Xolbaev Shaxriyor Abdullaevichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasida iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2387 B2020.2.PD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01 
Rasmiy opponentlar: Po‘latov Muhiddin Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Raxmatullo Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizm sohasida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subektlar iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimiz xalqaro aeroportlar, respublikaning chegara o‘tkazish punktlari, madaniy meros obektlari atrofida tashkil qilish istagi bo‘lgan tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlash asosida turizm axborot markazlarini tashkil etish taklifi dalillangan; 
hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, alohida yondashuvlar asosida xizmatlar sohasini rivojlantirish, tadbirkorlik subektlarini moliyaviy resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash hamda ularga qulay soliq rejimini joriy etish negizida mamlakatimiz turizm hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subektlari uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasini 1 foizga belgilanishi ilmiy asoslangan;
turizm mahallalarida ichki avtomobil yo‘llari va ko‘priklarni, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish va ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash hamda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish bo‘yicha taklifi dalillangan;
turistik xizmatlar bozorining rivojlanish tendensiyalari hamda turizm salohiyatidan yanada to‘laroq va samarali foydalanishga yo‘naltirilgan sohaning 2027-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamlakatimizda turizm sohasida iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mamlakatimiz xalqaro aeroportlar, respublikaning chegara o‘tkazish punktlari, madaniy meros obektlari atrofida tashkil qilish istagi bo‘lgan tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlash asosida turizm axborot markazlarini tashkil etish taklifi Samarqand viloyat hokimining 2022-yil 10-maydagi 219-7-0-Q/22 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shicha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi  ijrosini ta’minlash haqida”gi  qaroriga muvofiq “Viloyatda ichki turizmni diversifikatsiya qilish”   Dasturiga kiritilgan (Madaniyat va turizm  vazirligining 2023-yil  20-apreldagi 03-12-15-2491-sonli dalolatnomasi). Natijada respublikada turistik korxonalar salohiyatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, alohida yondashuvlar asosida xizmatlar sohasini rivojlantirish, tadbirkorlik subektlarini moliyaviy resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash hamda ularga qulay soliq rejimini joriy etish negizida respublika turizm hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subektlari uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasini 1 foizga belgilanishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi PQ-104 son qaroriga asosan Samarqand viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga  kiritilgan (Madaniyat va turizm  vazirligining 2023-yil  20-apreldagi 03-12-15-2491-sonli dalolatnomasi). Natijada respublikada turistik korxonalar salohiyatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
turizm sohasida yangi savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarini tashkil etish, ularni zarur infratuzilma bilan ta’minlash, xorijiy hamda mahalliy sayyohlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, respublikamizning ichki va tashqi turizm imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish asosida turizm mahallalarida ichki avtomobil yo‘llari va ko‘priklarni, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish va ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash hamda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 86-sonli “Turizm mahallalarida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi Qarori Yigʻma parametrlariga kiritilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2023-yil 2-maydagi 5-sonli hamda Madaniyat va turizm  vazirligining 2023-yil  20-apreldagi 03-12-15-2491-sonli dalolatnomalari). Natijada Samarqand viloyati turizm mahallalarida 6040 mln. so‘m qurish va ta’mirlash loyihalarini amalda  oshirish imkonini beradi;
 O‘zbekiston Respublikasida YaIMdagi turizm hajmining o‘sish surʼatlari asosida turizm sohasini iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalangan holda barqaror rivojlantirishning 2027 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “2023-2025-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “YO‘l xaritalari”ga kiritilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2023-yil 2-maydagi 5-sonli hamda Madaniyat va turizm  vazirligining 2023-yil  20-apreldagi 03-12-15-2491-sonli dalolatnomalari). Ushbu taklifdan foydalanish turizm hajmi 2023-2027-yillar davomida o‘rtacha 6,3 % yillik foizda o‘sishi prognoz qilinmoqda, tashrif buyuruvchilar sonining o‘rtacha o‘sishi yiliga 10 %ni tashkil qilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish