jihatdan endotelial disfunksiya, qonning quyilish tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi noratsional farmakoterapiya, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inlaridagi kabi statsionar davolash tizimida ham ko‘p uchraydigan polipragmaziya bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilamchi trombofiliyani istisno qilish zaruriyatini ko‘rsatadi. Mazkur laboratoriya tadqiqotlari genezining asosida ishemiya bo‘lgan insul`tlarning yuzaga kelishida muhim bo‘lgan mustaqil omillar maqomiga da’vo qilmaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Andijon va Namangan viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazlari, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya markazining klinik amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 aprel 8n-z/200-son xulosasi bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘zbek populyasiyasi doirasida PAI, FII, FY folat sikli genlari bolalarda insul`tning (ishemik va gemorragik transformatsiyali ishemik) yuz berishida mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmaydi, bu bolalardagi insul`tlarning boshqa sabablarini istisno qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi, bu bilan ko‘pincha boshqa omillar bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilamchi trombofiliya ehtimolini qayd etadi (ularning qatorida bolalarda dori preparatlarini noratsional qo‘llash, ya’ni polipragmaziya ijtimoiy ahamiyat kasb etadi). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘zbek populyasiyasi genlarining rolini belgilashni o‘z ichiga olgan laboratoriya tadqiqotlarini amalga oshirishda (PAI, FII, FY) folat sikli genlarini o‘rganishga diqqatni jalb qilish zaruriyati yo‘q, bu umumiy olganda har bir insul`t holatida 600 000 so‘m tejab qolish imkonini beradiki, bu umumiy tashxislashga sarflanadigan xarajatlarni hisoblaganda yaqqol seziladi. Xulosa: PAI, FII, FY folat sikli genlarining rolini o‘rganishbolalarda insul`t yuzaga kelishida mustaqil ahamiyatga ega emas, bu boshqa ichki va tashqi omillarni istisno qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shu bilan ishemik va gemorragik transformatsiyali insul`talarning yuzaga kelishida ikkilamchi hisoblangan trombofilik buzilishlarning ahamiyati qayd etiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: «Bolalarda insul`tlar: patogenez, tashxislash, okibatlar (psixologik-ijtimoiy i nevrologik)» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Tibbiy xodimlarlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2023 yil 29 avgustdagi 7-sonli xulosasi yuborilgan.