Babajanovna Umida Tajimuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi affektiv-respirator paroksizmlarning klinik-neyrofiziologik xususiyatlari va davolash taktikasi masalalari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2466
Ilmiy rahbar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01
Rasmiy opponentlar: Chutko Leonid Semenovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximbaeva Gul`nora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ARPning klinik-neyrofiziologik va patogenetik xususiyatlarini aniqlash, tashxisoti va terapiyasini optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda affektiv-respirator paroksizmlarning nevrologik xususiyatlari nerv tizimining perinatal zararlanishi asorati va temir tanqisligi anemiyasiga bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor bolalarda affektiv-respirator paroksizmlar rivojlanishida lipid peroksidlanish biomarkerlaridan qon zardobida malon dialdegid va dien kon’yugatlarining keskin oshishi ARP talvasalarining kuchayishiga va kechishiga ta’siri aniqlangan;
ilk bor affektiv-respirator paroksizmli bemorlar qon zardobidagi antioksidant tizim biomarkerlarining diagnostik ko‘rsatkichlari (superoksiddismutaza, glutationperoksidaza, glutationreduktaza, katalaza, sitoxrom-C va azot oksidlari) bolalarda epileptik talvasalar rivojlanishining erta bashoratchilari sifatida aniqlangan;
ilk bor ARP davosi neyrometabolizmni yaxshilash maqsadida melatonin qo‘llash bilan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 29 maydagi 03/36-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 30 sentyabrdagi 03/1994-sonli xati yuborilgan.):
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda affektiv-respirator paroksizmlarning nevrologik xususiyatlari nerv tizimining perinatal zararlanishi asorati va temir tanqisligi anemiyasiga bog‘liqligi isbotlanib, bu o‘z navbatida erta tug‘ilgan chaqaloqlar, kam tana vazni bilan tug‘ilgan bolalar, homiladorlik paytida kamqonlik bilan og‘rigan onalarning bolalari, homiladorlikning tugashi xavfi bo‘lgan, uzoq muddatli fiziologik sariqlik va temir tanqisligi anemiyasi bo‘lgan bolalarni o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolashga patogenetik yondashish affektiv-respirator paroksizmlar rivojlanishining oldini olishga yordam bergan, hamda kerakli davo muolajalarni ko‘rsata olgan, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirganligi Toshkent shahar 4-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 09.11.2022 yildagi 116-sonli dalolatnoma hamda “Reatsentr-Toshkent” klinikasi bo‘yicha 09.11.2022 yildagi 27-sonli dalolatnoma bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanib, affektiv-respirator paroksizmlarni tashxislash va davolash sifati yaxshilagan va paroksizmal hurujlar kamaygan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1)affektiv-respirator paroksizmlarning patogenezida nerv tizimining perinatal davrda zararlanishi hamda temir tanqisligi anemiyasi yotishini hisobga olib, davolashga patogenetik yondashish kasallik hurujini va asoratlarini kamaytirdi, epileptik tutqanoq rivojlanishining oldi olindi. 2) ARP bo‘lgan bemorlarni taklif qilingan algoritm orqali davolash shifoxonada qolish muddatini qisqartirgan va to‘lov miqdorini 210 000 so‘mga kamaytirgan. Xulosa: ARP bo‘lgan bolalarning nevrologik xususiyatlarini erta tashxisi ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 54 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 18 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda affektiv-respirator paroksizmlar rivojlanishida lipid peroksidlanish biomarkerlaridan qon zardobida malon dialdegid va dien kon’yugatlarining keskin oshishi ARP talvasalarining kuchayishiga va kechishiga ta’siri aniqlanib, bu o‘z navbatida affektiv-respirator paroksizmli bolalarning bosh miya hujayralarining zararlanishini ko‘rsatadi. Qon zardobida lipid peroksidlanishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar miqdorining ko‘payishi, ya’ni malon dialdegid va dien kon’yugatlarning paroksizmal hurujlarning kuchayishiga va kechishiga ta’sirini aniqlashga imkon berganligi Toshkent shahar 4-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 09.11.2022 yildagi 116-sonli dalolatnoma hamda “Reatsentr-Toshkent” klinikasi bo‘yicha 09.11.2022 yildagi 27-sonli dalolatnoma bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: affektiv-respirator paroksizmli bolalarning qon zardobida lipid peroksidlanishi natijasida hosil bo‘lgan malon dialdegid va dien kon’yugatlarni erta aniqlash bilan kasallikning epileptik talvasalarga aylanishi bartaraf qilingan. Neyrometabolik davoni o‘z vaqtida tayinlash orqali paroksizmal hurujlar kamaygan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1) kasallikning erta davrlarida qon zardobida malon dialdegid va dien kon’yugatlarni aniqlash kasallikni hujayraviy darajada tashxislashga hamda og‘ir asoratlarni rivojlanishining oldi olindi; 2) bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 7 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 210 ming so‘mga kamaytirgan (RPM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 76.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 35.000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: affektiv-respirator paroksizmli bemorlar qon zardobida oksidlovchi stressni ko‘rsatuvchi lipid peroksidlanish mahsulotlarini ya’ni malon dialdegid va dien kon’yugatlarni aniqlash bosh miyaning qay darajada shikastlanganlinigi ko‘rsatdi, bu bilan kasallikning asoratlari rivojlanishini oldindan bashorat qildi. Bu bioximik tekshiruv usuli neyrovizual tekshiruv usullariga nisbatan bosh miyadagi o‘zgarishlarni hujayraviy darajada tekshirish imkonini berdi. Bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 75 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 25 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor affektiv-respirator paroksizmli bemorlar qon zardobidagi antioksidant tizim biomarkerlarining diagnostik ko‘rsatkichlari (superoksiddismutaza, glutationperoksidaza, glutationreduktaza, katalaza, sitoxrom-C va azot oksidlari) bolalarda epileptik talvasalar rivojlanishining erta bashoratchilari sifatida aniqlangan; affektiv-respirator paroksizmli bemorlarning qon zardobida antioksidant tizim biomarkerlarining (superoksiddismutaza, glutationperoksidaza, glutationreduktaza, katalaza, sitoxrom-C va azot oksidlari) diagnostik ko‘rsatkichlarini aniqlash kasallikning epileptik talvasaga aylanishini bashorat qiladi, va bosh miyadagi bioximik o‘zgarishlarni hujayraviy darajada tashxislash imkonini berganligi Toshkent shahar 4-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 09.11.2022 yildagi 116-sonli dalolatnoma hamda “Reatsentr-Toshkent” klinikasi bo‘yicha 09.11.2022 yildagi 27-sonli dalolatnoma bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: affektiv-respirator paroksizmli bemorlar qon zardobida oksidlovchi stressni ko‘rsatuvchi antioksidant tizim biomarkerlarining ko‘rsatkichlari superoksiddismutaza, glutationperoksidaza, glutationreduktaza, katalaza, sitoxrom-C oksidaza darajasi pasayganligi va azot oksidlari darajasi oshganligi aniqlangan. Davolashdan oldin va keyin antioksidant tizimning biomarkerlarini tekshirish neyrometabolik davoning samaradorligini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bosh miyada hujayralarning holatini qon zardobidagi antioksidant tizimni spektrofotometrik usul bilan tekshirib 150 000 so‘m iqtisod qilindi. Neyrovizual tekshiruvga qaraganda bu usul bilan bosh miyadagi patologik jarayonlarni hujayraviy darajada aniqlash imkonini bergan, hamda neyrometabolik davoning samaradorligini klinik va laborator sharoitda kuzatish imkonini bergan. Xulosa: affektiv-respirator paroksizmli bemorlarda epilepsiyaga olib keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari qo‘llanilishi natijasida bemorning shifoxonadagi qolish muddatini 10 kundan 7 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 210 000 so‘mga kamaytirgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor ARP davosi neyrometabolizmni yaxshilash maqsadida melatonin qo‘llash bilan takomillashtirilib, Toshkent shahar 4-son bolalar klinik shifoxonasi bo‘yicha 09.11.2022 yildagi 116-sonli dalolatnoma hamda “Reatsentr-Toshkent” klinikasi bo‘yicha 09.11.2022 yildagi 27-sonli dalolatnoma bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: affektiv-respirator paroksizmli bemorlar qon zardobida davo qo‘llanilishidan oldin antioksidant tizim biomarkerlarining ko‘rsatkichlari superoksiddismutaza, glutationperoksidaza, glutationreduktaza, katalaza, sitoxrom-C oksidaza darajasi pasayganligi, azot oksidlari darajasi oshganligi va malon dialdegid, dien kon’yugatlar darajasi oshganligi aniqlangan. Kasallikni davolashda patogenetik yondashganda antioksidant tizim fermentlarining yaqqol oshganligi, qon-tomir biomarkerlaridan azot oksidlari sog‘lom nazorat darajasida pasayganligi va lipid peroksidlanish mahsulotlaridan malon dialdegid, dien kon’yugatlar darajasi nazorat guruxidagi ko‘rsatkichlarga tenglashganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) affektiv-respirator paroksizmli bemorlarni davolashda patogenetik yondashish paroksizmal hurujlarni kamaytirdi, davo muddati qisqardi; 2) affektiv-respirator paroksizmli bemorlarni davolashda neyrometabolizmni yaxshilash maqsadida melatonin qo‘llash asoratlar rivojlanishini bartaraf qildi; 3) antikonvul`siv preparatlarni qo‘llashga ehtiyoj tug‘ilmadi. Xulosa: kasallikning erta davrlarida qon zardobida oksidlovchi stress mahsulotlarini aniqlash davolashga patogenetik yondashishni talab qiladi. Oksidlovchi stress biomarkerlarining oshishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf qilib, neyrometabolik preparat sifatida melatonin qo‘llanilganda hamda somatik fon yaxshilanganda ARPning talvasa xurujlari 70 (76,7%) kamayganligi aniqlandi. Bitta bemor uchun patogenetik davo qo‘llanilganda davo muddati qisqardi, byudjet mablag‘larini 210 000 so‘mga tejashga erishildi.