Xo‘jaqulov Ramshid Yunusovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Byudjet daromadlarining shakllantirishda to‘g‘ri soliqlarning ahamiyatini oshirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2222
Ilmiy rahbar: Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Usmonov Qahramon Akbaralievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bevosita soliqlarni hisoblash va ma’murchilik mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zaxira fondlarini shakllantirish doirasidagi ayrim xizmatlarni qonunchilikda nazarda tutilgan me’yorlardan yuqori bo‘lmagan miqdorda xarajatlar tarkibiga kiritish hamda foyda solig‘i bo‘yicha soliq solish bazasiga tovar (xizmat)larning bozor qiymatidan kelib chiqib tuzatish kiritish hamda soliq bazasini aniqlashni takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
adolatli soliq stavkalarini belgilash, maxsus iqtisodiy zona hududida faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subektlari uchun foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarni qo‘llash tartibini belgilash, foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak (avans) to‘lovlarini hisoblab chiqish, to‘lash va soliq hisobotlarini taqdim etish tartibini qo‘llash orqali foyda solig‘i bo‘yicha ayrim soliq to‘lovchilar uchun soliq yukining keskin oshib ketishini oldini olish taklifi asoslangan;
foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlarini joriy etish, ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qaytarib berish amaliyotini joriy etish, tovar aylanmasidan kelib chiqib, qatʼiy belgilangan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tartibini joriy qilish asosida tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlash asoslangan;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga kelib tushgan mablag‘larning bir qismini Respublika byudjetiga yo‘naltirish orqali byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlash taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘g‘ri soliqlarni byudjet daromadlarining shakllantirishda to‘g‘ri soliqlarning ahamiyatini oshirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida:
zaxira fondlarini shakllantirish doirasidagi ayrim xizmatlarni qonunchilikda nazarda tutilgan me’yorlardan yuqori bo‘lmagan miqdorda xarajatlar tarkibiga kiritish hamda foyda solig‘i bo‘yicha soliq solish bazasiga tovar (xizmat)larning bozor qiymatidan kelib chiqib tuzatish kiritish hamda soliq bazasini aniqlashni takomillashtirish taklifi asosida Soliq kodeksining 297-moddasi 251-band bilan to‘ldirilib, 248-moddasining to‘rtinchi qismida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 7-fevraldagi 18/1-09102-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida foyda solig‘i bo‘yicha soliq solish bazasiga tovar (xizmat)larning bozor qiymatidan kelib chiqib tuzatish kiritish orqali soliq bazasini aniqlashning aniqligini oshirish imkoni yaratilgan;
adolatli soliq stavkalarini belgilash, maxsus iqtisodiy zona hududida faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subektlari uchun foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarni qo‘llash tartibini belgilash, foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak (avans) to‘lovlarini hisoblab chiqish, to‘lash
va soliq hisobotlarini taqdim etish tartibini qo‘llash orqali foyda solig‘i bo‘yicha ayrim soliq to‘lovchilar uchun soliq yukining keskin oshib ketishini oldini olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 7-fevraldagi 18/1-09102-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-73-son qaroriga muvofiq “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ uchun foyda solig‘i stavkalarida soliq solish bazasining tovar (ish, xizmat) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 15 foizidan oshgan qismiga belgilangan ustamasiga nisbatan foyda solig‘ining amaldagi 75 foiz stavkasi o‘rniga 50 foizli stavka belgilangan;
foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlarini joriy etish, ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qaytarib berish amaliyotini joriy etish, tovar aylanmasidan kelib chiqib, qatʼiy belgilangan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tartibini joriy qilish orqali tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlash taklifi Soliq kodeksining 4701-moddasida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 5-yanvardagi 15-00676-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2023-yil 1-yanvardan boshlab soliq to‘lovchilar qatʼiy belgilangan summada soliq to‘lashga o‘tish to‘g‘risida o‘zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organini belgilangan shaklda keyingi oy boshlanguniga qadar o‘n kundan kechiktirmay xabardor qilinishi, yangi tashkil etilgan soliq to‘lovchilar davlat ro‘yxatidan o‘tish chog‘ida qatʼiy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlashga haqliligi hamda agar soliq davri davomida qatʼiy belgilangan summadagi soliq to‘lovchining jami daromadi besh yuz million so‘mdan oshsa, qayta hisoblab chiqilishi amaliyotga joriy etilgan;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga kelib tushgan mablag‘larning bir qismini Respublika byudjetiga yo‘naltirish orqali byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son qarorining 2-ilovasi
9-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil
19-sentyabrdagi №06/04-01-37/3299-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida mazkur qaror ijrosi yuzasidan “Byudjetning soliq tushumlarini prognozlashtirish” dasturiy ta’minotini yaratilib, Soliq qo‘mitasining 2023-yil 18-maydagi 106-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan.