Turdieva Muqaddas Umarovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD /Iqt1652 .
Ilmiy rahbar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muratova Shoxista Nigmatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Abdurashid Majitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to’qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: To‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat .
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “innovatsion jarayon”, “innovatsion faoliyat”, “innovatsion soha”, “innovatsion loyiha”, “innovatsion dastur” tushunchalarining o‘zaro farqlanishiga aniqlik kiritish asosida innovatsion jarayonlar va ularni boshqarish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga ko‘ra to‘qimachilik korxonalarida innovatsion faoliyatni amalga oshirish xususiyatlari asoslangan;
to‘qimachilik korxonalarida mahsulot, jarayon, marketingga oid va tashkiliy innovatsiya turlarining murakkablik darajasi va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, tegishli innovatsiyani joriy etishda ishtirok etgan xodim yoki xodimlar guruhiga bir martalik rag‘batlantirish bilan bir qatorda innovatsiya keltiradigan moliyaviy natijaga mutanosib ravishda moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan muntazam to‘lab boriluvchi to‘lovni joriy etish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik korxonalarida turli ishlab chiqarish jarayonlariga ixtisoslashgan tuzilmalar (brigada, sex, bo‘lim va h.k.) kesimida innovatsion faoliyatga layoqati va moyilligi bo‘lgan ishchi va mutaxassislardan shakllantirilgan ijodiy guruhlarni tegishli ilmiy-eksperimental sharoit va muhit bilan ta’minlash orqali innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishni takomillashtirish taklifi asoslangan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi to‘qimachilik korxonalarida innovatsion omillar ta’sirini hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik korxonalarida innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “innovatsion jarayon”, “innovatsion faoliyat”, “innovatsion soha”, “innovatsion loyiha”, “innovatsion dastur” tushunchalarining o‘zaro farqlanishiga aniqlik kiritish asosida innovatsion jarayonlar va ularni boshqarish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar yordamida to‘qimachilik korxonalarida innovatsion faoliyatni amalga oshirish xususiyatlarini asoslashga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Biznes ijrosi va strategiya” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022-yil 24-oktyabrdagi 328-019-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda to‘qimachilik korxonalarida innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish samaradorligini oshirishga oid nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik korxonalarida mahsulot, jarayon, marketingga oid va tashkiliy innovatsiya turlarining murakkablik darajasi va ahamiyatidan kelib chiqqan holda tegishli innovatsiyani joriy qilishda ishtirok etgan xodim yoki xodimlar guruhiga bir martalik rag‘batlantirish bilan bir qatorda innovatsiya keltiradigan moliyaviy natijaga mutanosib ravishda moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan muntazam to‘lab boriluvchi to‘lovni joriy etish bo‘yicha berilgan taklif “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatiga tatbiq etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 6-iyundagi 12-16-son ma’lumotnomasi). Natijada, “ShOFIRKON EKVATORIAL TEKS” MChJda xomashyo va materiallarga ketgan xarajatlarni 8,9 foizga qisqartirishga erishildi;
to‘qimachilik korxonalarida turli ishlab chiqarish jarayonlariga ixtisoslashgan tuzilmalar (brigada, sex, bo‘lim va h.k.) kesimida innovatsion faoliyatga layoqati va moyilligi bo‘lgan ishchi va mutaxassislardan shakllantirilgan ijodiy guruhlarni tegishli ilmiy-eksperimental sharoit va muhit bilan ta’minlash orqali innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishni takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 6-iyundagi 12-16-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar joriy etilishi hisobiga “MERGANTEKS” MChJda piltalash mashinalari mahsulotining notekislik koeffisientini 60 %ga kamaytirishga, tarash mashinalarida xizmat ko‘rsatish meyorini 1,7 marta oshirish imkoniyati yaratildi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi to‘qimachilik korxonalarida innovatsion omillar ta’sirini hisobga olgan holda, mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoatini rivojlantirishning istiqbol ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 6-iyundagi 12-16-son ma’lumotnomasi).