Mirzaqulov Dovronbek Omatjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yaqin galaktikalardagi o‘tayangi yulduzlar chaqnashlarining monitoring tadqiqotlari», 01.03.01 – Astronomiya 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/FM844. 
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Shuhrat Abdumannapovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, O‘zR FA Astronomiya instituti. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Astronomiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti, PhD.02/20.12.2019.FM.15.01. 
Rasmiy opponentlar: Yuri Dmitrievich Svetkov, fizika-matematika fanlari nomzodi, (Sternberg Astronomiya Instituti, Moskva Universiteti, Rossiya); Abdikamalov Askar Baxtiyarovich, fizika-matematika fanlari doktori, (AI);
Yetakchi tashkilot: Fesenkov nomidagi Astrofizika Instituti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi Xalqaro IMSNG dasturi doirasida Maydanak astronomik observatoriyasi va dasturning boshqa observatoriyalari teleskoplarida olingan kuzatuv ma’lumotlari asosida yaqin galaktikalarda sodir boʻlayotgan o‘tayangi yulduz portlashlarini oʻrganishdan  iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Maydanak observatoriyasida yaqin galaktikalarni ZAQ qabul qiluvchilar yordamida kuzatish uslubi ishlab chiqilgan;
Birinchi marta Maydanak observatoriyasida oʻtayangi yulduzlarning intensiv koʻp rangli (UBVRI) kuzatuvlari oʻtkazildi va ularning fotometrik ravshanlik egri chiziqlari chizilgan;
Ilk bor NGC3938 galaktikasida SN 2017ein o‘tayangi yulduz portlashi Maydanak observatoriyasida qayd etilgan; 
SN 2017eaw, SN 2017ein, AT 2018cow, SN2017erp, SN 2021hpr, SN 2019ein o‘tayangi yulduzlarining fizik parametrlari: nikel massasi, qobiq radiusi, tashlanma (ejecta) massasi, absolyut yulduz kattaligi va rang ko‘rsatgichi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan tahlil usullari o'xshash ob'ektlarni o'rganishda boshqa mualliflar tomonidan qo'llanilgan. Buni Web of Sciences, SCOPUS ma’lumotlar bazasiga kiritilgan va Google scholar roʻyxatiga kiritilgan quyidagi xalqaro jurnallardagi nashrlarimizga havolalar tasdiqlaydi: 
SN 2017ein o‘tayangi yulduzinining progenitor yulduzi, fizik parametrlarini  o‘rganish natijalarimiz asosida tayyorlangan  - Observations of SN 2017ein reveal shock breakout emission and a massive progenitor star for a type Ic supernova // The Astrophysical Journal 871 (2), 176  maqolamizga – 34 ta iqtibos keltirilgan;
AT 2018cow ob’ektining tez o‘zgarishi va bu orqali aniqlangan fizik parametrlar keltirilgan - The Peculiar Transient AT2018cow: A Possible Origin of a Type Ibn/IIn Supernova // The Astrophysical Journal 910 (1), 42 – maqolamizga (Metzger ApJ 2022, Cai va boshq. Universe 2022, Perley va boshq. MNRAS 2021 va boshqalarning) 30 ta iqtibos;
SN2017erp o‘tayangi yuluzi qizarishini  o‘rganish natijalarimizga asoslangan - Red and reddened: ultraviolet through near-infrared observations of Type Ia supernova 2017erp // The Astrophysical Journal 877 (2), 152 – maqolamizga (N Soker, New Astronomy Reviews 2019, JP Blakeslee va boshqalar ApJ 2021, Thorp&Mandel MNRAS 2022 va boshqalarning) 30 ta iqtibos keltirilgan;
SN 2018hti kuzatuv malumotlaridan aniqlangan tashlanma massasi, rang ko‘rsatkichlari va nikel massasi natijalari asosidagi - SN 2018hti: a nearby superluminous supernova discovered in a metal-poor galaxy //Monthly Notices of the Royal Astronomical Society 497 (1), 318-335 – maqolamizga (L Sun, L Xiao, G Li, MNRAS, 2022, CP Gutiérrez va boshqalar. MNRAS 2022, S Gomez va boshqalar ApJ 2022 va boshqalarning) - 19 ta iqtibos keltirilgan;
Xorijiy mualliflar nashrlarida iqtibos keltirilgan ishlar soni 120 dan ortiqni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish