G‘aniev Sardor Murodulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2195.
Ilmiy rahbar: Gofurov Doston Boxromovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hamdamov Omonullo Ne’matullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respubliksi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korporativ boshqaruvning turli modellari uchun xos bo‘lgan agressiv, o‘rtamiyona (mo‘tadil) va konservativ dividend siyosatlarini tanlashda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat barqarorligi davri hamda mulkdorlar tarkibini hisobga olish orqali dividend siyosati samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarida muntazam dividend siyosati yuritish va kompaniya ustavida sof foydaning dividendga yo‘naltiriladigan me’yorini qat’iy belgilab qo‘yish orqali davlat ulushini samarali xususiylashtirish hamda aksiyalarni IPO yoki SPOga muvaffaqiyatli joylashtirishni ta’minlash taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muntazam ravishda dividendlar to‘lab borish orqali ijobiy dividend tarixini shakllantirish va e’lon qilib borish tartibiga o‘tish asosida milliy va xalqaro moliya bozorida investision jozibadorlikni ta’minlash hamda qo‘shimcha emissiyalar bo‘yicha muvaffaqiyatga erishish asoslangan;
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari bilan birga, xo‘jalik boshqaruv organlarining ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida ham sof foydaning kamida 50 foizini dividendga yo‘naltirish tartibini joriy qilish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korporativ boshqaruvning turli modellari uchun xos bo‘lgan agressiv, o‘rtamiyona (mo‘tadil) va konservativ dividend siyosatlarini tanlashda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat barqarorligi davri hamda mulkdorlar tarkibini hisobga olish orqali dividend siyosati samaradorligini oshirish taklifidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mamlakatdagi aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini shakllantirish uchun tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 3-may 2023-yildagi № 06871-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida mamlakat fond bozorida oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash imkonini yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida muntazam dividend siyosati yuritish va kompaniya ustavida sof foydaning dividendga yo‘naltiriladigan me’yorini qat’iy belgilab qo‘yish orqali davlat ulushini samarali xususiylashtirish hamda aksiyalarni IPO yoki SPOga muvaffaqiyatli joylashtirishni ta’minlash taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tegishli qonunchilik asoslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 3-may 2023-yildagi № 06871-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021-yil yakuni bo‘yicha Navoiy KMK 9955,1 mlrd. so‘m, Olmaliq KMK 2445,2 mlrd. so‘m, O‘zbekneftgaz 240,5 mlrd. so‘m, O‘zbekiston metallurgiya kombinati 131,3 mlrd. so‘mlik dividendlar faqatgina davlat ulushi bo‘yicha to‘lab berilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muntazam ravishda dividendlar to‘lab borish orqali ijobiy dividend tarixini shakllantirish va e’lon qilib borish tartibiga o‘tish asosida milliy va xalqaro moliya bozorida investision jozibadorlikni ta’minlash hamda qo‘shimcha emissiyalar bo‘yicha muvaffaqiyatga erishish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tegishli qonunchilik asoslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 3-may 2023-yildagi № 06871-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan Dividend siyosati to‘g‘risidagi Nizomda sof foydadan kamida 50% dividend to‘lovlariga yo‘naltirilishi me’yori belgilangan, bu esa aksiyalar kursining ijobiy o‘zgarishiga, aksiyadorlik jamiyatlariga investorlar qiziqishlarining oshishiga, qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish imkonini bergan;
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari bilan birga, xo‘jalik boshqaruv organlarining ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida ham sof foydaning kamida 50 foizini dividendga yo‘naltirish tartibini joriy qilish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tegishli qonunchilik asoslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 3-may 2023-yildagi № 06871-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida davlat byudjetining soliqsiz daromadlari o‘sishiga hamda davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari investision jozibadorligi ortishiga imkon yaratilib, 2021-yil yakunlari bo‘yicha davlat ulushi mavjud bo‘lgan
10 yirik korxona 13275 mlrd. so‘mlik dividendlarni faqatgina davlat ulushi doirasida davlat byudjetiga to‘lab berilgan.