Ishimbaev Rafael Nailevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni liberalizatsiyalashtirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirish (Namangan viloyati misolida)», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.3.PhD/Iqt1626
Ilmiy rahbar: Bustonov Mansurjon Mardonakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Baxriddin Juraevich,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Sirojiddinov Kamoliddin Ikromiddinovich,  iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida engil sanoatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
hududdagi tadbirkorlik faoliyatini mahalliy darajada qo‘llab-quvvatlovchi idoralar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining raqobatbardoshligini ta’minlash shart-sharoitlarini aniqlash hamda tegishli tuzilmalar orqali rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida engil sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini baholash uchun «past raqobat keskinligi» (-0,1<Tm<1,4), «o‘rtacha raqobat keskinligi» (0,4<Tm<1,4), «yuqori raqobat keskinligi» (0,7<Tm<1,4) chegaraviy ko‘rsatkichlari taklif etilgan;
hududdagi kichik biznes korxonalarini mahsulot va xizmatlarning raqobat tavsifi, shakllari va omillariga ko‘ra o‘zaro yaqin bo‘lgan guruhlarini aniqlash hamda “guruh yetakchisi” mavqeiga ega bo‘lgan yuqori raqobatbardosh korxonaning namunaviy raqobat strategiyasidan  “moslashtirib va takomillashtirib boriluvchi asos” sifatida foydalanishga asoslangan yondashuv taklif etilgan;
Namangan viloyatidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati raqobatbardoshligining 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xududdagi tadbirkorlik faoliyatini mahalliy darajada qo‘llab-quvvatlovchi idoralar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining raqobatbardoshligini ta’minlash shart-sharoitlarini aniqlash hamda tegishli tuzilmalar orqali rag‘batlantirish taklifi O‘zto‘machilik sanoat uyuushmasi faoliyatida joriy etilib, “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha me’yoriy-uslubiy ko‘rsatma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo- sanoat palatasining 2023 yil 17 avgustdagi 11/02-30-10040-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish natijasida, engil sanoat korxonalar raqobatbardoshlik indeksi mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan; 
    kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida engil sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini baholash uchun «past raqobat keskinligi» (-0,1<Tm<1,4), «o‘rtacha raqobat keskinligi» (0,4<Tm<1,4), «yuqori raqobat keskinligi» (0,7<Tm<1,4) chegaraviy ko‘rsatkichlari taklif O‘zto‘machilik sanoat uyuushmasi tomonidan “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha me’yoriy-uslubiy ko‘rsatma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan(O‘zbekiston savdo- sanoat palatasining 2023 yil 17 avgustdagi 11/02-30-10040-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish natijasida, jumladan, 2022 yil yakuniga ko‘ra 2021 yilga nisbatan “ASROR TEKSTIL SANOAT” MChJning raqobat salohiyati 1,75 darajagaoshirishga erishilgan;
hududdagi kichik biznes korxonalarini mahsulot va xizmatlarning raqobat tavsifi, shakllari va omillariga ko‘ra o‘zaro yaqin bo‘lgan guruhlarini aniqlash hamda “guruh yetakchisi” mavqeiga ega bo‘lgan yuqori raqobatbardosh korxonaning namunaviy raqobat strategiyasidan  “moslashtirib va takomillashtirib boriluvchi asos” sifatida foydalanishga asoslangan yondashuv taklifi O‘zto‘machilik sanoat uyuushmasi tomonidan “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha me’yoriy-uslubiy ko‘rsatma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo- sanoat palatasining 2023 yil 17 avgustdagi 11/02-30-10040-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish natijasida engil sanoatda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub’ektlarida mahsulot, faoliyat samaradorligi hamda faoliyat ko‘rsatayotgan bozor konsentratsiyasi inobatga olib kichik tadbirkorlik sub’ektlari raqobatbardoshlik darajasini belgilab beruvchi gibrid diagnostika qilish imkonini bergan;
Namangan viloyatidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati raqobatbardoshligining 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifi O‘zto‘machilik sanoat uyuushmasi tomonidan “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha me’yoriy-uslubiy ko‘rsatma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo- sanoat palatasining 2023 yil 17 avgustdagi 11/02-30-10040-sonli ma’lumotnomasi).Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish natijasida “ASROR TEKSTIL SANOAT” MChJning raqobat salohiyatidan unumli foydalanish bo‘yicha korxonaning istiqbolli darturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish