Raxmatov Adxam Itolmasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona” faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt1194
Ilmiy rahbar: Sultonov Shodiyor Abduxalilovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alieva Maxbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  turizm sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari bilan mehnat bozorida kadrlar iste’molchilari bo‘lgan tur-firmalar, turizm industriyasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish va muvofiqlashtirish vazifasini amalga oshiruvchi iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy tuzilmalarining institusional mazmuni bilan bog‘liq o‘ziga xos unsurlar, shakllar va vositalar majmui sifatidagi “turizm sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi” tushunchasi huquqiy-me’yoriy mexanizmni kiritgan holda takomillashtirilgan;
turizm sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashning davlat-xususiy sherikligidan foydalangan holda «Sheroz qal’a» va «Dobusiya» davlat turistik ob’ektlari, xususiy investisiyalar va hissadorlik mablag‘larini jalb qilishning hududlardagi turistik faoliyat samaradorligining oshirish, yangi turistik tashkilotlarni tashkil etish, yangi tur-mahsulotlarni joriy qilish, turizm infratuzilmasini rivojlantirishni ta’minlash taklifi asoslangan;
turizm industriyasi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga ko‘ra yuqori malakali kadrlar tayyorlashga bo‘lgan talab o‘zgarishining 2026-yilgacha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
turizm xizmatlari sifatini oshirish maqsadida gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti professional ta’lim muassasalari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida turizm sohasidagi mutaxassislarning yagona reeestrini shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
oliy ta’lim muassasalari bilan mehnat bozorida kadrlar iste’molchilari bo‘lgan turfirmalar, turizm industriyasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish va muvofiqlashtirish vazifasini amalga oshiruvchi iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy tuzilmalarining institusional mazmuni bilan bog‘liq o‘ziga xos unsurlar, shakllar va vositalar majmui sifatidagi “turizm sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi”ning huquqiy-me’yoriy mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10- iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan “Turoperator va turagentlik xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida nizom”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 21-iyuldagi 05-12-15-5327-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy qilish natijasida viloyat turizm sohasida joriy qilingan turmahsulotlar ko‘lami 50,0 foizga kengaydi, turizm infratuzilmasini yaxshilash uchun qo‘shimcha 58,0 mlrd so‘m ajratildi. Shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning oliy ta’lim xizmatlari va bitiruvchilarning 12,0 foizga oshishi, sohaga oid yangi turizm sohasini ta’lim yo‘nalishlariga bo‘lgan talabning 10 foizga oshishiga olib keldi; 
turizm sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashning davlat-xususiy sherikligidan foydalangan holda «Sheroz qal’a» va «Dobusiya»davlat turistik obektlari, xususiy investisiyalar va hissadorlik mablag‘larini jalb qilishning hududlarda turistik faoliyat samaradorligining oshirish, yangi turistik tashkilotlarni tashkil etish, yangi turmahsulotlarni joriy qilish, turizm infratuzilmasini rivojlantirishni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi 30-sentyabrdagi 828-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 21-iyuldagi 05-12-15-5327-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida turistik infratuzilmalari takomillashtirildi, yangi turistik marshrutlar tashkil etiladi, mahalliy turizm hududida aholi bandligini oshirish imkoniyatlari vujudga keldi hamda turizm sohasida yuqori malakali kadrlarga talab oshiriladi pirovardida sinergetik samaradorlikka erishildi. 
turizm industriyasi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashti-rishga ko‘ra yuqori malakali kadrlar tayyorlashga bo‘lgan talab o‘zgarishining 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining tomonidan turizm sohasini o‘rta muddatlarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 21-iyuldagi 05-12-15-5327-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari turizm industriyasini yuqori malakali kadrlar tayyorlashga bo‘lgan talab o‘zgarishining ikki barobarga o‘sishi sharoitida tegishli tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar kompleksini maqsadli va samarali amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirilishiga xizmat qilgan.
gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarni kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti professional ta’lim muassasalari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida turizm sohasidagi mutaxassislarning yagona reestrini shakllantirishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan “Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida nizomda” o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 21-iyuldagi 05-12-15-5327-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikala turizm sohasining gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar to‘g‘risidagi umumiy tizimlashtirilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot resursi shakllantirish imkonini bergan. 

 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish